I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan tayorlagan



Download 414,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana25.02.2022
Hajmi414,25 Kb.
#464680
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

«Artxashastra» ta’limoti.
Qadimgi Hindiston
xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning 
asosiy manbai 
«Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri).
Uni podsho 
Chandraguptianing maslaxatchisi Kautilya yozgan deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 
15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy 
asar ma’nosini bildiradi. Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida 
ko’rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga 
bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib 
chiqilgan, so’ngra tashqi siyosat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani 
tashkil qilish va shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi. «Artxashastra»ning eng 
boshidayoq podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Ulardan biri 
iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqon-chilik, chorvachilik va savdo 
sifatida ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha 
hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va 
odamlarni u yerlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib 
kelganlarga yer soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Qadimgi 
Hindistonning iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyarga asoslangan 
quldorlik davlati bo’lgan. Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan 
boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo’shinga tayanib ish olib borganlar. 
Qadimgi aholi boy badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o’rtahol dehqon va 
ziyolilardan iborat o’rta tabaqaga hamda kambag’allar, qashshoqlar va qullarga 
bo’lingan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini sun’iy sug’orishga 
asoslangan dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni 
o’zlashtirganlar. Buyvol,zubr va qo’tos ho’kizlarini qo’sh omochga qo’shib yer 
haydaganlar. O’zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq 
yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Suvni yuqoriga chiqarishning eng 
qadimgi qo’l usuli Misr tipishoduflarbo’lib, ular qadimiy Misr, Mesopotomiyada keng 
tarqalgan edi. Shoduf moslamasi Hindistonda “densli” nomi bilan mashhur bo’lgan. U 


yerda “rati” deb yuritiladigan yuqoriga suv chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo’lib, 
bular Misr “atue”siga o’xshaydi. Dehqonlar dalalarga bug’doy, arpa, no’xat, sholi, 
shakarqamishva g’o’za ekkanlar. Hindiston g’o’za-paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, 
anjir, anor,qovun, o’rik, olma yetishtirib, polizchilik va bog’dorchilik bilan ham 
shug’ullangan. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, 
mia va jezdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda 
sero’t yaylovlar ko’p bo’lgan. Shu bois aholi qoramol, qo’tos, zubr, qo’y, echki, cho’chqa 
va eshak boqin, chorvachilik bilan shug’ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni 
qo’lga o’rgatib, ulardan xo’jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va 
chorva mahsulotlari aholini oziq ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta’minlagan. Eng 
qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, 
kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovor qurollar, muhrlar, uy-
ro’zg’or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlagan. U yeda to’qimachilik 
kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha taraqqiy etgan. Arxeologlar Hind 
vohasi va Panjobning ko’p joylaridan savdo omborxonalari va do’konlarining 
qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu Hindistonda ichki va 
tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, 
Mesopotomiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo’llari orqali 
savdo-sotiq ishlarini olib brogan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-
sotiq rivojlanishi, shuningdek, talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida 
ortiqcha boylik yig’ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada 
tezlashtirgan, bo’g’usi yirik davlatlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorlagan 
Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning 
uchun davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning 
kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil to’gan. Odam yashamaydigan yer esa, 
naslsiz sigirga o’xshaydi – undan na sut sog’ib olib bo’ladi».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi tashkil 
qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z yerini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning 
yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi. Davlat bozor 
bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib chiqishi lozim. Bahoning 
mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda 
muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi 
barqarorligini ta’minlashga erishiladi. «Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash 
ham nazarda tutilgan. «Sug’orish sistemalarini qurish, – deyiladi unda, – hosilning 
manbai hisobla-nadi...» Sug’orish sistemasiga yetkazilgan har qanday zarar uchun og’ir 
jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi. «Artxashastra»da davlatning moliya 
muammolarini yechishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat 
xo’jaliklari foydasidan, har turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar 
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag’ ajratib 


kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq tizimi bilan bog’liq bo’lgan moliya idoralarining to’g’ri 
ishlashi uchun, «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-
kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi amaldorlarni bartaraf 
etishi kerak. Ammo bu yerdagi o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra» 
xazina mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayyor amaldorning 
hiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib 
o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi, yo’qmi bilib 
bo’lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o’zlashtirayap-timi, yo’qmi aniqlab 
bo’lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste’mol qilishning har xil usullarini o’rganib 
olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o’zgartirib turish tavsiya etiladi. Iqtisodiy siyosat 
sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-
navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni 
ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi.
Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori 
darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham 
ko’rsatib berdi.

Download 414,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish