2.3 Detalning ortoganal proyeksiyasiga oʻlcham qoʻyish qoidalari
Oddiy geometrik jismlarga quyidagilar kiradi: prizma (kub, parallelepiped), silindr, konus, piramida, shar.Koʻpyoqliklar. Bir xil yoki turli koʻrinishdagi koʻpburchakliklardan tuzilgan geometrik jism koʻpyoqlik deyiladi. Ulardan faqat kub, parallelepiped, prizma, piramidalar oʻrganiladi.
Koʻpyoqliklardan piramida (tetraedr) va uning elementlari 14-chizmada koʻrsatilgan. S, A, B, C— uchlari, ABC— asos, SAB, SAC, SBC— yoqlari, AS, BS, CS, AB, AC, .SC-qirralari hisoblanadi.
Demak, yoqlarining oʻzaro kesishayotgan chiziqlari — qirralar, qirralar-ning oʻzaro kesishayotgan nuqtalari — uchlar, qirralari orqali chegara-lanayotgan tekis shakllar — yoqlar deyiladi.
Kub koʻpyoqlik turkumiga kiradi va u oltita bir xil kattalikdagi kvadratlardan tashkil topadi. 14-chizma, a da kubni H, V, W tekisliklariga proyeksiyalash koʻrsatilgan. Uning uchala (balandligi, kengligi va uzunligi) oʻlchamlari (a) bir xil. Shuning uchun uning chizmasida oʻzaro teng boʻlgan uchta kvadrat orqali tasvirlanyapti (15-chizma, b).
15-chizma
Kub oʻn ikkita qirradan tashkil topadi va har toʻrtta oʻzaro parallel qirralari H, V, W ga perpendikular boʻlgani uchun nuqta koʻrinishida, qolganlari parallel vaziyatda boʻlganligi uchun oʻzining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi.
Parallelepiped. Parallelepiped koʻpyoqliklarning bir koʻrinishi hisoblanib, proyeksiyalar tekisliklariga toʻgʻri toʻrtburchak shaklida proyeksiyalanadi (16-chizma). Lekin uning uchala oʻlchamlari har xil: balandligi h, kengligi a, qalinligi b boiadi.Prizma. Koʻpyoqliklardan biri hisoblangan prizma turli koʻrinishda boʻladi. Prizmaning muntazam oltiburchakligi texnik detallarda koʻp uchraydi. Masalan,
bolt, gayka kabilar.
16-chizma
17-chizma
Muntazam oltiburchakli prizma H tekisligiga muntazam oltiburchak, V tekisligiga ikki yon yogʻi bilan parallel joylashganligi uchun oʻsha yoqlari haqiqiy kattaligida, qolganlari qisqarib proyeksiyalanadi (17-chizma). Bunday prizmani chizmada eng oldin ustdan koʻrinishi, ya'ni H dagi gorizontal proyeksiyasini chizishdan boshlash lozim. Shunda uning V va W dagi yoqlarini tasvirlashda xatolikka yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday prizma, asosan ikkita D — diametr, ya'ni hamma qirralari uchlariga urinma aylana va balandligi h oichamga ega boʻladi.
Bu prizma simmetrik sirt boʻlgani uchun V da oldingi yoqlari orqasidagi yoqlarini toʻsib proyeksiyalanadi. W da ikkita yon yogʻi unga perpendikular boʻlgani uchun toʻgʻri chiziq, oldingi ikkita yogʻi orqasidagi ikkita yogʻini toʻsib proyeksiyalanadi (17-chizma, a, b). 1. 50x50x50 oʻlchamdagi kubning oldin H dagi, keyin H va V dagi, soʻngra H, V va W dagi proyeksiyalarini ish daftariga chizing. 2. //, V va W ga nisbatan turli vaziyatlarni egallagan parallelepiped hamda prizmani ish daftariga chizing. Aylanish sirtlari, silindr, konus, shar (sfera) toʻgʻri va egri chiziqning qoʻzgʻalmas oʻqi atrofida aylanishidan hosil boʻladi.Toʻgʻri chiziqlar silindr va konus yasovchilari deyiladi, sferadagi egri (aylana yoki yarimaylana) chiziq meridianlarni hosil qiladi.
18-chizma
19-chizma
Silindr. Texnikada xilma-xil koʻrinishda uchraydigan silindr texnik detallarning asosini tashkil qiladi. Har qanday aylanma harakat silindr orqali amalga oshirilad. Silindr 19-chizma, a dagidek proyeksiyalar tekisliklari tizimiga joylash-tirilgan boʻlsa, uning H dagi proyeksiyasi aylana, V va W dagi proyeksiyalari bir xil toʻgʻri toʻrtburchak koʻrinishida tasvirlanadi. Silindr 19-chizma, a dagidek joylashgan boʻlsa, uning V dagi proyeksiyasi aylana, H va W dagi proyeksiyalari toʻgʻri
toʻrtburchak koʻrinishida chiziladi. Agar silindrni W ga perpendikular joylashtirilsa, uning W dagi proyeksiyasi aylana, H va V dagi proyeksiyalari toʻgʻri toʻrtburchak koʻrinishida tasvirlanadi. Silindr hamma holatda ham faqat ikkita — d diametr va h balandlikka ega boʻladi.
20-chizma
Konus. ham silindr kabi texnik detallarda juda koʻp tatbiq etiladi. Konusning uchi kesilgan boʻlsa, kesik konus deyiladi. Konus 20-chizma, a dagidek proyeksiyalar tekisliklari tizimida joylashgan boʻlsa, H tekisligida aylana, V va W tekisliklarida uchburchak koʻrinishida chiziladi. Konus ham ikkita oichamga — d diametr va balandlikka ega. Shar (sfera). Sfera yum-yumaloq sirt boʻlgani uchun hamma tekisliklarda oʻziga teng aylana koʻrinishida proyeksiyalanadi. Shaming bitta oʻlchami boʻladi, lekin oʻlcham soni oldiga „Sfera" soʻzi yoziladi. Kesik konus. Kesik konus uchta oʻlchamga ega: D — katta diametri, d -kichik diametri va h — balandligi. Konus oʻqi qaysi proyeksiyalar tekisligiga perpendikular boʻlsa, oʻsha tekislikka ikkita katta va kichik aylanalar, qol-ganlarida trapetsiya shaklida proyeksiyalanadi Lekin trapetsiya koʻrinishidagi tomonlari davom ettirilsa, konus oʻqining davomida bitta nuqtada oʻzaro kesishadi Chizmachilikda qabul qilingan shartli belgilarni qoilab, silindr va konuslarni bitta proyeksiyada tasvirlasa ham boʻladi.
Piramida. Piramida har xil: uchburchakli, toʻrtburchakli, beshburchakli, oltiburchakli asosga ega boʻlgan muntazam koʻpyoqliklarga kiradi.
Asosi kvadrat piramida proyeksiyalar tizimiga joylashtirilsa, H tekisligiga kvadrat, boshqa tekisliklarga uchburch nishida proyeksiyalanadi. H dagi kvadratning burchaklari orqali oʻtgan diagonallari piramida uchi bilan tutashgan qirralarining gorizontal proyeksiya-lari hisoblanadi.
Piramidaning yoqlari oʻzaro kesishganda hosil boʻlgan joylari (chiziqlar) qirralari, qirralari orasidagi tekis joylar (uchburchak va asosining shakliga
qarab koʻpburchak) yoqlar, qirralari oʻzaro kesishgan joy (nuqta) uchlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |