I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan tayorlagan



Download 414,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana25.02.2022
Hajmi414,25 Kb.
#464680
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

Qadimgi Misr iqtisodiyoti
Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo’lgan. 
Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o’ynagan. 
Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo’yicha 282 moddani o’z ichiga olgan 
asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda xo’jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks 
ettirilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining 
mulkini himoya qilish, ijara, sudxo’rlik va ishga yollash masalalari ko’rib chiqilgan. 
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish yoki shunday sharoit 
yaratishdan iboratki, unda “kuchlilar kuchsizlarni surib chiqarmasinlar”. Bunda asosiy 
e’tibor saroy, ibodatxona mulkini hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, 
birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi 
qonunlarida ularning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. “Sipoh yoki soliq to’lovchiga 
tegishli bo’lgan dala, uy, bog’, – deyiladi qonunda, – kumushga sotilishi mumkin emas”. 
Bundan tashqari, qonunda o’z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan bobillik 
fuqarolar o’z vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan. Qonunda sudxo’rlar 
zo’ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham mavjud. Hosil kam bo’lgan paytlarda 
qarzlarni to’lash muddatini bir yilga cho’zishga ruxsat berilgan (qo’shimcha foiz 
to’lovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxo’rlar o’z holicha, qarzdorlarning ruxsatisiz qarz 
evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular qat’iy ravishda puldagi (20%) va 
natural shakldagi (33% ) foiz me’yorini aniq belgilab bergan. Xammurapi kodeksida 
tutqunlarga nisbatan yomon munosabatda bo’lgani uchun sudxo’rlarni hatto jazolash (shu 
jumladan, qonuniy yo’l bilan ham) ko’zda tutilgan. Sudxo’rlikning keng rivojlanishiga 
to’sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch yil 
bilan cheklanishidir (to’rtinchi yili unga erkinlik berilishi lozim bo’lgan). Biroq 
sudxo’rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo’lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda 
uni ishlab chiqarish yoki yashash vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech 
qanday vositasi bo’lmagach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib sudxo’rga murojaat 
qilishga majbur bo’lgan. 35 Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga 
solishga katta e’tibor berilgan. Uning juda ko’p turdagi shakllari ko’rib chiqilgan bo’lib, 


hatto yollanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq qilib ko’rsatib berilgan. Asosiy 
maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab-
quvvatlash, mehnatsiz daromad to’ishga qarshi kurashish bo’lgan. Umuman, xususiy 
mulkchilik, shu jumladan, yerga bo’lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning 
xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. 
Shunday qilib, eski Bobil podsholigi qonunlarida davlat tartiblashining va aholi iqtisodiy 
faoliyatini nazorat qilishning turli shakllari ko’zda tutilgan. Ular real iqtisodiy 
jarayonlarga, tovar-pul munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga 
o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osiyodagi boshqa 
mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol o’ynadi.

Download 414,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish