Avestodagi Iqtisodiy G’oyalar Fan: Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Qarshi Davlat Universiteti
Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir. Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan g`oyalargina tahlil qilingan. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir. Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan g`oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, deyish o`rinlidir. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, deyish o`rinlidir. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig`ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro`y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo`jaligida intensiv, ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tildi, shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan. Oqibatda, jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo`ldi. Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo`lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim "erkin" aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve uni tan oladi. Lekin ko`pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo`jaligida ustun bo`lgan (qarang: История Древнего Востока М., МГУ, 1991). Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 17 hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |