156
tarkibiga, muhitning pH darajasiga, reaktsiya massasining haroratiga, permanganat
eritmasining kontsentratsiyasiga va jarayonning davomiyligiga bog'liq.
To'yinmagan yog' kislotalarning kaliy permanganat bilan oksidlanishi
ularning molekulalarida qo’shbog’larning joylashishini aniqlash uchun birinchi
marta M. M. Zaytsev tomonidan olein va elaidin kislotalarini o'rganishda
qo'llanilgan. Shuni
yodda tutish kerakki, kaliy permanganatning suyultirilgan suv-
ishqorli eritmasidagi olein yoki elaidin kislotalari tuzlariga uzoq muddatli ta'siri
ularning molekulalarini qo'shbog’lar joyidan emas, balki birinchi bo'lib Spiridonov
tomonidan ko'rsatilgan sxema bo'yicha parchalanishiga olib keladi:
СНз—(СН
2
)
7
—СН=СН—(СН
2
)
7
—СООН →
→ СНз—(СН
2
)
6
—СООН + СООН—СООН + СООН—(СН
2
)
6
—СООН.
Bunda hosil bo'lgan oksalat (shovul) kislotasi qisman oksidlanishi mumkin va
hosil bo’ladigan asosiy mahsulotlar oktan va suberin (mantar) kislotalaridir.
Shuni hisobga olib, to'yinmagan yog' kislotalarining tarkibi o'rganilayotganda
ularning kaliy permanganat bilan oksidlanishi atseton yoki muz sirka kislotasi
eritmasida o'tkazilishi kerak. Bunday holda, olein va boshqa shunga o'xshash
kislotalar molekulalarining parchalanishi qo'shni metil guruhlarida emas,
balki
qo'shbog’lanish joyida sodir bo'ladi:
СНз—(СН
2
)
7
—СН=СН—(СН
2
)
7
—СООН →
→ СНз—(СН
2
)
7
—СООН + СООН—(СН
2
)
7
—СООН.
Shunday qilib, ko'rsatilgan sharoitlarda olein kislotasi oksidlanishining asosiy
mahsulotlari pelargon va azelain kislotalaridir. Reaksiya mahsulotlarining tarkibiga
qarab oksidlanayotgan to'yinmagan kislotalardagi qo’shbog’lar o'rnini oson
aniqlash mumkin.
A.M. Zaytsev usuli bilan linol, linolein va shunga o'xshash polialken
kislotalarning molekulalarida qo’shbog’larning joylashishini aniqlashda ushbu
jarayonda hosil bo'lgan malon kislotasi oksidlanib oksalat
kislotasini berishini
hisobga olish kerak:
157
Kaliy permanganatning to'yinmagan yog' kislotalarga suvli gidroksid
eritmasidagi ta'siri murakkab jarayon. Oksidlanish sharoitiga qarab turli xil
kompozitsiyalar va turli miqdoriy nisbatlarda oraliq va yakuniy mahsulotlar hosil
bo'lishi mumkin.
Kaliy permanganatning suv-ishqoriy eritmalarida
oksidlanishi jarayonida
uning o’zgarishi sxemasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
4KMnO
4
+ 2H
2
O = 4MnO
2
+3O
2
+ 4KOH
Kaliy
permanganat
bilan
suv-ishqorli
eritmada
olein
kislotasini
gidroksistearin kislotasigacha oksidlanishi umumiy ma'noda quyidagi reaktsiya
sxemasi bilan ifodalanishi mumkin:
Osmiy tetraoksidining (OsO
4
) to'yinmagan moddalarga ta'siri ma'lum darajada
kaliy permanganatning ta'siriga o'xshaydi va qo’shbog’ joyida ikkita gidroksil
guruhining
tsis
-holatda birikishiga olib keladi. Os–O bog’lanishi bo’yicha oson
gidrolizlanadigan tsiklik osmiy efirlari ajratib olingan. Shu tarzda olein
kislotasidan 9- digidroksistearin kislotasi olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: