ʼoyalari. Qadimgi Misrdagi iqtisodiy g ʼ



Download 201,03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2021
Hajmi201,03 Kb.
#63659
Bog'liq
ян.ут



Topshirdi: Rashidova Dilafruz Zafar qizi 

 

Bilet -2  



1.  Qadimgi Sharq davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, 

xususiyatlari.  Qadimgi  Bobil  davlatining  g



ʼoyalari.  Qadimgi 

Misrdagi iqtisodiy g



ʼoyalar. 

2.  Ulug


ʼbekning iqtisodiy gʼoyalari va iqtisodiy siyosat. Moliya-pul 

islohotining  ahamiyati.  Oltin  va  kumush  tangalar  o



ʼrniga  mis 

pullarining zarb qilinishi. «Fulusiya pullari».  

3.  J.Mill  (otasi)  D.  Mak-Kullox  va  boshqalarning  asarlaridagi 

iqtisodiy g



ʼoyalar. J.S.Mill (oʼgʼli)ning tadqiqot predmeti va ijtimoiy 

islohot dasturi. 

 

1. Qadimgi Sharq davlatlari iqtisodiy  taraqqiyotining muammolari, 



xususiyatlari.  Qadimgi  Bobil  davlatining  g

ʼoyalari.  Qadimgi 

Misrdagi iqtisodiy g

ʼoyalar. 

Iqtisodiy  fan  manbalarini  jahon  sivilizatsiyasining  beshigi-  qadimgi 

Sharqdan  izlamoq  mantiqan  to

ʼgʼridir.  Iqtisodiy  gʼoyalarning 

shakllanishi  insoniyatning  paydo  bo

ʼlishi bilan bogʼlangan. Аmmo 

hozirgi  paytda  qo

ʼlyozmalarda  aks  ettirilgan  gʼoyalargina  tahlil 

qilingan.  Shu  sababli  «Iqtisodiy  ta

ʼlimotlar  tarixi»  ni  quldorlik 

jamiyati paydo bo

ʼlishi bilan bogʼlashadi. Dastlab quldorlik jamiyati 

Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya, (Tigr va 

Yefrat daryolari oralig

ʼi)da va Misrda er.av. IV ming yillikda yuzaga 

keldi.  Bunga  asosiy  sabab  shuki,  bu  yerda  texnologik  inqilob  ro

ʼy 


berdi,  metal  qurollar  ishlatila  boshlandi,  qishloq  xo

ʼjaligida 

intensiv,  ko

ʼp  hollarda  sugʼorma  dehqonchilikka  oʼtildi.  Shu 

asosda nisbatan turg

ʼun qoʼshimcha mahsulot olish imkoni tugʼildi. 

Oqibatda  jamiyatda  mehnat  taqsimotini  rivojlantirishga,  ko

ʼpgina 


xunarmandchilik 

sohalarining 

ajralib 

chiqishiga 

va 

sinfiy 



tabaqalanishiga  turtki  bo

ʼldi. Bu davrda mahsulot olishning  asosiy 

usuli  jamoaga  birlashgan  dehqonlarni  ekspluatatsiya  qilish  yo

ʼli 


bilan  renta-soliq  olish  bo

ʼlsa,  qullarni  beayov  ishlatish  bilan  ham 

katta boylik ortirilgan.  

Sharqda  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  darajasiga  qarab  ayrim 

«erkin»  aholining  ahvoli  qullarnikidan  farq  qilmagan.  Lekin  ayrim 

olimlarning  fikricha,  Sharqda  quldorlik  klassik  shaklda  rivoj 

topmagan,  patriarxal,  ya

ʼni  uy  xoʼjaligidan  ustun  boʼlgan.  Sharq, 

jumladan  O

ʼrta  Osiyo  mamlakatlaridagi  xoʼjalik  faoliyatida 

nisbatan  erkin  odamlar  ishtirok  etgan.  Masalan,  dehqonchilik, 

xunadmandchilik, 

qurilish 

sohasida 

qullar 

mehnatidan 

foydalanilmagan. 

Аntik  dunyo  (gʼarbiy  Yevropa)  dagi  ayrim 

xududlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog

ʼliq ravishda tovar 

pul  munosabatlari  ham  anchagina  rivojlangan.  Shu  asosda 

qulchilikka  asoslangan  xususiy  mulkchilik  asos  topdi.  O

ʼz 

mahsulotini  sotishga  mo



ʼljalab  ishlab  chiqargan  qulchilik 

xo

ʼjaliklari  ekspluatatsiyani  kuchaytirishni  talab  etgan.  Oqibatda 



klassik  yoki  antik  qulchilik  yuzaga  keldi.  Qadimgi  Sharqning 

iqtisodiy  ta

ʼlimoti  asosan  davlatni  boshqarish  toʼgʼrisidagi  ilm 

qonunlariga  oid  edi.  Jamiyatning  iqtisodiy  hayotida  amalda 

butunlay  natural  xo

ʼjalik  faoliyat  qilar  edi.  qadimgi  Sharqning 

yodgorliklarida  davlatning  boshqarish  san

ʼati  boʼyicha  qoida  va 

qonunlar  to

ʼplami  hamda  iqtisodiy  gʼoyalari  saqlanib  qolgan. 

Bizgacha  bo

ʼlgan  birinchi  yodgorlik  «Geraklepolik  shohning  oʼz 

o

ʼgʼliga nasihatlari» estaliklari (qadimgi Misr, er.avv. XXII asr) juda 



ham  qadimgi  manbalardan  hisoblanadi.  Muallifning  ta

ʼkidlashicha 

«nasihatlarda»  e

ʼtiborni  boshqaruv  aparati  faoliyatini  samarali 

yuritish zarurati va qaysiki Firavnlar (qadimgi Misr podshohlarining 

nomi  yoki  unvoni)  va  aholi  o

ʼrtasida  boʼladigan  munosabatlar 

ko

ʼrsatilgan.  Bu  davrda  sinfiy  ajralish  toʼla  shakllanmagan  boʼlib, 



boshqaruv  ishiga  ishbilarmonlarni  taklif  etish  (yuqori  tabaqali  yoki 

oddiy  aholidan)  kerak  deyilgan.  Vasiyatnomada  muallif  asosiy 

e

ʼtiborni  podishoh  bilan  xalq  oʼrtasida  turuvchi  boshqaruv 




aparatiga  qanday  muomala  qilish  kerakligi  haqida  yoziladi.  Unda 

shunday deyiladiki, «boshqaruv aparati yagona otryad kabi ish olib 

borishi  kerak,  buning  uchun  esa  podshoh  o

ʼz  amaldorlari  haqida 

doimo  g

ʼamxoʼrlik  qilishi  va  modiy  ragʼbatlantirib  borishi  kerak, 

shundagina  ular  sening  qonuning  bilan  yashaydi».  Saqlanib qolgan 

yodgorliklarda  va  yozma  qonunlarda  iqtisodiy-siyosiy  g

ʼoyalar 

mavjud  bo

ʼlgan, unda mustaqil ishlab chiqaruvchining xuquqlarini 

himoya qilish, tartibga solish hamda ishlab chiqaruvchilar qatlamini 

yemirilishini  to

ʼxtatishga  qarshi  muhim  fikrlar  berilgan  edi. 

Аyniqsa, eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobilda podshohlik qilgan 

Hamurapining  qonunlar  to

ʼplami  (kodeksi)  mashxurdir.  Bu 

to

ʼplam  1901-1902  yilda  Suza  shahri  qoliqlarini  arxeologik  qazish 



paytida  topilgan.  Toshga  o

ʼyib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy 

xujjatni  tahlil  qilish  shuni  ko

ʼrsatdiki,  mavjud  davlat  sinfiy  va 

ijtimoiy  jihatdan  ancha  mukamal  ko

ʼrilganligi  bilan  ajralib  turadi. 

Bu qonunlarning asosiy mazmuni qaysiki «kuchli kuchsizni» shiori 

ostida  kuchlilar  tomonidan  kuchsizlarni  butunlay  kamsitishi 

himoya qilgan edi. Qarz evaziga qul qilish faqat uch yilgagina ruxsat 

etilgan  edi.  Lekin  bu  chegaralash  bo

ʼlsa,  ham  xususiy  mulkchilik 

ham  qonun  bilan  rasmiylashtirilgan  edi.  Xususiy  mulkchilik 

huquqiy  bitimlarda  himoya  qilinar,  agar  ijarachi  zaruriy  ishlarni 

ma

ʼlum  bir  sabablarga  asosan  bajara  olmasa  turli  xil  imtiyozlar 



berilardi.  Xususiy  mulkchilikka  suyiqasd  qilinishiga  iqtisodiy 

javobgarlik joriy etildi. Hammurapi kodeksining yaratilishi qadimgi 

Vavilon  jamiyatining  birlashishi  uchun  muhim  omil  bo

ʼladi. 


Hammurapi  kodeksi  iqtisodiy  ha

ѐtni  huquqiy  normalar  bilan 

boshqarishga qilingan birinchi harakat edi.  

2.  Ulug


ʼbekning  iqtisodiy  gʼoyalari  va  iqtisodiy  siyosat.  Moliya-pul 

islohotining  ahamiyati.  Oltin  va  kumush  tangalar  o

ʼrniga  mis 

pullarining zarb qilinishi. «Fulusiya pullari».  

Mirzo  Ulug

ʼbek  oʼzining  podsholik,  olimlik,  mutafakkirlik 

faoliyatida  ulug

ʼ  bobosi  Аmir  Temur  vasiyatlariga,  uning 

ko

ʼrsatmalariga toʼla asoslandi. Natijada uning 40 yillik xukmronligi 




davrida  mamlakatda  barqarorlik,  tinchlik,  hamjihatlik,  iqtisodiy 

ravnaq katta ijodkorlik xukm surdi. Mirzo Ulug

ʼbek oʼz faoliyatida 

iqtisod  ilmiga,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  barqarorlikni 

ta

ʼminlashga  katga  eʼtibor  berdi.  U  shunday  iqtisodiy  oʼzgarishlar 



(islohotlar)  qildiki,  bular  oqibatida  iqtisodiy  inqirozlarning  oldini 

oldi,  davlat  qudratini  yuksak  darajaga  ko

ʼtardi.  Uning  soliqlarni 

tartibga  solish  va  pul  muomalasini  barqarorlashtirish,  pulning 

qadrsizlanishiga  yo

ʼl  qoʼymaslik  uchun  koʼrgan  chora-tadbirlari 

tarixiy  ahamiyatga  ega  bo

ʼldi.  Masalan,  u  xirojning  miqdorini 

belgilashda tabaqalashtirish yo

ʼlini tutdi, yaʼni xirojni yerning shart-

sharoiti,  unumdorligi,  bozorlarga  yaqin-uzoqligi  kabi  omillarga 

qarab belgiladi. Iqtisod ilmining hozirgi tushunchasi bilan aytganda, 

yer  rentasi  ta

ʼlimotini  asoslashga  harakat  qildi.  U  soliqlarni  pul 

shaklida to

ʼlashni afzal deb bildi va shunday soliq shaklini ijtimoiy 

adolatga  xizmat  qiladi,  deb  bildi.  Mirzo  Ulug

ʼbek  iqtisodiy 

dunyoqarashida  pul  isloxoti  alohida  o

ʼrin tutadi. U shu maqsadda 

pul zarb  qiluvchi  korxona qurdirdi. qizig

ʼi shuki, pul birliklarining 

nomini ana shu korxona joylashgan shahar — Buxoro xalq atamasi 

bilan atashni lozim topdi (masalan, donaki adliya, nildonaki adliya, 

dudonaki  adliya  kabi).  Pul  birligining  vazni  pul  qiymatiga  qarab 

2,3—8,6  gramm  og

ʼirlikda  belgilangan.  Bunday  iqtisodiy  tadbir 

mamlakatda  tovar-pul  munosabatlarining  rivojlanishiga,  xalqaro 

savdo ravnaqiga, milliy mulkning barqaror bo

ʼlishiga xizmat qiladi. 

Ulug

ʼ  bobokalonimiz  Mirzo  Ulugʼbekning  pul  islohoti  borasidagi 



tajribasi  izsiz  qolmadi.  Mustakil  O

ʼzbekistonimiz  ham  oʼz  milliy 

valyutasini  muomalaga  chiqarishda  ana  shu  tarixiy  merosga 

asoslanmoqda.  Mamlakatimiz  milliy  so

ʼmni  chiqaradigan  oʼz 

korxonasiga ega. Endigi vazifa iqtisodiy idrok kuchi bilan ish tutib, 

iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish,  pul  qadrini  oshirish, 

iqtisodi


ѐtni bozor iziga tushirib yuborishdan iborat. Tabiiy ravishda 

shunday  savollar  turiladi:  nima  uchun  Mirzo  Ulug

ʼbek  saltanatida 

uzoq  yillar  iqtisodiy  va  siyosiy  barqarorlik  hukm  surdi?  Nima 

uchun  Mirzo  Ulug

ʼbek  mamlakat  uchun  alohida  pul  zarb  etuvchi 

korxona qurdirdi, pulni boshqa mamlakatda chiqarib keltirsa ham 



bo

ʼlar edi-ku? Mirzo Ulugʼbek iqtisodiy dunyoqarashi aslida ulugʼ 

bobokaloni 

Аmir  Temurga  asoslanadi,  yaʼni  mamlakatning 

iqtisodiy  va  siyosiy  mustaqilligini  ta

ʼminlash  uning  uchun  bosh 

vazifa  edi.  Iqtisodiy  mustaqillyak  iqtisodiy  islohotlar  orqali 

ta

ʼminlanadi. Islohotlar tizimida milliy valyutaning mustahkamligini 



ta

ʼminlash  ham  yotadi.  Аgar  mamlakat  oʼz  pul  zarb  qilish 

korxonasiga  ega  bo

ʼlsa, bu muomalada ortiqcha pul resurslarining 

to

ʼplanishiga,  yaʼni  pul  qadrsizlanishiga  yoʼl  qoʼyilmaydi,  pul 



chiqarib  keltirish  uchun  ortiqcha  harajatlardan  xalos  bo

ʼlinadi, 

mamlakat  mustaqilligi  mustaxkamlanadi.  Xuddi  ana  shu  asoslar 

mamlakatimizda  chuqur  iqtisodiy  o

ʼzgarishlar  qilishga  va  oʼz  pul 

chiqaruvchi  korxonamiz  bo

ʼlishiga  turtki  boʼldi.  Bu  hamdoʼstlik 

mamlakatlari  ichida  o

ʼzimizga  xos  oʼrin  olishimizga  xizmat 

qilmoqda. 

Amir  Temur  vafotidan  keyin  Shohruh  va  Ulug'bek  (1394-1449) 

podsholigi  (1409-1449)  davrida  iqtisodiyot  yaxshi  rivojlandi. 

Ayniqsa, qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o'sdi. 

Bu  Movarounnahrda  (arabcha  «daryo  ortidagi  mamlakat»  degani) 

1428yilda  Ulug'bek  tomonidan  o'tkazilgan  pul  islohoti  bilan 

bog'liqdir.  Jamiyatda  pulning  ahamiyatini  yaxshi  tushungan  holda 

uning  qadrqimmatini  oshirish  uchun  harakat  qilingan.  O'sh!i 

davrda  muomaladagi  fulusiy  chaqa  pullar  yengil  vaznda  bo'lib, 

savdo rivojiga to'sqinlik qilgan. Ulug'bek yengil vaznda zarb etilgan 

va  muomalada  yurgan  barcha  chaqa  pullarni  bekor  qilldi.  Eski 

chaqalami  yangisiga  almashtirib,  ichki  savdoning  mayda  mis 

pullarga  bo'lgan  talabini  qondirish  uchun  bir  vaqtning  o'zida 

Buxoro,  Samarqand,  Qarshi,  Termiz,  Toshkent,  Shohruhiya  va 

Andijon  shaharlarida  zarbxonalar  tashkil  etib,  bir  xii  vazndagi 

salmoqli  fuluslami  zarb  ettirib,  muomalaga  kiritdi.  Mis  pullar 

zarbini 


markazlashtirish 

maqsadida 

boshqa 

shaharlardagi 

zarbxonalarga  barham  berildi.  Faqat  Buxoro  zarbxonasi  (poytaxt 

Samarqandda emas) saqlab qolindi.  




Xalq orasida «fulusi adliya», ya'ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat 

qozongan  bu  yangi  mis  fuluslar  mamlakatning  barcha  shahar  va 

qishloqlarida  keng  muomalaga  kirib,  davlatning  ichki  savdosini 

naqdina  bilan  to'la  ta'minlay  boshladi.  Ichki  chakana  savdo-pul 

munosabatlaridagi  tanqislikni  fulusning  vazni  va  qiymatini  oshirish 

bilan  hal  etilishi  o'rta  asrlar  sharoitida  nodir  va  favqulodda  voqea 

bo'lsa-da,  har  holda  Ulug'bekning  bunday  islohoti  mamlakatda 

hunarmandchilik buyumiarining ichki chakana savdosi uchun keng 

yo'l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni 

oshirish  maqsadida  «tamg'a»  boji  ham  binnuncha  oshirildi,  ya'ni 

hozirgi  til  bilan  aytilganda  proteksionizm  siyosatidan  foydalanildi. 

Ulug'bek  (1394-1449)  tarixda  ko'proq  davlat  arbobi  sifatida  emas, 

bunyodkor  inson,  yuksak  zehnli  olim  sifatida  mashhurdir.  Bu 

davrda marnlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e'tibor qilinadi, 

busiz  rivojlanish  bo'lmasligini  hokimlar  yaxshi  tushunishgan. 

Sug'orish  tarmoqlari  qurilib,  ular  toshhovuz,  darg'ot,  navo,  chig'ir, 

charxpalak,  qaynama,sharshara,  osma  ko'prik,  handoq,  tazar  va 

sardobalar  kabi  turli-tuman  suv  inshoatlari  bilan  jihozlandi.  O'sha 

davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas 

bog'liqligi  yaxshi  ma'lum  edi.  Soliq  yig'imi  qancha  yuqori  bo'lsa, 

ishlab  chiqaruvchilar  manfaatdorligi  kamdir,  ammo  soliqning 

pastligi  aholi  uchun  qulay  bo'lgani  bilan,  davlatning  boshqaruv, 

mudofaa  va  boshqa  maqsadlariga  doimo  to'g'ri  kelavermaydi. 

Shularni  yaxshi  tushungan  hukmdorlar  soliqni  iloji  boricha 

me'yorida  saqlab,  uni  yig'ishning  ma'lum  adolatli  usullarini 

qo'llanganlar.  Masalan,  Ulug'bek  hukmronligi  davrida  g'alla  g'aram 

qilinmasdan  avval  soliq  to'plash  qat'iyan  man  etilgan,  chunki 

dehqon  hosil  yig'ib  oigachgina  real  soliq  to'lash  imkoniga  ega 

bo'ladi.  Soliq  aniq  uch  muddatda,  dehqon  hosili  pishishiga  qarab 

bo'lingan:  Bu  davrda  ichki  va  tashqi  savdoga  katta  ahamiyat 

berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan 

savdo  aloqalari  olib  borilgan.  Bu  borada  savdogarlar  uchun  qulay 

sharoitlar  yaratilganligini  alohida  ta'kidlab  o'tish  kerak.  Elchilar 

«Buyuk  ipak  yo'li»  xavfsizligini  ta'minlash  borasida  katta  ishlarni 




amalga  oshirganlar.  Mamlakat  iqtisodiyotining  ahvoli,  ayniqsa, 

hunarmandchilik 

va 

savdoning 



rivojlanishi, 

tovar-pul 

munosabatlari,  milliy  valuta  mustahkamligiga  bevosita  bog'liq. 

Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud: 1) qiymat o'lchovi; 

2)  almashuv  vositasi;  3)  jamg'arma  vositasi.  Agar  pulning  miqdori, 

uning  nufuzi  mustahkam  bo'lmasa,  iqtisodiyot  posangisi, 

muvozanati  buziladi.  Shularni  hisobga  olib,  vaqti-vaqti  bilan  pul 

islohotlari  o'tkazib  turiladi.  1428-yili  Ulug'bek  tomonidan 

o'tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi 

fulusiy  pullar  almashtirildi.  Ulug'bek  davridagi  islohotlar  tovar-pul 

munosabatlari  rivojiga  muhim  hissa  qo'shdi.  Iqtisodiyotning 

barqarorligiga erishildi.  

3.  J.Mill  (otasi)  D.  Mak-Kullox  va  boshqalarning  asarlaridagi 

iqtisodiy g

ʼoyalar. J.S.Mill (oʼgʼli)ning tadqiqot predmeti va ijtimoiy 

islohot dasturi. 

Angliyada  klassik  maktabni  boshqacharoq  izohlovchilar  orasida 

Jeyms  Mill  (1773-1836)  muhim  o'rin  egallaydi.  «Rikardo 

maktabining  tanazzuli,  -  deb  yozgan  edi  K.Marks,  -  mana  shu 

kimsadan boshlanadb». J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o'ziga xos 

yo'l  bilan  talqin  etdi.  U  ishchilarning  ish  haqini  oshirish  yo'lidagi 

iqtisodiy  kurashi  o'rinsizligini  asoslamoqchi  bo'ladi.  J.Mill 

kapitalistning  foydasi  bilan  yollanma  ishchining  maoshi  o'rtasidagi 

qarama-qarshilikni  rad  etib,  yer  rentasini  tanqid  qilgan  edi.  U 

Rikardoning  renta  to'g'risidagi  nazariyasini  davom  ettirib,  yer 

rentasining  davlat  tomonidan  qo'shib  olinishi,  ya'ni  yerni 

milliylashtirish (natsionalizatsiya)ni talab qilib chiqdi. J.Mill o'zining 

«Siyosiy  iqtisod  elementlari»  (1821)  asarida  qiymatning  mehnat 

nazariyasiga  butunlay  qarshi  chiqdi  va  qiymatning  manbayi  sifatida 

faqat  jonli  mehnatni  emas,  ishlab  chiqarish  vositalarida  mavjud 

bo'lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bunga asoslanib, 

kapitalistlar  va  yollanma  ishchilar  o'rtasidagi  ekspluatatsiya  inkor 

qilinib,  ularni  «teng  tovar  egalari»  sifatida  qabul  qilishni  taklif  etdi, 



bu esa ishlab chiqarilgan mahsulotning o'ziga tegishli foyda ulushini 

olishining to'g'ri ekanligini isbotlashga asos bo'ldi.  

London  universitetining  siyosiy  iqtisod  bo'yicha  professori  Jon 

Ramsey  Mak-Kullox  (1789-1864)  ham  klassik  maktabning  so'nggi 

nomoyandalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning boshlanisbi» 

(1825)  kitobida  qiymatning  mehnat  nazariyasini  rasman  tan  olsa 

ham,  ishchigina  emas,  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishtrok  etgan 

shamol,  bug',  koks,  mashina  ham  mehnat  qiladi,  degan  g'oyani 

ilgari surdi. Bunga asoslanib, foyda qiymatning jamg'arilgan mehnat 

yoki  kapital  «ishi»  tufayli  yaratilgan  qismidir,  deb  tushuntiradi. 

Merkantilistlar  kabi  u  ham  foyda  ayirboshlash  jarayonida  vujudga 

keladi,  deb  da'vo  qiladi.  J.Mak-Kullox  Maltusning  «Aholi  nufusi» 

qonunini to'la quvvatladi.  

Agar  avvalgi  iqtisodchilar  klassik  maktabni  turlicha  sharhlashga 

intilgan  bo'lsalar,  XIX  asming  30-50-yillarida  iqtisodchilar  o'rtasida 

klassik  maktabdan  ochiqdan  ochiq  aloqani  uzishga  intilish  paydo 

bo'ldi.  Bu  davrda  sanoat  to'ntarilishi  nihoyasiga  yetdi,  sinfiy 

differensiatsiya  amalga  oshdi.  Sinfiy  kurash  keskinlashayotgan 

sharoitda  (Angliyada  chartizm,  Fransiyada  Lion  to'quvchilarining 

qo'zg'oloni,  1848-yil  inqilobi  va  boshqalar)  hukmron  sinflar  uchun 

sotsialistlar  tomonidan  kapitalizmni  tanqid  qilish  va  ishchilaming 

ijtimoiy  talablarini  asoslab  berish  uchun  foydalaniladigan 

qiymatning  mehnat  nazariyasi,  Rikardoning  foyda,  kapitalist  va 

ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta'limoti va boshqa g'oyalari 

katta xavftug'dirar edi.  

Ingliz  Jon  Stuart  Mill  (1806-1873)  klassik  maktabning  so'nggi 

nomoyandalaridan  biridir.  Uning  otasi  Jeyms  Mill  (1773-1836) 

ham  iqtisodchi  bo'lgan  va  o'g'lining  tarbiyasi  bilan  jiddiy 

shug'illangan,  oqibatda  yoshligidayoq  uning  dastlabki  tadqiqotlari 

e'lon  qilindi.  Ammo  1848-yilda  bosib  chiqarilgan  «Siyosiy  iqtisod 

asoslari»  (5  jilddan  iborat)  kitobi  unga  shuhrat  keltirdi.  Mill  Ost-

Indiya  kompaniyasi  bilan  bog'langan  edi  (1858-yilda  yopilgan). 

1865-1868-yillarda  parlament  a'zosi  bo'lgan  (D.Rikardoni  eslang). 



So'nggi  yillarda  Fransiyaning  Avinon  shahrida  yashab,  ijod  etdi. 

D.Rikardo  g'oyalariga  yaqin  turadi  va  birinchi  o'ringa  «ishlab 

chiqarish 

qonunlari»ni 

qo'yadi, 

bu 


masalani 

«Taqsimot 

qonunlari»ga  qarama-qarshi  deb  biladi.  Klassik  maktab  vakillari 

kabi,  iqtisodiy  rivojlanishda  «Qishloq  xo'jaligi  imkoniyatiari»  bilan 

hisoblashmaslik  mumkin  emas  deb  hisoblaydi.  Tadqiqot  usulida 

pulning  «neytrallik»  konsepsiyasiga  amal  qiladi,  ammo  puining 

miqdoriy nazariyasini ham qo'llaydi. Boylik to'g'risida ancha sodda 

flkrda bo'lib, bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalaming 

summasi  sifatida  qaraladi.  Bu  olimning  metodologiyasida  (ishlab 

chiqarish  qonunlarini  taqsimot  qonunlariga  qarshi  qo'yish 

xarakterlidir.  Birinchisi  o'zgarmas  bo'lib,  texnik  sharoitlar  bilan 

belgilanadi,  bu  «fizik  haqiqatlar»  kabidir,  u  «tabiiy  fanlar 

xususiyatlari»  xarakteriga  ega,  unda  inson  irodasiga  bog'liq  hech 

narsa  yo'q.  Ikkinchisi  esa,  uni  «inson  intuitsiyasi»  boshqargani 

sababli, 

ayrim 


mamlakatlar 

va 


davrlarda 

jamiyatni 

boshqaradiganlarning  fikri  va  xohishiga  bog'liq  bo'lib,  nihoyatda 

turlichadir.  «Mazkur  jamiyat  qonun  va  urf-odatlari»  taqsimot 

qonunlariga bevosita ta'sir etadi va «jamiyatdagi asosiy uch sin:flar» 

o'rtasida  daromadlar  taqsimoti  mulkning  shaxslar  o'rtasidagi 

taqsimotini  belgilab  beradi.  Insoniy  qarorlarning  taqsimot 

qonunlari  shakllanishidagi  ahamiyatidan  kelib  chiqib,  J.S.Mill 

jamiyatni ijtimoiy jihatdan isloh qilish bo'yicha o'z takliflarini ishlab 

chiqadi.  Olimning  tadqiqotlariga  «statika»  va  «dinamika» 

tushunchalari kiritiladi.  

Avvalgi  olimlar  tomonidan  jamiyatning  «statsionar  va  o'zgarmas» 

iqtisodiy  qonunlari  o'rganilgan  bo'lsa,  endilikda  statikaga  siyosiy 

iqtisodning  dinamikasini  qo'shish  kerakligi  aytiladi.  Ammo 

M.Blaugning  fikricha,  Millda  «dinamika»ga  tarixiy  o'zgarishlarni 

tahlili  sifatida  qaraladi,  «statika»  deganda  esa  hozirgi  statik  tahlil 

tushuniladi.  Demak,  u  hozirgi  davrdagi  dinamik  tahlildan  keskin 

farq  qiladi,  chunki  endilikda  iqtisodiy  munosabatlardagi  o'zgarish 

zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik 

modellashtirish  orqali  amalga  oshiriladi.  Millning  qiymat 




nazariyasida 

«almashuv, 

iste'mol 

qiymatlari», 

qiymat 

va 


boshqalardan  tashqari,  qiymat  (qimmat)  bir  vaqtda  barcha 

tovarlarda  o'sishi  mumkin  emas  degan  qisqacha  xulosalar 

chiqariladi,  chunki  qiymat  nisbiy  tushunchadir.  Qiymat  mehnat 

tufayli  yuzaga  kelishi  va  birinchi  darajali  ahamiyatga  egaligi 

ta'kidlanadi.  Pul  to'g'risidagi  g'oyasida  miqdoriy  masala  birinchi 

o'ringa  qo'yiladi,  ya'ni  pulning  ko'payishi  yoki  kamayishi 

tovarlarning nisbiy bahosi o'zgarishiga ta'sir etadi. Boshqa sharoitlar 

teng  bo'lganda  pulning  qiymati  uning  miqdoriga  teskari 

nisbatdadir»,  pulning  har  qanday  kamayishi  esa  xuddi  shun  day 

proporsiyada  uning  qadrini  oshiradi.  Pulning  neytralligi  to'g'risida 

fikr  yuritilib,  pul  vaqtni  va  mehnatni  iqtisod  qilish  uchun  hizmat 

qiladi,  deyiladi.  Boylik,  moddiy  ne'matlar  faqat  unumli  mehnat 

natijasida  yaratiladi.  Yangilik  shundan  iboratki,  mulkni  qo'riqlash, 

malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli deb hisoblanishi 

kerak.  Unumli  mehnat,  jamiyat  ishlab  chiqarish  kuchlarini 

ko'paytirishga  olib  kelsa,  unumli  iste'molga  ega  bo'ladi.  Aholining 

iqtisodiyotdagi  o'rni  to'g'risida  so'z  yuritilib,  Angliyada  1821-yildan 

keyin  40  yil  davomida  tirikchilik  vositalarini  ishlab  chiqarish 

sur'atlari  aholi  o'sishidan  yuqori  bo'lmagan.  Aholi  sonini 

kamaytirish  bo'yicha  takliflar  beriladi  (ixtiyoriy  tug'ilishni 

kamaytirish, ayollar emansipatsiyasi).Bu masalada Mill Maltus bilan 

hamfikrdir.  

Kapital deganda «avvalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar 

zaxira»  lari  tushuniladi.  Kapital  jamg'arish  investitsiya  uchun  asos 

hisoblanadi  va  bandlikni  oshiradi,  ishsizlikning  oldi  olinadi 

(J.M.Keyns  ta'limotiga  qarang).  Daromadlar  borasida  avvalgi 

olimlar  ftkri  qo'llanadi,  uni  mehnatga  haq  deb  qaraladi  va  ishchi 

kuchiga  bo'lgan  talab  va  taklifga  bog'liq  deyiladi.  Minimal  ish  haqi 

g'oyasiga  amal  qilib,  «ishchi  fondi»  doktrinasi  ilgari  suriladi,  unga 

ko'ra, sinfiy kurash ham, kasaba qo'mitalari ham ish haqini yashash 

minimumi darajasida saq1ashning oldini ola olmaydi. Ammo 1869-

yil bu doktrina g'oyasi inkor etiladi va kasaba qo'mitalari, haqiqatan 

ham,  ish  haqiga  ta'sir  etadi,  bu  «mehnat  bozoridagi  raqobat 



oqibatlari» kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda past mehnatda 

ish haqi kamroq bo'ladi. Mill «minimum ish haqi» bilan «fiziologik 

minimum»ni  farqlaydi,  birinchisi  ikkinchisidan  yuqoridir.  Ish  haqi 

manbayi  sifatida  allaqanday  «kapital  zaxira»  keltiriladi.  Rentaga 

yerdan  foydalanganlik  uchun  to'lanadigan  kompensatsiya  deb 

qaraladi.  Shu  bilan  birga,  yer  uchastkasidan  foydalanish  shakliga 

qarab,  bu  renta  mavjud  bo'ladi  yoki  foydani  yo'q  qiluvchi  xarajat 

bo'lishi  mumkin.  Jamiyatdagi  iqtisodiy  islohotlar,  xususan, 

sotsializm  va  sotsialistik  qurilish  to'g'risida  ham  fIkr  yuritiladi. 

Ijtimoiy  tengsizlikning  xususiy  mulk  bilan  bog'liqligini  inkor  etadi. 

Masala  bunda  xususiy  mulk  bilan  bog'liq  individualizm  va 

suiiste'molchilikka  barham  berishdir,  degan  xulosa  chiqariladi. 

Jamiyatning 

ijtimoiy-iqtisodiy 

hayotida 

davlat 


mavqeyini 

faollashtirish  masalalari  qarab  chiqilgan.  Bunda  davlat  markaziy 

bankining  foizlari  oshirishga  intilishi  maqsadga  muvofiq  deb 

qaraladi,  chunki  bu  xorij  kapitalini  mamlakatga  kirib  kelishini 

rag'batlantiradi,  milliy  valuta  kursi  mustahkamlanadi,  oqibatda 

davlatdan 

oltin 

chiqib 


ketishining 

oldi 


olinadi. 

Davlat 


harajatlarining 

ko'payishi 

tanqid 

qilinadi. 

Erkin 

savdo 


munosabatlari (laisser faire)ni qo'llash bilan birga, «bozor kuchisiz» 

ayrim  sohalarda  (infratuziima,  fan,  qonunlarni  chiqarish,  bekor 

qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb hisoblanadi.  

Mill, ayniqsa, ta'lim sifatiga alohida e'tibor qiladi, xususiy maktablar 

tarafdori  (faqat  chekka  joylardagina  umumiy  maktabga  yo'l 

beriladi),  davlat  imtihonlari  tizimi,  yomon  o'qiganlar  uchun  jarima 

taklif etadi. Aytib o'tilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlarini 

o'zgartirish  mumkin  emas,  balki  taqsimot  qonunlarini  o'zgartirish 

kerak  degan  aqidaga  amal  qiladi.  Bu  olimning  katta  xatosi  bo'lib, 

aslida  ishlab  chiqarish  va  taqsimot  bir-biridan  alohida-alohida 

yashay  olmaydi;  ular  bir-birlariga  har  tomonlama  bog'liq.  Millning 

ijtimoiy islohoti uch pozitsiyani o'z ichiga oladi:  

1.  Kooperativ  ishlab  chiqarish  assotsiatsiyasi  yordamida  yollanma 

mehnatni tugatish.  




2. Yer solig'i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish.  

3.  Merosxo'rlik  qonunini  cheklash  yordamida  boylikning 



tengsizligini cheklash. 

Download 201,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish