Hujjat kuchini yo‘qotgan


§. Dasturlarni shakllantirish



Download 46,14 Kb.
bet5/10
Sana07.07.2022
Hajmi46,14 Kb.
#753305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fundamental ta

4 §. Dasturlarni shakllantirish
23. Dasturlarning dastlabki varianti Qo‘mitaning Idoralararo kengashlarida ustuvor yo‘nalishlarga muvofiqligi, ularga kiritilgan loyihalar mavzularining bir-biriga o‘xshamasligi, ularning avvalgi loyihalarda takrorlanmasligi va tor mavzulik holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi nuqtai nazaridan muhokama qilinadi.
24. Muhokamada Qo‘mitaning Idoralararo kengashlari a’zolari, ekspert guruhlari a’zolari, sohaning yetakchi olim va mutaxassislari, zaruriyat tug‘ilgan hollarda ijrochi tashkilot va loyiha rahbari, vazirliklarning Dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlari va ekspert guruhlari raislari, vazirliklar rahbarlari ishtirok etadilar.
25. Vazirliklar o‘zlarining Dasturlari va ular doirasida bajariladigan har bir loyihaga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini aniqlab, Dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlarda tasdiqlab, umumlashtirilgan holda Moliya vazirligiga taqdim etadi.
26. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar olib borish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar va mutaxassislarning loyihalariga ajratiladigan mablag‘lar miqdori Idoralararo kengashlar tomonidan aniqlanib, Dasturlar shakllantirilgandan so‘ng Qo‘mita tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
5 §. Dasturlarni amalga oshirish va loyihalarni moliyalashtirish
27. Vazirliklar o‘zlarining Dasturlariga kiritilgan loyihalarni bajarish uchun ularning ijrochilari (loyiha va ijrochi tashkilot rahbarlari) bilan shartnomalar tuzadi. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan tashkilotlarning Dasturlariga kiritilgan loyihalar bo‘yicha shartnomalar loyihalarning ijrochilari bilan Qo‘mita o‘rtasida tuziladi.
28. Loyihalarni moliyalashtirish Moliya vazirligi tomonidan vazirliklar va ular orqali ijrochi tashkilotlarga maqsadli moliyaviy mablag‘ ajratilishi asosida amalga oshiriladi. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan (mustaqil buxgalteriya hisobiga ega bo‘lgan) tashkilotlarga mablag‘ Moliya vazirligi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratiladi.
Ilmiy grant mablag‘i miqdorining 95 foizi tadqiqot davri mobaynida, ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
Qolgan 5 foizi — keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan o‘tkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan so‘ng ajratiladi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
29. Bir yoki bir necha vazirlik tasarrufidagi ikki va undan ortiq tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan tashkilotlararo yoki vazirliklararo fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalarini moliyalashtirish ijrochi tashkilotlarning vazirliklariga budjetdan ajratilgan mablag‘ hisobidan amalga oshiriladi.
30. Qo‘mita va vazirliklar tomonidan ekspertiza jarayoniga jalb qilingan ekspertlarning mehnatiga to‘lanadigan xarajatlar Moliya vazirligining ekspertiza uchun maqsadli ajratiladigan moliyaviy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ekspertlarga to‘lanadigan mehnat haqi shakli va miqdori amaldagi qonunchilik va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
301. Ustama xarajatlar miqdori loyihaga ajratilgan mablag‘ning 20 foizidan ortmasligi lozim.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)

Download 46,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish