I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan tayorlagan


Aristotelning iqtisodiy qarashlari



Download 414,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana25.02.2022
Hajmi414,25 Kb.
#464680
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik 
namoyon-dalaridan biri Aristotel (m.o 384–322) hisoblanadi. O’z mamlakatida 
shakllangan natural-xo’jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri 
boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga 
muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari 
«Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga 
o’xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi 
shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari (mayli u: erkin 
fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funktsiyasi bo’lsin yoki yer egalari, chorvador, 
hunarmandlar, savdogarlar bo’lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va 
boylik to’ishi nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va 
ehtiyojlarni qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika 
tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi. Aristotel nafaqat o’zining falsafiy tafakkuri 
balki, sotsialistik iqtisodiy g’oyalarni rivojlantirishga qo’shgan hissasi bilan ham ajralib 
turadi. Aynan Aristotelning qarashlariga 1300 yildan 1500 yilgacha bo’lgan davr 
mobaynida Avliyo Tomas Akvinskiy va boshqa namoyondalar o’z munosabatlarini 
bildirganlar. Demokrit (eramizdan avvalgi taxminan 460-370 yillar) mehnat taqsimotini 
rag’batlantirish bilan bir qatorda xususiy mulkni rivojlantirish tarafdori bo’ldi. 
Aristotelning ustozi Platonning ta’kidlashicha, barkamol jamiyatning hukmron sinfi - 
askarlar va faylasuflar e’tiborini muhimroq masalalardan chalg’ita-digan mulk bo’yicha 
mojarolarni oldini olish uchun, xususiy mulka ega bo’lmas-dan, balki jamoat mulkidan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin, Aristotelning fikricha xususiy mulk jamiyatda 
foydali funksiyani bajaradi, uning miqdori bo’yicha cheklov o’rnatadigan qoidalar tatbiq 
etilmaslik zarur. Uning xususiy mulkka bo’lgan huquqni maqullagan holda, iqtisodiy 
o’sish orqasidan quvishni ayblashdagi aniq izchillikka ega bo’lmagan g’oyalari 
faylasuflarni o’n oltinchi asrgacha tashvishga solib keldi. Aristotelning iqtisodiy 
tafakkurga qo’shgan asosiy hissasi tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan 
foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni chuqur Aristotel (m.o 384–322) 47 
yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji, o’rtacha, lekin odamlar-ning 
istaklari cheksizdir. Shundan kelib chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlarni ishlab 
chiqarish tabiiy, cheksiz istaklarni qoniqtirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish notabiiy 


holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqarilganida, bu 
faoliyat ehtiyojni yoki istaklarni qondirish uchun amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; 
lekin uning fikricha, agar bozordagi almashuv barter shaklida bo’lsa, bu tabiiy ehtiyojni 
qondirish uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko’zlanmagan. Lekin, pul 
vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish 
ekanligi ko’zda tutiladi. Aristotel Platon va ko’pchilik boshqa grek olimlarining iqtisodiy 
faoliyatini kengroq kontekstda o’rgandi. Aristotel ko’rsatib o’tgan qiziqarli masalalardan 
biri shundan iboratki, yetishmovchilik muammosini iste’molni kamaytirish, odamlar-ning 
munosabatini o’zgartirish yo’li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida 
yotadigan to’qnashuvlarni bartaraf etib jamiyatdagi to’qnashuvlarni tugatish orzusida 
bo’lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g’oya bo’ldi.13 Ekonomika – Aristotel 
tushunchasi bo’yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilik dagi kishilarning hamda 
hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lgan-larning asosiy va sharafli 
faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, 
shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak. Xrematistika – bu yirik savdo yo’li 
bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik 
orttirish maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul 
topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli ravishda, 
xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid deb ko’rsatiladi. Shunday 
kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, 
xrematistika esa – tanbehga». Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va 
xrematistikaga bo’lgan bunday munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda bo’lganligini 
yaqqol ko’rsatib turibdi. Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi 
doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik hayotining eng muhim 
unsurlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo’yicha, 
«haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) 
bo’lmaydi». Shunga ko’ra xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni 
taqqoslash faqat go’yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. 
Tovar sifatidagi pulning o’zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki 
odamlar o’rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga 
yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda». Aristotelning ekonomika va 
xrematistika konseptsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham 
kiritish mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda 
asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining 
kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda – aksincha, 
ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini 
xrematistika sohasining kategoriyasi deyishga asos bo’la oladi. 13 History of economic 
thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 48 Nihoyat, shu kontse’tsiya nuqtai 
nazardan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini 


biryoqlama tahlil qilib, o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy 
munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash va 
pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika 
sohasiga kiritadi, savdo ka’italining harakatini, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida 
dastlabki avanslangan pulni ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga 
o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o’lchovi va 
muomala vositasi tarzida aks ettilishini – ekonomika sohasiga, pulning foydani 
ko’paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi. 

Download 414,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish