I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan tayorlagan


Qadimgi Sharqdagi va Avestodagi iqtisodiy fikrlar



Download 414,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana25.02.2022
Hajmi414,25 Kb.
#464680
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

Qadimgi Sharqdagi va Avestodagi iqtisodiy fikrlar
Kishilik jamiyatining 
dastlabki davrlaridan boshlab xo’jalik yuritish to’g’risida u yoki bu ko’rinishdagi 
iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. Lekin o’sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to’g’risidagi 
ma’lumotlar bizning davrimizga yetib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan-avlodlarga, 
asrlardan-asrlarga olib o’tuvchi vosita – yozuv bo’lmagan. Yozuv qachon paydo bo’lgan? 
Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to’rt ming yil oldin o’sha davrning 
madaniyat o’chog’i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek tarixchilari 
hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolarning oralig’idagi joylarni «Mesopotamiya» deb 
atagan. Bu grekcha so’z bo’lib, «ikki daryo oralig’i» ma’nosini bildiradi. Dajla va Furot 
daryolari hozirgi Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq tomon oqib Fors ko’rfaziga 
quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprog’i unumdor, suvi ko’p bo’lib, qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishiga juda qo’l kelardi. Ko’xna Bobil iqtisodiy fikrlari. Qadimgi 
Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Bobil bo’lgan. Unda xususiy mulkchilik va 
tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari 
ko’proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning ba’zilari sudxo’rlar to’riga ilinib, 
xonavayron bo’ldi va qullarga aylandi. To’la huquqli bo’lmagan (qaram) kishilar 
qatlamining ancha ko’chayib borishi vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq 
to’lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflash-tirgan. 
Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo’rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini 
himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiy-lashtirish) 
xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat tomo-nidan tartibga solinishi zaruriyati 
kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo’li bilan hal qilishga uringan.
Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazardan Eshnun Podshohi qonunlari (m.o. XX 
asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.) ancha diqqatga sazovor. Eshnunn 
qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o’rnatishdan boshlanadi: “1 gur 
(o’lchov birligi, ba’zi ma’lumotlarda 300, ba’zilarda esa – 252,6 l. teng) arpa (sotilishi 
kerak) 1 sikl (8,4g) kumushga … 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog’ (sotilishi 
kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba’zi ma’lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut yog’i 
(sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …” va boshqalar ko’rsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, 
yog’, teri, tuz, mis va boshqalarning kumushdagi narxi Qadimgi Sharqda ancha 
rivojlangan davlatlardan biri Bobil bo’lgan. Unda xususiy mulkchi-lik va tovar-pul 
muno-sabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. 34 o’rnatilgan (mahsulotlar shunday 
miqdorda olinishi kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo’lsin); ikkinchi paragrafda 


har xil turdagi yog’ning arpadagi narxi ko’rsatilgan. Demak, asosiy umumekvivalent 
sifatida arpa bo’lgan. Buning ustiga, ushbu ekvivalentlar o’rtasida qat’iy muvofiqlik 
o’rnatilgan. Birinchi navbatda arpaning kumushda ifodalangan narxining ko’rsatilishi 
tasodifiy emas. Qat’iy narxning o’rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi 
darajasini, jarima miqdorini, foiz me’yorini tarbiya uchun to’lov va boshqalarni aniqlash 
imkonini beradi. Yillik foiz me’yori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu 
narsani qayd qilib o’tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X–VIII asr 
m.o.) sudxo’rlik foiz me’yori tez-tez 100 % gacha ko’tarilib turgan. Eski Bobildagi uncha 
ko’p bo’lmagan foiz me’yori davlatning nafaqat mamlakat xo’jaligi hayotiga 
aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini 
ham aks ettiradi. 

Download 414,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish