IV. Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari tanlovi
(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
48. Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari tanlovi Dasturlar doirasidagi tanlovga qo‘shimcha tarzda ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
49. Tanlovda ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’i nazar, 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga (ikki yil muddatda) hal etiladigan fundamental va amaliy muammo aniq ko‘rsatilgan va kutiladigan ilmiy natijasi Ekspert tomonidan baholanishi mumkin bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
50. Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari Dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
51. Tanlovda g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish vazirliklarga budjetdan fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarish uchun ajratilgan mablag‘ hisobidan amalga oshiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
52. Har bir vazirlik fundamental tadqiqotlarga ajratilgan mablag‘ning 5 foizgacha bo‘lgan miqdorini yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishi mumkin.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
53. Mazkur Nizom Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |