I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan tayorlagan


Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar



Download 414,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana25.02.2022
Hajmi414,25 Kb.
#464680
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada 
yana ham rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar 
maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi 
Ksenofont (m.o. 430–355) asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko’p sonli asarlari 
ichida «Daromadlar to’g’risida» va «Ekonomikos» (xo’jalik to’g’risida ta’lim) maxsus 
iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida 
Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo’lini tavsiya 
etadi: 1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ularning Afinaga kelishini 
rag’batlantirish; 2) kumush qazib olishni kengaytirish; 3) qullar savdosini tashkil etish. 
«Ekonomikos» asarida hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi 
iqtisodiyotiga tavsifnoma beriladi. Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligining eng 
asosiy tarmog’i deb hisoblagan. «Qishloq xo’jaligi rivojlansa, – deb yozadi u, – boshqa 
faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv 
va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo’ladi». Ksenofont 
iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim 
sifatida kirib keldi. U o’zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina 
shaharlarda bitta ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, 11 History of 
economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 47-b. Ksenofont (m.o. 430–355) 
44 ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan 
shug’ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, 


yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga 
o’zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto bir qismi 
ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – 
xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi 
– charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini 
birlashtirib tikib hayot kechirish uchun haq to’adi. O’zo’zidan ma’lumki, kim muayyan 
cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir». Har 
qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya’ni uning foydaliligini va almashuv 
qobiliyatini birinchilardan bo’lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan 
tashqari, natural-xo’jalik konsep-siyasi tarafdori va shunga ko’ra sudxo’rlikka qarshi 
bo’lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo’lgan 
muomala vositasi va jamg’arish vositasi funktsiyalarini ko’rsatib bergan. Gesiodning 
g‘oyalari eramizdan avvalgi VIII-asrdan boshlab og‘zaki tarzda talqin etiladi. Gesiodga 
talluqli eng muhim asar xudolarning tug‘ulishi to‘g‘risidagi “Teogoniya” asaridir. 
Gesiodning fikricha, yetishmovchilik insonning cheksiz istaklari va cheklangan resurslar 
bilan bog‘liq holatdan vujudga kelmaydi, balki bu Pandora tomonidan qutini ochib, 
chiqarib yuborilgan yovuzliklardan biridir. Gesiodning iqtisodiy g‘oyalari uning iqtisodiy 
savollarga qiziqishni boshlab bergan va ikki asr davomida muhokama-larga sabab 
bo’lgan “Ishlar va Kunlar” asarida berilgan. Dehqon bo‘lsada Gesiodni samaradorlik 
muammosi qiziqtirgan. Usbu davrda samaradorlik tushunchasi bir necha konteksda 
ishlatadilgan. Samaradorlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarf qilingan resursga bo‘lgan 
munosabati bilan o‘lchangan. Mavjud resurslar bilan iloji boricha eng ko‘p mahsulot 
ishlab chiqrishga erishish uchun maksimal samaradorlik qabul qilinishi lozim bo’lgan. 
Mahsulot va resurslarning o‘lchov birliklari natural o‘lchamlarda (masalan, bir akr 
bo‘g‘doyning bushellari) yoki pul birliklarida (masalan doll hisobida) ko‘rsatilishi 
mumkin. Hozirda kimdir samaradorlikka unumdorlik nuqtai nazaridan emas, balki 
chiqimlar nuqtai nazaridan qaraydi (masalan, bir akrdan olingan bo‘g‘doy bushellari 
qiymati yoki mahsulot birligining qiymati). Mahsulot miqdorini maksimal darajada 
oshirib, yoki chiqimlarni minimal darajada kamaytirib samaradorlikni oshirish mumkin. 
Ko‘pchilik fermerlar va ishlab chiqaruvchilar samaradorlikka qiziqish bildiradilar: 
albatta, qadimgi davrdan klassik davrgacha ushbu holat davom etgan. Qadimda 
samaradorlik muammosi ishlab chiqaruvchining darajasi va xonadoniga bog‘liq bo‘lgan. 
Samaradorlik masalasini iqtisodiyot darajasida o‘rganish boshlanganida nozik va 
murakkab masalalar to‘plamiga duch kelinadi. Ushbu holatda hech kim unumdorlikda 
chiqimlarni tabiiy o‘lchovlarda o‘lchay olmasligi, hatto ular to‘laqonli bo‘lmasalarda 
pulli o‘lchamlarda o’tganligi orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Qadimgi yozuvchilarni 
jamiyat miqyosidagi samaradorlik qiziqtirmagan, ular iqtisodiy yetishmovchilik 
tushunchasi va uning oqibatlarini amalda o’rganmagan-lar. Kelib chiqishi grek tilidan 
olingan “Economics” (Iqtisodiyot) so’zi Ksenofont-ning “Oeconomicus” asarining 


nomidan olingan. Lekin, greklar tomonidan ishlab 45 chiqarishda samaradorlikka 
erishish xonadon miqyosida boshqarishga tegishli hisoblangan. Geradot, Ksenofont va 
boshqa qadimgi yozuvchilar iqtisodiyot bo’yicha samaradorlikning aniq masalalari bilan 
shug’ullanmasdan ishlab chiqarish va xonadon miqyosida samaradorlikka tegishli 
bo’lgan muammolar to’plami bilan shug’ullanganlar. Ishlab chiqarish va xonadon 
miqyosida samara-dorlik to’liq tushuncha sifatida aniqlanishidan avval iqtisodiyot fan 
sifatida ancha-yin taraqqiy topgan edi (Bu o’n to’qqizinchi asr oxirida marjinal tahlil va 
differensial hisoblashdan foydalanilganidan so’ng vujudga keldi). Geradotdan keyin 
taxminan to’rt yuz yil o’tib Ksenofont tomonidan samarali boshqarish tushunchasi 
Geradotga qaraganda kengroq tartibda rivojlantirildi va xonadon, ishlab chiqarish, harbiy 
va davlat ma’muriyati miqyosida keng qo’llanildi. Mazkur holat mehnat taqsimotini 
amalda qo’llash orqali samaradorlikni mukammal-lashtirish imkoniyatini berdi. Mehnat 
taqsimotiga Aristotel va keyinchalik boshqa olimlar tomonidan ham alohida e’tibor 
berildi.12 Natural-xo’jalik konseptsiyasi grek mutafakkiri Platonning (m.o. 427–347) 
iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli bo’lgan. Bu uning «Davlat» va «Qonunlar» 
asarlarida o’z aksini topgan. Birinchisida ideal davlat tuzumi loyihasi shakllantirilgan 
bo’lsa, ikkinchisida real haqiqatga ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» 
asarida ideal ijtimoiy tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta’limotlar tarixiga katta hissa 
qo’shdi. Ideal “davlat”da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib ko’rsatiladi: 1. 
Faylasuflar. 2. Harbiylar. 3. Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar. Bunda 
ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyaklarning (faylasuflarning) roliga yuqori 
baho beriladi, negaki ular boshqa bir toifa – harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning 
boshqaruv apparatini tashkil etgach, olimning fikriga ko’ra, butun jamiyatni boshqaradi. 
Bunda faylasuflar ham, harbiylar ham hech qanday mulkka egalik qilmaydilar (davlat 
manfaatlari yo’lida chalg’ib ketmaslik uchun); ularning moddiy ta’minotini tekischilik 
tamoyili asosida davlat o’z zimmasiga oladi. Barcha xo’jalik ishlari, shu jumladan, 
mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan–yer 
egalari, savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar – erkin fuqarolar 
mulki va shuning uchun «Davlat» muallifi tomonidan ular hech bir toifaga kiritilmadi. 
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda davlat ta’minotida 
bo’lgan, ya’ni yuqori toifali «fuqarolarning» moddiy ta’minoti to’g’risidagi oldin ilgari 
surilgan g’oyalar rivojlantirilgan. Bu yerda faylasuf tenglik tamoyilida jamiyat 
tuzilishining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy unsurlarning tavsifini boshqalardan oldin ko’ra 
bilgan. Xususan, barcha fuqarolar, Platon fikricha, ideal davlatda (qur’a bo’yicha) uy-joy, 
yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va undan foydalanish 
huquqi bilan (ya’ni to’la bo’lmagan mulk huquqi) berilgan bo’lsa ham, uni olgan kishi 
keyinchalik bolalarining biriga aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega 
bo’lgan. Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to’rt martadan ko’p farq qilmasligi kerak. 
12 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 46 Platonning 


har ikkala loyihasida o’xshashlik mavjud: davlatni boshqaruv apparati (birinchi loyihada) 
va fuqarolar (ikkinchi loyihada) oltin va kumushga ega bo’lishlari va sudxo’rlik bilan 
shug’ullanishlari mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o’xshab, dehqonchilikni iqtisodi-
yotdagi asosiy tarmoq deb hisobladi, hunar mandchilik va savdoni jamiyatda uncha 
e’tiborli bo’lmagan mashg’ulotlar turiga kiritdi. Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon 
birinchi-lardan bo’lib bahoning asosi va darajasi to’g’risidagi savolni o’rtaga tashladi. 
Uning fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan tartibga solinib turilishi kerak, bundan 
tashqari, asos sifatida shunday baho olinishi kerakki, u o’rtacha foyda olishni ta’minlasin.

Download 414,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish