158
2.5.3.5. Peroksidlar va boshqa oksidlovchilarning ta'siri
3% vodorod peroksid eritmasi bilan to'yingan
kislotalarning ammoniyli
tuzlarini (chumoli kislotasidan stearin kislotasigacha) qaynatganda, Dakin karbonat
angidrid hosil bo'lishini kuzatdi, uning chiqishi kichik molekulyr kislotalar uchun
20-47% ni, yuqori molekulyar kislotalar uchun esa 8-16% ni tashkil etdi. Bunda
boshlang'ich
kislotaga
nisbatan
bitta
uglerod
atomi
kamroq
bo'lgan
metilketonlarning hosil bo’lishi kuzatildi. Metilketonlar
kichik molekulyar
kislotalardan yuqori molekulyar kislotalarga nisbatan ko’proq miqdorda hosil
bo'ladi.
Dakin, bu holda metilketonlar quyidagi sxemaga muvofiq to'yingan yog'
kislotalari 3-metilen guruhi vodorodining oksidlanishi natijasida hosil bo'lgan 3-
ketokislotalarning parchalanishi natijasida hosil bo'ladi, deb hisoblaydi:
R—СН
2
—СН
2
—СООН— → R—СО—СН
2
—СООН— → R—СО—СН
3
+СO
2
.
Pal’mitin kislotasi mis sul’fat ishtirokida vodorod peroksidi bilan
qaynatilganda
karbonat angidrid, uchuvchi yog' kislotalari, to'yinmagan
digidroksikislotalar va gidroksilaktonlar aralashmasi hosil bo'lishi aniqlangan.
Peroksikislotalarning to'yinmagan yog'li kislotalariga ta'siri juda qiziq.
Masalan, xloroform eritmasidagi benzoil peroksid, to'yinmagan yog'
kislotalarni
qizdirmasdan sovuq holda tez va to’liq oksidlaydi. Bunda olein va shunga o'xshash
kislotalar oksidlarni hosil qiladi:
Bunda oksid hosil bo'lishi mexanizmi quyidagi sxema bo'yicha ko'rsatilishi
mumkin:
159
Oksidlar oz miqdordagi sul’fat kislotasi qo’shib nordonlashtirilgan suv bilan
qaynatilganda digidroksikislotalar hosil qiladi:
Monopersulfon kislotasi bilan monoalken kislotalarga ta'siri ko’rsatilganda
(A. A. Albitskiy usuli) gidrolizdan keyin quyidagi sxema bo'yicha tegishli
digidroksikislotalar hosil bo'ladi:
Xuddi shu sxema bo'yicha, peroksibenzoy kislotasining ta'siridan
farqli
o'laroq, olein kislotasi peroksisirka va peroksiformik kislotalar bilan oksidlanadi
(Bezeken usuliga ko'ra):
To'yingan va ayniqsa to'yinmagan yog' kislotalari kontsentrlangan nitrat
kislota
bilan kuchli oksidlanib, turli xil tarkibdagi oksidlanish mahsulotlarining
aralashmasini hosil qiladi. To'yingan va to'yinmagan yog' kislotalarni oksidlash
mahsulotlari
dikarbon kislotalar, quyi monokarbon kislotalar va karbonat
angidriddir.
Uglerod atomlari zanjirida metil gruhlari yon tomondan birikkan to'yingan
yog' kislotalari sirka kislotasida eritilgan xrom (VI) oksidi bilan (60-70
0
C
haroratda) oksidlanganda (bunda oksidlanadigan kislota va xrom (VI) oksidi
o'rtasidagi nisbat 1: 6 ga teng), quyidagi sxema asosida
mahsulotlar aralashmasi
hosil bo'ladi:
160
yoki
25%-li sul’fat kislota eritmasidagi xrom kislotasi eritmasi (taxminan 10%-li)
olein kislotasini oksidlab pelargon va azelain kislotalarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: