I-bob chizmachilik fanining mazmuni va uning amali ahamiyati


Chizmachilik fanining qisqacha rivojlanish tarixi



Download 4,88 Mb.
bet4/11
Sana26.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#511984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi o\'lcham

Chizmachilik fanining qisqacha rivojlanish tarixi

Chizmachilik tarixi sinfiy jamiyat tarixi, fan va madaniyat, me`morchilik tarixi bilan bogʻliqdir. Shu sabali biz ularni birgalikda oʻrganamiz. Uch oʻlchamli geometrik jisimlarni grafik usulda shartli belgilar yordamida tekislikda tasvirlash va undan foydalanish gʻoyalari inson va jamiyatning rivojlanishida koʻp asirlik tarixga ega. Bizning davirgacha yetib kelgan iptidoiy odamlarning qoyalar, gʻor devorlari va boshqa joylarga oʻyib, chizib ishlangan tasvirlar, arxealogik qazilmalar yordamida topilgan mehnat qurollari, uy anjomlari, qadimgi materiallarga yozilgan qoʻlyozmalar va boshqa malumotlar hisoblanai. Chunonchi, inson ongi taraqiy etgani sari fan-madaniyat shakillanib bordi. Ishlab chiqarish, me’morchilik taraqiy eta boshladi. Bular oʻz oʻrnida grafikaning asosiy turi hisoblangan chizmachilikning mohiyatini orttira boshladi. Uy-joylar, qoʻrgʻonlar va boshqa inshoatlarning mohiyatini qurish davrida birinchi chizmalar paydo boʻlgan.
Dastlabki chizmalardan faqat bitta chizma boʻlib, uni reja deb atashdi. Odatda, bu rejalar toʻgʻridan toʻgʻri quriladigan inshootalarning oʻrniga, ya`ni yer sirtiga, haqiqi kattaligi bilan bajariladi. Bunday chizmalarni bajarish uchun birinchi chizmachilik asboblari – yoʻgʻochdan yasalgan sirkul-oʻlchagich, arqondan yasalgan toʻgʻri burchakli uchburchaklilar yaratilgan.

1-rasm


Aylanani teng beshga boʻlish ( X asr)

Keyinchalik bunday reja-chizmalar pergament qogʻozlarda, yogʻoch taxtalarda va xolostlarda1 kichraytirib bajarila boshlanadi. Dastlab chizmalar va rasimlar oʻrtasida farq boʻlmagan. Tasvirlar koʻz bilan chamalab, qoʻlda chizilgan. Sharq minaturalari uzoqdagi narsalar rasmi teparoqda yaqindagi narsalar esa pastroqda birxil kattalikda tasvirlangan. Koʻp narsalar hozirgi zamon qiyshiq burchakli fontal izometriya, tremetriya yoki qiyshiq burchakli frontal dimetriya koʻrinishga mos keladi.


Rossiyada kemasozlikning rivojlanish natijasida chizmachilik fani ham rivojlana boshlangan. Bunda uzunligi, kengligi va balandligi tasvirlangan uchta proyeksiyadan foydalana boshlangan. 1719-yilda Pyotir I tomonidan proyeksiya nurlaridan foydalanib chizilgan eshkakli qayiq chizmasi koʻrsatilgan.
XVIII asrda chizmalar gʻoyatda puxta va rangli tusda bajariladi. Bu chizmalarda shartli qirqimlar bajariladi va buyumning kesilga qismi materiyaliga qarab boʻyab koʻrsatiladi. Fazoviy jisimlarni tekislikda tasvirlash usullarini bajarish, ularni amalga tatbiq qilish nazariyasini rivojlantirish sohasida bir qancha qadimgi olimlar va allomalar. Oʻrta asrlarda VII asrdan XV asrgacha hozirgi Markaziy Osiyoda fanning barcha sohalarida katta ilmiy kashfiyot (yutuq) larga erishilgan. Oʻsha davrda koʻp olimlarimiz turli fanlar sohasida chuqur ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ularning sara asarlari qator Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu bilan butun dunyo fanining rivojlanishiga oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshishgan. Ular oʻz asarlarida barcha kashfiyotlarning qonun-qoidalarini chizmalar yordamida isbotlashganlar. Shu boisdan koʻplab turli chizmalar chizish usullarini yaratishgan.
Shuningdek, me’morchilikning turli koʻrinishdagi qurilishlari ham rivojlana boshlaydi. Me’mor-muhandislik sharafli kasb egalari hisoblangan. Ularga podshohlar tomonidan istehkomlar, saroylar qurishni ishonib topshirilgan. Ma’lumki, hech bir narsa uning chizmasisiz barpo etilmaydi. Demak, oʻsha davrlardayoq Markaziy Osiyoda me’morchilikning rivojlanishida chizmalarning oʻziga xos ahamiyati juda katta boʻlgan, ya’ni me’morchilik bilan bir qatorda chizmachilik ham bab-barobar rivojlangan deb hisoblash joiz boʻladi.
Buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783-850) yunon olimi Ptolomey tomonidan bayon qilingan ba’zi masalalarni aniq emasligini chizmalart yordamida isbotlab bergan. U oʻz asarlarida turli mamlakatlar, dengiz va togʻlar katta daryo hamda koʻllarning xaritalarini tuzgan.
Ulkan olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Markaziy Osiyoda chizmachilikning muqarrarligini “Jismlar koʻlami fazoda uch tomonga- birinchisi uzunlik, ikkinchisi kenglik, uchunchisi chuqurlik yoki balandlik boʻylab yoʻnalgan boʻladi. Jismning mavhum choʻzilishi (proyeksiyasi) emas, balki mavjud choʻzilishi (haqiqiy kattaligi) shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlari vositasida jism olti yoqqa ega boʻlib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaralanadi. Bu olti yoqlar markazida bir jonivor turgan boʻlib, uning yuzi shu yoqlardan biriga qaragan deb hayol qilinsa, u yoqlar uning old, orqa, oʻng, chap va ost tomonlari boʻladi. Bu aynan zamonaviy toʻgri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash usulining oʻzginasidir.Oʻsha davrlarda chizmachilik ilmi handasa (geometriya) fani bilan uygʻunlashib ketgan boʻlib, handasaning negizi hisoblangan. Shu boisdan chizmachilika alohida fan sifatida qaralmagan.
Entsiklopedik olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) oʻzining “Aqllar me’yori” risolasida oz kuch sarf qilib, ogʻir yuklarni yuqoriga koʻtarish, qattiq jismlarni boʻlaklash, jismlarni tekislash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan mexanik asbob (moslama) besh xil ekanligini yozadi. Bular oʻq, richag, chigʻir, (blok), vint va pona hisoblanadi. Ulardan ba’zilari 2-rasmda koʻrsatilgan.
Bunda mexanik moslama (asbob) lardan ulkan qurilishlarda foydalanishgan. Hozirda ular negizida zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan koʻtarish kranlari, buldozerlar kabilar xalq xoʻjaligining turli sohalarida keng qoʻllanilmoqda

2-rasm
.

XV asrga kelib feodalizm tugatilib, dunyo savdosi rivojlandi. Texnika taraqqiy etib kommuna shaharlar vujudga keladi. San’at va me’morchilik bilan bir qatorda chizmachilik ham rivojlandi. Tarixda bu davr Uygʻonish (rivojlanish) davri deyildi.
Uygʻonish davri – bu Gʻarbiy va Markaziy Yevropaning qator mamlakatlarida yuzaga keladi. Bu ijtimoiy-siyosiy va madaniy harakat Markaziy Osiyoda (hozirgi Oʻzbekiston hududi) boshlanib Italiyada maydonga keladi. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan chizmalar ham takomillashib bordi. Chizmalar oʻz tarixiga ega boʻlishi bilan birga xalqlar madaniyatning taraqqiy etishiga oid tarixni ham saqlab qoladi. Rasmlar, haykallar va chizmalarga qarab, qadimgi zamonda yashagan xalqlar toʻgʻrisida koʻp ma’lumotlar olish, shuningdek, katta ahamiyatga ega boʻlgan yodgorliklarni qayta tiklash imkoniyatini beradi.
Fransuz olimi va davlat arbobi Gaspar Monj (1746-1818) shu davrgacha geometriya (chizmachilik) ka oid boʻlgan barcha bilimlarni umumlashtirib, 1799 yilda yangi fan “Chizma geometriya” kitobini nashr qildirdi. Shundan beri tasvirlash usuli, unga hurmat yuzasidan “Monj metodi” deb ham yuritiladi.Chizma geometriya kitobida chizmachilik grammatikasi atroflicha toʻliq bayon qilingan. Oʻsha davrda chizma geometriyaning mohiyati juda katta boʻlib, Monjning oʻzi “… chizma dunyodagi barcha millatlar uchun tushunarli til, ya’ni texnika bilan shugʻullanadiganlar tilidir” degan edi. Chizmalar dunyodagi barcha mamlakatlarning texnik rivojlanishiga asosiy hissasini qoʻshib kelgan va chizmalar chizish takomillashtirilib kelmoqda. Jumladan – Rossiyada kemasozlikning jadal rivojlanishiga asosiy sabab masshtab qoʻllanilib aniq chizilishi boʻlgan. (3-rasm).

3-rasm



    1. Download 4,88 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish