2.5.3.8. Yog’ kislotalarining ba’zi o’ziga xos (spetsifik)
moddalar bilan reaktsiyalari
Azot tetraoksidi to'yinmagan yog' kislotalarining qo'shbog’lari joyiga birikadi.
I.V. Yegorov tadqiqotlariga ko'ra, azot tetroksidi 0
0
C ga qadar sovutilgan olein
kislotasining neft (petrol) efiridagi eritmasiga ta'sir etganida ushbu eritmada
erimaydigan moysimon modda hosil bo'ladi. Bu modda nitrogidroksioktadekan
kislotasi azotli efirining ikkita izomeridan tashkil topgandir:
Bu reaktsiya erkin radikal zanjirsiz tarzda quyidagi sxema bo'yicha amalga
oshadi:
166
Ushbu modda yopiq shisha ampulada konsentrlangan xlorid kislotasi bilan
130-140
0
C haroratda qizdirilganda, azot tetroksidi elementlari birikkan uglerod
atomlari orasidagi bog'lanish uzilishi bilan parchalanadi. Bunda mono va dikarbon
kislotalari - pelargon va azelain kislotalari hosil bo'ladi.
I.V.Egorov ma'lumotlariga ko'ra, bu parchalanish quyidagi reaktsiya
natijasida sodir bo'ladi:
Yuqorida tavsiflangan azot tetraoksidining monoalken kislotalari bilan
bo’lgan birikmalari parchalanishi natijasida hosil bo'lgan kislotalarning tarkibiga
ko'ra ularning molekulalaridagi qo’shbog’larning joylashuvini aniqlash mumkin.
Simob oksidi tuzlarining, masalan simob atsetatning metil efiri metanolli
eritmasidagi olein kislotalasiga yoki shunga o'xshash to'yinmagan yog'
kislotalariga ta’sirida qo’shbog’lar to’yinadi va murakkab metallorganik birikma
hosil bo'ladi:
CH
3
- (CH
2
)
7
– CH = CH - (CH
2
)
7
- COOCH
3
+ Hg(CH
3
COO)
2
+ CH
3
OH
→
→
CH
3
-(CH
2
)
7
-CH(OCH)
3
-CH(HgOCOCH
3
) - (CH
2
)
7
COOCH
3
+ CH
3
COOH
Ushbu reaktsiya mexanizmi quyidagicha ifodalanishi mumkin (elektrofil
birikish):
167
Bu reaksiyadan to'yinmagan kislotalarni to'yinganlardan ajratish uchun
foydalaniladi. Agar reaktsiyaga olein kislotasining efiri emas, balki erkin kislota
kirishayotgan bo’lsa, u holda reaktsiyaning yakuniy mahsuloti simob tuzining
metalloorganik birikmasi bo’ladi. Pal’mitin yoki stearin kislotalari kabi yuqori
molekulyar to'yingan yog' kislotalarining simobli tuzlaridan metalloorganik
birikmaning simobli tuzi metanol va etanolda eruvchanligi bilan ajralib turadi. Shu
sababli Twitchell usuli bo'yicha suyuqlanish harorati yuqori va past bo’lgan erigan
kislotalarni ajratish natijasida olingan to’yingan yog’ kislotalari va olein
kislotasining qattiq izomerlari aralashmasiga simob atsetati bilan ta’sir ko’rsatib,
bu aralashmani tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish mumkin.
Simoborganik reaktsiya mahsulotlaridagi eruvchan simob tuzlarini to'yingan
yog' kislotalarining simobli tuzlaridan ajratib, qattiq olein kislotalarini toza holda
olish mumkin.
Buning uchun simoborganik birikma tarkibida xlorid kislotasi bo'lgan suv
bilan qaynatiladi:
168
Simob tuzlari polialken yog' kislotalariga ham birikadi. Qo’shbog’larni
to'yintirish uchun ishlatiladigan simob tuzining miqdorini osonlikcha aniqlash
mumkin. Shunga asoslanib, S. Bertram taklif qilgan yog' kislotalari va yog'larning
simob sonini aniqlash, to'yinmaganlik darajasini tavsiflash mumkin. Simob sonini
aniqlashda simob oksidi tuzlarining yog' kislotasi karboksil guruhi bilan
ta'sirlashuviga yo'l qo'ymaslik uchun yog ' kislotasi efirlarini qo’llash kerak.
Taxminan 100
0
C haroratda ikkita konyugatsiyalangan qo’shbog’lar joyida,
ularning ikkalasi ham
trans
- konfiguratsiyada bo’lishi kerakligi sharti bilan,
malein angidridi birikadi. O. Dil’s va C. Alder reaktsiyalariga muvofiq birikish 1,4
holatida bo'ladi.
Tsis-tsis
va
tsis-trans
konyugatsiyalangan qo’shbog’lar o'rnida 100
0
C
haroratda malein angidridi birikmaydi. Shu sababli, malein angidridini α-
eleostearin kislotaga,
tsis
-9-,
trans
-11, va
trans
-13-oktadekatriyen kislotalarga
birikish mahsuloti quyidagi tuzilishga (strukturaga) ega:
Ushbu struktura yuqoridagi birikmaning chuqur oksidlanish mahsulotlarida
azelain kislotasi mavjudligi bilan isbotlanadi.
Malein angidridining har uchchala qo’shbog’lari
trans
-konfiguratsiyaga ega
bo’lgan β-eleostearin kislotasi bilan o'zaro ta'sirida ikkita izomer birikish
mahsulotlari hosil bo'ladi. Ulardan bittasi hozirgina yuqorida ko'rsatilgan tuzilishga
ega va ikkinchisining tuzilishi quyida ko'rsatilgan:
169
Ushbu reaktsiyadan konyugatsiyalangan qo’shbog’larning konfiguratsiyasini
aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Malein soni tahlil qilinayotgan yog'da
trans-trans-
konyugatsiyalangan
qo’shbog’li kislotalar mavjudligini ko'rsatishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichdir.
Shu bilan birga, bunday kislotalarni miqdoriy aniqlash uchun malein sonidan
foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, bir
tomondan, konyugatsiyalangan qo’hbog’larning malein angidridi bilan to'yinishi
etarli darajada bo’lmaydi, boshqa tomondan, malein angidridi tahlil qilingan
materialda mavjud bo'lgan gidroksil guruhlari bilan reaktsiyaga kirishadi, masalan,
gidroksikislotalardagi yoki to’liqsiz atsilgliserinlardagi gidroksil guruhlari bilan.
Bu esa natijalarning oshirilishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |