III. Dasturlarning bajarilishini nazorat qilish
31. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek moliyaviy mablag‘larning samarali va maqsadli sarf qilinishi uchun shaxsan javobgardirlar.
32. Ijrochi tashkilot loyihalarni bajarilishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi, hisobotlarni Ilmiy kengashda muhokama qiladi, loyiha rahbarining taklifiga ko‘ra, tadqiqotlarni sifatli bajarilishini ta’minlash uchun “vaqtinchalik ilmiy-ijodiy jamoa” tashkil etadi. Jamoaga boshqa tashkilotlarning xodimlari ham a’zo bo‘lishi mumkin. Tashkilot rahbari loyiha rahbarini jamoa rahbari etib tasdiqlaydi.
33. Ijrochi tashkilot loyiha ilmiy rahbari uzoq muddatga betobligi sababli ish qobiliyatini yo‘qotgan, doimiy istiqomat qilish uchun respublikadan chetga chiqib ketgan, o‘z arizasiga ko‘ra ilmiy rahbarlikdan voz kechgan yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda vazirlikka loyiha ilmiy rahbarini almashtirish bo‘yicha taklif (vazirlik nomiga tashkilot rahbarining xati, tashkilot ilmiy-texnika kengashi qaroridan ko‘chirma va tavsiya etilayotgan yangi loyiha rahbari to‘g‘risida ma’lumot) kiritadi.
34. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga o‘tgan hollarda ushbu loyihaning bajarilish joyi (ijrochi tashkilot) o‘zgartirilmaydi.
35. Ijrochi tashkilotning faoliyati to‘xtatilganda vazirliklar Qo‘mita va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda faoliyati to‘xtatilgan tashkilotdagi loyihalarni o‘z tasarruflaridagi ilmiy yo‘nalishi mos tashkilotga o‘tkazadilar.
36. Vazirliklar o‘z tasarruflaridagi ilmiy tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning amaliyotini nazorat qiladi. Nazoratning davriyligini ta’minlash ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
37. Loyihalarning ilmiy rahbarlari va ijrochi tashkilotlari vazirliklarga quyidagi axborot va hisobotlarni:
qisqa axborot — har chorakda (chorak yakunlanadigan oyning 15-kunigacha);
Davlat standarti talablariga asosan tayyorlangan yillik oraliq-bosqich hisobotlar — ijrochi tashkilot Ilmiy kengashining xulosasi bilan birga 2 nusxada, hisobot yili o‘ninchi oyining 15-kunigacha;
(37-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)
Davlat standarti talablariga asosan tayyorlangan loyiha bo‘yicha yakuniy hisobotlar — ijrochi tashkilot Ilmiy kengashining xulosasi bilan birga 2 nusxada, Dastur yakunlanadigan yil o‘ninchi oyining 15-kunigacha taqdim etadilar.
(37-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)
38. Vazirliklar loyiha ijrochilarining oraliq-bosqich va yakuniy hisobotlarini, ijrochi tashkilot Ilmiy kengashining xulosasi bilan birga bir nusxada loyiha yakunlanadigan yil o‘ninchi oyining 20-kunigacha vazirliklarning Dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlariga topshiradi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)
39. Loyihalar bajarilishining barcha bosqichlarida vazirliklarning Dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlari ekspert guruhlari hisobotlarini ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazadi.
40. Ekspert guruhlari bajarilgan har bir loyiha bo‘yicha tadqiqotlarning oraliq-bosqich va yakuniy hisobotlariga asoslangan ekspert xulosalarini vazirliklarning Dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlariga taqdim etadilar. Ekspert xulosalari vazirliklarning Dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi.
41. Hisobotlar bo‘yicha ekspertiza xulosalari vazirliklarning Dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlarida tasdiqlangandan keyin Dasturlarda belgilangan topshiriqlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va sarflangan moliyaviy mablag‘larni ajrim qilishga asos bo‘ladi.
42. Qo‘mita va vazirliklar oraliq-bosqich hisobotlari natijasiga ko‘ra to‘xtatilgan loyihalar bo‘yicha ma’lumotni Moliya vazirligiga taqdim etadi. Mazkur ma’lumot asosida Moliya vazirligi ushbu loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihalardan bo‘shagan mablag‘lar Qo‘mita va vazirliklarning qaroriga ko‘ra loyiha bajarilib kelayotgan ijrochi tashkilotning yuqori samara ko‘rsatishi kutilayotgan amaldagi loyihalarini qo‘shimcha moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. Qo‘mita va vazirliklar o‘z navbatida loyihalarni to‘xtatilishi, ulardan bo‘shab qolgan mablag‘ni boshqa samarali loyihaga qo‘shilishini asoslanganligi va o‘zgarayotgan moliyaviy hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar Akademiyasining 2009-yil 19-maydagi 8, 57, 151, 75va 6/7-sonli (ro‘yxat raqami 1705-1, 20.06.2009-y.) qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 26-son, 303-modda)
43. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar o‘tkazish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar, mutaxassislarning amaliy va fundamental loyihalar bo‘yicha hisobotlari Qo‘mitaning Idoralararo kengashida tasdiqlangandan so‘ng Dasturlarda belgilangan topshiriqlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va sarflangan moliyaviy mablag‘larni ajrim qilishga asos bo‘ladi.
44. Vazirliklar ijrochi tashkilotlarda loyihalarning amalga oshirilishi, tadqiqotlar natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bo‘yicha o‘zining tahliliy ma’lumotini har chorak yakunining 20-sanasigacha Qo‘mitaga topshiradilar.
45. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan tashkilotlar loyihalarining oraliq-bosqich va yakuniy hisobotlarini qabul qilish va ekspertizasini o‘tkazish tartibi mazkur Nizomning 37—44-bandlariga mos holda Qo‘mitaning Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashi tomonidan o‘tkaziladi.
46. Vazirliklar Dasturlar doirasida bajarilgan barcha loyihalar hisobotlarini qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni saqlashni ta’minlaydi.
47. Qo‘mita o‘zining ish rejasiga ko‘ra har chorakda bir marta o‘tkaziladigan majlisida Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va yirik ilmiy, tajriba-konstruktorlik tashkilotlarining faoliyatida Dasturlar doirasida bajarilayotgan tadqiqotlar natijalarini fan, ta’lim va ishlab chiqarish tizimiga joriy qilish bo‘yicha ishlarini muhokama qiladi, muvofiqlashtiradi hamda respublikada fan va texnologiyalar taraqqiyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |