Avestodagi Iqtisodiy G’oyalar



Download 0,72 Mb.
bet5/6
Sana26.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#466449
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
avesto iqt g\'oyalar. iqt t

Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko`ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo`lgan "Avesto" ya'ni "hayot yo`riqnomasi" (asli "Ovasta") da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug`orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo`rin so`ymaslik, unga zug`um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi). Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo`lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo`lgan "Avesto"ning to`liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o`zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo`laklari "San'at", "O`zbek tili", "Fan va turmush" jurnallarida e'lon qilindi. Zoroastrizmning asosiy g`oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va Yorug`lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan Yovuzlik va qorong`ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari o`rtasidagi kurashdir.

Inson xo`jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog`liq deb uqtiriladi, ammo, insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo`lib, u Yaxshilik yoki Yomonlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi. Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g`oya, yaxshi so`z va yaxshi ishlar bilan bog`langan bo`lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko`paytirish yerug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli "Avesto" matnlarida natural-xo`jalik faoliyati keng targ`ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas. Avestoda "O`z hayoti davomida go`zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo`lida xizmat qilgan odam porso va haqgo`y, pok va adolatli 20 bo`lib, mehmonlarni beg`araz kutgan. Xotinini sevib, yerni, mollarni parva-rish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko`z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog`atga burkanadi" deb yoziladi. Ko`chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo`lgan mollar sonini saqlash qo`llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g`oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish