I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan tayorlagan



Download 414,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana25.02.2022
Hajmi414,25 Kb.
#464680
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) 
miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri – 
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan 
ma’lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589–512 y.) bo’lganligi 
qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir 
va tabiatshunos olim bo’lgan. 37 «Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror 
topishi uchun kishilarning rangi-dan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’i nazar 
ularning ro’shnoli hayoti uchun kurashuv-chi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va 
tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy 
madaniyatlari o’z aksini to’gan. «Avesto»da Yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning 
atrofi okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi 
ko’rsatilgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona, Nisoya, 
Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan. «Avesto» 
shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Ko’chmanchilikka 
asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o’rnini o’troq yashash egallay boshladi, 
sug’oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. 
Yangiyangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush 
tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga 
benihoya kulfatlar keltirayot-gan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan 
afzalliklarini ko’rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir. «Avesto»da: «… yerga 
yaxshi, sog’lom urug’lar se’ishdan ortiq savob ish yo’q…» deyilib, xalq xo’jaligi 
sohasida dehqon-chilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko’rsatib beriladi. «Olam 


go’zalligi dehqondan, dehqonchi-likdan, kimki yerga urug’ qadabdiki, u odamiylikka 
iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir», – deyiladi unda. 
Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli 
ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini 
ko’paytirishga ham alohida e’tibor berilgan. «Avesto»da yer, suv, havoni bulg’ash, 
ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham 
tabiatga, atrofmuhitga aslo vaxshiyona munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi. Kitobda 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «Yomon 
ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega 
bo’ladi… Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l 
bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz «Avesto» kitobining 
muallifi Zardusht (m. av. 589–512 y.) 38 sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, 
ma’naviy yuksalish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritilganligini 
ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo 
madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. Bu noyob kitobda 
patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy 
tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi 
IX–VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayot haqida g’oyat muhim 
ma’lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir. 

Download 414,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish