Inson xo`jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog`liq deb uqtiriladi, ammo, insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo`lib, u Yaxshilik yoki Yomonlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi. Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g`oya, yaxshi so`z va yaxshi ishlar bilan bog`langan bo`lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko`paytirish yerug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli "Avesto" matnlarida natural-xo`jalik faoliyati keng targ`ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas. Avestoda "O`z hayoti davomida go`zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo`lida xizmat qilgan odam porso va haqgo`y, pok va adolatli 20 bo`lib, mehmonlarni beg`araz kutgan. Xotinini sevib, yerni, mollarni parva-rish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko`z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog`atga burkanadi" deb yoziladi. Ko`chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo`lgan mollar sonini saqlash qo`llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g`oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. ). "Avesto"ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Yim to`g`risidagi afsonada "oltin asr"dagi 21 mol-qo`ylarning mo`l-ko`lligi haqida so`z yuritiladi. Yimning xizmati ulug`lanib, kuchli sovuq, qor va suv to`fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun "varu" (qo`rg`on) qurdirib, unga suv o`tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha ). "Avesto"ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Yim to`g`risidagi afsonada "oltin asr"dagi 21 mol-qo`ylarning mo`l-ko`lligi haqida so`z yuritiladi. Yimning xizmati ulug`lanib, kuchli sovuq, qor va suv to`fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun "varu" (qo`rg`on) qurdirib, unga suv o`tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o`simliklar urug`i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (Nuh payg`ambar bilan solishtiring). Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi. "Avesto"ning 3-bobi (fargard) "Vandidot" bo`lib, nisbatan keyingi davr voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug`lanadi (avvalgi boblarda chorva yetakchi edi). Endilikda ko`proq ekin ekiladigan, don, o`t, mevali ekinlar o`stiriladigan, suvsiz joylarni sug`oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug`orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga ko`p go`ng solinishi, buning uchun esa ko`proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko`rinib turibdi. THANK YOU FOR WATCHING!
Do'stlaringiz bilan baham: |