Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik
namoyon-dalaridan biri Aristotel (m.o 384–322) hisoblanadi. O’z mamlakatida
shakllangan natural-xo’jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri
boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga
muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari
«Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga
o’xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi
shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari (mayli u: erkin
fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funktsiyasi bo’lsin yoki yer egalari, chorvador,
hunarmandlar, savdogarlar bo’lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va
boylik to’ishi nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va
ehtiyojlarni qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika
tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi. Aristotel nafaqat o’zining falsafiy tafakkuri
balki, sotsialistik iqtisodiy g’oyalarni rivojlantirishga qo’shgan hissasi bilan ham ajralib
turadi. Aynan Aristotelning qarashlariga 1300 yildan 1500 yilgacha bo’lgan davr
mobaynida Avliyo Tomas Akvinskiy va boshqa namoyondalar o’z munosabatlarini
bildirganlar. Demokrit (eramizdan avvalgi taxminan 460-370 yillar) mehnat taqsimotini
rag’batlantirish bilan bir qatorda xususiy mulkni rivojlantirish tarafdori bo’ldi.
Aristotelning ustozi Platonning ta’kidlashicha, barkamol jamiyatning hukmron sinfi -
askarlar va faylasuflar e’tiborini muhimroq masalalardan chalg’ita-digan mulk bo’yicha
mojarolarni oldini olish uchun, xususiy mulka ega bo’lmas-dan, balki jamoat mulkidan
foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin, Aristotelning fikricha xususiy mulk jamiyatda
foydali funksiyani bajaradi, uning miqdori bo’yicha cheklov o’rnatadigan qoidalar tatbiq
etilmaslik zarur. Uning xususiy mulkka bo’lgan huquqni maqullagan holda, iqtisodiy
o’sish orqasidan quvishni ayblashdagi aniq izchillikka ega bo’lmagan g’oyalari
faylasuflarni o’n oltinchi asrgacha tashvishga solib keldi. Aristotelning iqtisodiy
tafakkurga qo’shgan asosiy hissasi tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan
foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni chuqur Aristotel (m.o 384–322) 47
yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji, o’rtacha, lekin odamlar-ning
istaklari cheksizdir. Shundan kelib chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlarni ishlab
chiqarish tabiiy, cheksiz istaklarni qoniqtirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish notabiiy
holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqarilganida, bu
faoliyat ehtiyojni yoki istaklarni qondirish uchun amalga oshirilganligini aniqlash qiyin;
lekin uning fikricha, agar bozordagi almashuv barter shaklida bo’lsa, bu tabiiy ehtiyojni
qondirish uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko’zlanmagan. Lekin, pul
vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish
ekanligi ko’zda tutiladi. Aristotel Platon va ko’pchilik boshqa grek olimlarining iqtisodiy
faoliyatini kengroq kontekstda o’rgandi. Aristotel ko’rsatib o’tgan qiziqarli masalalardan
biri shundan iboratki, yetishmovchilik muammosini iste’molni kamaytirish, odamlar-ning
munosabatini o’zgartirish yo’li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida
yotadigan to’qnashuvlarni bartaraf etib jamiyatdagi to’qnashuvlarni tugatish orzusida
bo’lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g’oya bo’ldi.13 Ekonomika – Aristotel
tushunchasi bo’yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilik dagi kishilarning hamda
hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lgan-larning asosiy va sharafli
faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi,
shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak. Xrematistika – bu yirik savdo yo’li
bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik
orttirish maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul
topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli ravishda,
xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid deb ko’rsatiladi. Shunday
kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor,
xrematistika esa – tanbehga». Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va
xrematistikaga bo’lgan bunday munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda bo’lganligini
yaqqol ko’rsatib turibdi. Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi
doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik hayotining eng muhim
unsurlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo’yicha,
«haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab)
bo’lmaydi». Shunga ko’ra xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni
taqqoslash faqat go’yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay.
Tovar sifatidagi pulning o’zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki
odamlar o’rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga
yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda». Aristotelning ekonomika va
xrematistika konseptsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham
kiritish mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda
asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining
kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda – aksincha,
ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini
xrematistika sohasining kategoriyasi deyishga asos bo’la oladi. 13 History of economic
thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 48 Nihoyat, shu kontse’tsiya nuqtai
nazardan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini
biryoqlama tahlil qilib, o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy
munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash va
pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika
sohasiga kiritadi, savdo ka’italining harakatini, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida
dastlabki avanslangan pulni ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga
o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o’lchovi va
muomala vositasi tarzida aks ettilishini – ekonomika sohasiga, pulning foydani
ko’paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |