170
Molekulyar vodorod hattoki yuqori harorat
va yuqori bosim ostida ham
to'yinmagan yog' kislotalarini to'yintirmaydi. Ularning molekulyar vodorod bilan
to'yinishi (gidrogenlash) faqat katalizatorlar ishtirokida sodir bo'ladi, bu esa
gidrogenlash
paytidagi
yuqori
faollashuv energiyasidan dalolat beradi.
Katalizatorning roli koordinatsion kompleks birikmalar hosil bo'lishi natijasida
faollashuv energiyasini pasaytirishdan iborat.
Faol katalizatorlar - bu maxsus sharoitlarda tayyorlangan palladiy, platina,
nikel’, misdir. Ko'pincha ular mayda bo'lingan
geterogen dispers holatda
qo'llaniladi.
To'yinmagan yog' kislotalaridagi qo’shbog’larning vodorod bilan to'yinishi:
Ushbu reaktsiya qaytar reaktsiya bo'lib, uning yo'nalishi harorat va bosimga
bog'liq. Teskari jarayon - bu degidrogenatsiya, ya’ni vodorod
molekulasini ajratib
olib, qo’shbog’ni shakllantirilishi. Bu jarayon gidrogenizatsiya jarayoniga
nisbatan yuqori haroratlarda amalga oshishi mumkin. Tajribaviy ma'lumotlar
shuni ko'rsatadiki, to'yingan yog' kislotalari vodorod bilan to'yingan bo'lsa,
degidrogenizatsiya faqat 300
0
C dan yuqori haroratlarda sodir bo'lishi mumkin.
Ushbu haroratda ishlab chiqarish korxonalarida gidrogenizatsiya amalga
oshirilmaydi va gidrogenlash jarayonida to'yinmagan kislotalar hosil bo'lmaydi.
To'yinmagan yog' kislotalarning gidrogenlanish
tezligi ularning molekulyar
og'irligiga bog'liq. Qo’shbog’lari soni bir xil bo’lgani holda molekulyar
og'irlikning oshishi bilan eruk kislotasining gidrogenlanish tezligi olein
kislotasinikiga qaraganda sezilarli darajada past bo'ladi. Efirlarning gidrogenlanish
tezligi ham har xil.
Tsis
-to'yinmagan yog'
kislotalari
trans-
to'yinmaganlariga qaraganda bir oz
yuqori tezlikda to’yinadi.
Qo’shbog’larning to'yinish tezligi ularning yog' kislotasi molekulalarida
joylashishiga ham bog'liq. Karboksil guruhiga yaqin joylashgan qo’shbog’lar,
ayniqsa 2-3 bog'lanish, zanjirda karboksil guruhidan
yanada uzoqroq joylashgan
171
qo’shbog’larga qaraganda sekinroq to’yinadi. Qo’shbog’larning karboksildan
uzoqlashuvi bilan ular faolligiga karboksilning tormozlovchi ta’siri kamaya
boradi.
Shu sababli linol va linolein kislotalarida karboksildan uzoqroq joylashgan
qo’shbog’lar, garchi ular karboksilga biroz yaqinroq bo'lganlariga qaraganda
tezroq to’yinadigan bo'lsa ham, bu unchalik ko'p farqga ega emasdir.
Yog' kislotalaridagi konyugatsiyalangan (birin-ketin joylashgan) qo’shbog’lar
tizimlari son jihatidan mos bo’lgan izolyatsiyalangan qo’shbog’larning tizimlariga
qaraganda vodorod bilan tezroq to'yinadi.
Yog' kislotalari ularning efirlariga qaraganda sekinroq to’yinadi. Bu yog'
kislotalarining katalizatorda nafaqat qo'shbog’lari orqali, balki karboksil guruhi
bilan ham sorbsiyalanish ehtimoli bilan bog'liqdir.
Ushbu farqga qaramay,
to'yinmagan yog' kislotalarini gidrogenlashning fizik-kimyoviy mexanizmi
ularning triatsilglitserinlarini (ya’ni yog’larni) gidrogenlash mexanizmiga mutlaqo
o'xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: