O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning
“IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI”
fanidan tayorlagan
MUSTAQIL ISHI
Toshkent-2022
Qadimgi Bobil davlatining g‘oyalari. Qadimgi Misr. Misrning
iqtisodiy g‘oyalari.Hammurapi qonunlari. Qadimgi
Hindistonning iqtisodiy g‘oyalari. Manu qonunlari.
«Artxashastra» traktati.
Reja:
Qadimgi Sharq davlatlari iqtisodiy
taraqqiyotining muammolari, xususiyatlari.
Qadimgi Bobil davlatining gʼoyalari.
Qadimgi Misrdagi iqtisodiy gʼoyalar.
Manu qonunlari. «Artxashastra» traktati
Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar
Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar
Qadimgi Sharq davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, xususiyatlari.
Qadimgi Bobil davlatining gʼoyalari. Qadimgi Misrdagi iqtisodiy gʼoyalar. Iqtisodiy fan
manbalarini jahon sivilizatsiyasining beshigi- qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan
toʼgʼridir. Iqtisodiy gʼoyalarning shakllanishi insoniyatning paydo boʼlishi bilan
bogʼlangan. Аmmo hozirgi paytda qoʼlyozmalarda aks ettirilgan gʼoyalargina tahlil
qilingan. Shu sababli «Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi» ni quldorlik jamiyati paydo boʼlishi
bilan bogʼlashadi. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda,
Mesopotamiya, (Tigr va Yefrat daryolari oraligʼi)da va Misrda er.av.
IV ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob
roʼy berdi, metal qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xoʼjaligida intensiv, koʼp hollarda
sugʼorma dehqonchilikka oʼtildi. Shu asosda nisbatan turgʼun qoʼshimcha mahsulot olish
imkoni tugʼildi. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, koʼpgina
xunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga va sinfiy tabaqalanishiga turtki boʼldi.
Bu davrda mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni
ekspluatatsiya qilish yoʼli bilan renta-soliq olish boʼlsa, qullarni beayov ishlatish bilan
ham katta boylik ortirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab
ayrim «erkin» aholining ahvoli qullarnikidan farq qilmagan. Lekin ayrim olimlarning
fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, yaʼni uy
xoʼjaligidan ustun boʼlgan. Sharq, jumladan Oʼrta Osiyo mamlakatlaridagi xoʼjalik
faoliyatida
nisbatan
erkin
odamlar
ishtirok
etgan.
Masalan,
dehqonchilik,
xunadmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Аntik dunyo
(gʼarbiy Yevropa) dagi ayrim xududlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bogʼliq
ravishda tovar pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan. Shu asosda qulchilikka
asoslangan xususiy mulkchilik asos topdi. Oʼz mahsulotini sotishga moʼljalab ishlab
chiqargan qulchilik xoʼjaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda
klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |