Hozirgi o‘zbek tili fanidan kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida ko‘chirma gaplarning grammatik strukturasi


Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar



Download 161,5 Kb.
bet2/9
Sana31.12.2021
Hajmi161,5 Kb.
#250334
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5332493938580262502

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH


Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov nutqlaridan birida: “Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng xalqimizning o‘z yurti tili, madaniyati, qadriyatlari, tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda”.1 Bu so‘zlar bevosita o‘zbek tilining so‘z boyligini to‘plash va tadqiq etishga da’vat etgan edi.

Buning isbotini keyingi yillardagi tadqiqotlarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham o‘zbek tilining davlat tili maqomini amalda kuchaytirish, xorijda va yurtimizda uni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish dolzarb masala ekanligini yana va yana ta’kidlamoqda: “O‘tgan 2020-yilda birinchi marta o‘zbek tili bayrami yurtimizda keng nishonlandi. Ona tilimizni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar belgilandi. Qo‘shni Afg‘oniston va boshqa davlatlarda ushbu bayramga bag‘ishlangan katta anjumalar o‘tkazildi. Endi bu ishni izchil davom ettirib, ona tilimiz targ‘iboti bilan yanada jiddiy shug‘ullanishimiz lozim. Shu maqsadda, har yili 21-oktabr – o‘zbek tili bayrami arafasida “O‘zbek tili va adabiyotini jahon miqyosida targ‘ib etish: natija va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-ma’rifiy anjuman o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak”.2

Ma’lumki, hozirgi o‘zbek adabiy tilining sintaktik tuzilishini o‘rganish tilshunos olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Sintaktik tadqiqotlar dastlab gap va uning bo‘laklari, qo‘shma gap sintaksisi bo‘yicha olib borildi. O‘zbek tilida gap va uning mohiyati A.G‘ulomovning “Sodda gap” (1955) asarida birinchi marta atroflicha yoritilgan. Shundan keyin o‘zbek tilshunosligida gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari so‘roq gap maxsus o‘rganildi. Nominativ gap, so‘z gap, majhul gap, shaxssiz majhul gap, to‘liqsiz gap, “deb” ravishdoshining sintaktik funksiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. I.Toshaliyevning “Hozirgi o‘zbek tilida kiritma konstruksiyalar” (1976) nomli monografiyasi e’lon qilindi. I.Rasulovning “O‘zbek tilida bir sostavli gaplar” bo‘yicha qator asarlari va shu mavzuda 1974-yilda monografiyasi e’lon qilindi. Keksa o‘zbek tilshunoslaridan yana biri T.Ibrohimov “O‘zbek tilida gapning bosh muchalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, gap bo‘laklariga doir ilmiy tadqiqotlarni boshlab berdi. A.Safoyev “Hozirgi o‘zbek tilida gapning ikkinchi bo‘laklari” (1969) mavzusida dissertatsiyasini yoqladi. Keyingi yillarda olib borilgan lingvistik tadqiqotlarda sodda gaplar tarkibi, hozirgi o‘zbek adabiy tilida inversiya, gapning aktual bo‘linishi, kommunikativ turlari dialektal sintaksis mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borildi.

So‘nggi yillarda o‘zbek tilshunosligida qizg‘in o‘rganilayotgan masalalardan yana biri qo‘shma gap va uning turlari masalalaridir. Adabiy tilimzda qo‘shma gaplar tuzilishi, shart va to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar, periodlar, qo‘shma gaplar derivatsiyasi, sinonimiyasi yuzasidan maxsus tadqiqotlar olib borildi.

Tilshunoslikda ko‘chirma gaplar “O‘zga gap” tushunchasi ostida qaraladi. Bu boradagi tadqiqotlar ham xilma-xildir. O.Isroilov 1970-yilda “Ko‘chirma gapning muallif gapiga nisbatan pozitsion o‘rni” mavzusida, 1971-yilda “O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning badiiy nutq sistemasiga doir”, 1986-yilda esa “Ko‘chirma gap haqida” kabiishlar e’lon qilindi. M.Asqarova, A.Saidniyozov, T.Salimova kabi ustozlar ham ko‘chirma gap yuzasidan tadqiqotlarini e’lon qilgan.

Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar ham qo‘shma gaplarning o‘ziga xos bir turi sifatida shakl va mazmun munosabatlariga ko‘ra bir qator xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning sintaktik qurilishi boshqa qo‘shma gaplar bilan qiyoslasa, ular ko‘proq ergash gapli qo‘shma gaplarga yaqin turadi.Ammo ko‘pchilik tadqiqotlarda ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda bog‘lovchilar ishtirok etmagani uchun ularni bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning bir turi deb hisoblash mumkinligini ta’kidlaydilar.3 qanday baholashdan qat’iy nazar ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda ham bosh va ergash gaplarning mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi. Muallif gapi qo‘shma gap tarkibida hokim vaziyatda bo‘ladi, shu ma’noda u bosh gap sanaladi.

Ba’zan so‘zlovchi o‘z fikridan tashqari o‘zgalarning fikrini ham bayon qilish zarurati tug‘iladi. O‘zgalarning gapini hikoya qiluvchi shaxs muallif hisoblanadi. Ana shu muallif boshqa shaxslarning fikrini o‘zining nutqini ichida keltiradi. Bu o‘zganing gapi ko‘chirma gap hisoblanadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida sintaksis bo‘yicha yozilgan maqolalar, monografiyalar, darslik va qo‘llanmalarda ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar turli tomondan o‘rganilgandir. Ko‘chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi.

Ko‘chirma gap bir so‘zdan, bir gap yoki bir necha gapdan ba’zan butun bir abzasdan iborat bo‘lishi mumkin, bir tarkibli va ikki tarkibli bir va undan ortiq gaplardan tashkil topishi mumkin. Muallif gapi esa ko‘pincha ikki tarkibli birgina sodda gapdan tashkil topadi; qo‘shma gap shaklida yoki bir tarkibli sodda gap shaklida deyarli qo‘llanmaydi. Misollar: “–Siz charchabsiz, dam oling yoki davolaning”, – dedi muallima so‘nggi so‘ziga urg‘u berib. (T.M) “–Nima qilib qo‘yding, boss?”- dedi u Asrorni yelkasiga turtib. “–Qilig‘ingni boshqa o‘qituvchiga qilmaysanmi? Bu geografiya , bu yil oxirgi marta kiradi”. (T.M) Ustod Qavom naridan-beri yuziga fotiha tortib o‘rnidan turdi: “–Bundoq ig‘vo gaplrga amirzoda burnini qoqadi!” (M.)

Ko‘chirma gapning kesimi fe’l, ot yoki boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalansa ham, muallif gapining kesimi hamma vaqt sof fe’l bilan ifodalanadi.

Muallif gapining kesimi ko‘pincha quyidagi fe’llar bilan ifodalanadi:



  1. Gapirish, so‘zlash ma’nosi bildiruvchi dedi, aytdi, gapirdi, so‘zladi, murojaat qildi singari fe’llar bilan: “–Siz bilan bir masalada gaplashib olmoqchi edim”,- dedi mayor (I.A) O‘tirmadi-yu, tik turganicha gapirdi: “Men… tushundim… Meni ko‘rmaslikka haqqingiz bor… Chunki shunchalar sharmanda bo‘lishingizga mengina sababchiman…” (T.M) Soli Murodov bu qarashga ko‘p ham e’tibor bermay bosh irg‘ab alomlashdi-da, so‘ng boshlig‘iga rasmiy ohangda nurojaat qildi: “Chaqirtirgan ekansiz?”

  2. So‘zlash ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli holatni ko‘rsatuvchi qichqirdi, pichirladi, buyurdi, undadi, ogohlantirdi, telefon qildi singari fe’llar bilan: “Bilmayman”,– pichirladi Jamshid ko‘rpa tagidan. (O‘. U) “Shu yerda o‘tira turing, o‘zim chaqiraman”,– deb ogohlantirdi.(T.M)

  3. Oldingi fikr bilan bog‘liqlikni ifodalovchi javob berdi, gapini bo‘ldi, davom ettirdi va h.k. Ergash bu ma’noni anglamaganday ta’zim bilan javob berdi: “Yuzta to‘y bo‘lsa ham akaxonimizning bir og‘iz gaplari. Nazarlariga tushib qolganimizning o‘zi baxt!”. (T.M). Akula boshqa urmadi, onasini eslab so‘kingach, gapini davom ettiridi: “Lekin bilib qo‘y: agar iz biz tomonga burilsa, butunlay quriysan!” (T.M). “Bo‘pti!” – rais buva uning gapini kesdi. (O‘.H)

  4. So‘roq mazmunini ifodalovchi fe’llar bilan: Bir gapni hadeb takrorlayvergach Said Ahmad akaning g‘ashi keldi, so‘radi: “Nechchiga chiqdingiz, taqsir?” (O‘.H)

  5. Muallifning turli ichki kechinmalarini, his-tuyg‘ularini hayajonlarini hamda mimikalarini ifodalovchi fe’llar bilan: Nasimjon o‘tirdi, yozuv chizuvga uringan ko‘rinib boshini ko‘tarmasdan ming‘irladi: “Xotirjam bo‘linglar bir iloj qilib ko‘ndiraman”. (O.) “Keting!”– xirilladi uning ovozi (T.M)

Ko‘chirma gapning bir qancha grammatik xususiyatlari mavjud:

  1. Buyruq ma’nosidagi ko‘chirma gapda ko‘pincha undalma ishtirok etadi va undalmali gapning fe’l kesimi buyruq mayli formasida keladi:4 “Professor, basharangda rang qolmabdi. Bunchalik qo‘rqma”,– Qamariddin shunday deb uning yelkasiga mushtladi. (T.M)

Ba’zan ko‘chirma gap undalmaning o‘zidangina tuziladi: “Oshnalar!”–dedi Abuali.(M) “Taqsir”,–dedi tiz cho‘kib o‘tirgan yerida qo‘l qovushtirib( M. I)

Gapning mazmuniga qarab ko‘chirma gapning intonatsiyasi turlicha bo‘ladi: “Taqsir, sovrinlarni keyingi aravaga yuklagan ekansiz-da? Choponim eski,– dedi,-bo‘lmasa kiygizib yuborardim!”

Ko‘chirma gapning ohangi birmuncha mustaqil bo‘ladi. O‘rniga qarab ham turlicha bo‘ladi. Agar u muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapidan kuchliroq ohang bilan aytiladi, muallif gapidan oldin qisqa pauza bo‘ladi. “Qamariddin degan azamatimiz shu”, – dedi direktor (T.M) Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelsa to‘liqroq pauza va balandroq ohang bilan talaffuz qilinadi: Fosih afandi dedi:“Ha, darvoqe, shundoq”.

Agar muallif gapi ko‘chirma gap o‘rtasida kelsa, u gap o‘rtasida kelgan kirish so‘z va gaplarda past ohang bo‘ladi: “Ishonmadingmi?”­– dedi, – dadangni sal-pal bo‘lsayam bilaman-da!”

Ko‘chirma gap bayon qilingan fikrnigina birdiravermay, balki hali ifoda etilmagan, faqat o‘ylangan taxmin qilingan fikrni ham bayon qilishi ham mumkin. Bunday gaplarda muallif gapining kesimi bo‘ladi, dedi ichida, dedi o‘ziga-o‘zi shaklida ifodalanadi.

Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko‘chirma gaplar fikrini tinglovchiga qaratilganligini ko‘rsatsa, bayon qilinmagan fikrni ifodalovchi ko‘chirma gap fikrni ko‘chirma gapdagi so‘zlovchining o‘ziga qaratilganini ko‘rsatadi: “Bola tarbiyasi haqida radio tinmaydi, televizor tinmaydi, matbuot tinmaydi. Tarbiya esa yaxshilanish o‘rniga…”– deb o‘yladi u. (T.M) Arslonqul cho‘chib to‘xtadi: “Navoiy!” – dedi u o‘ziga o‘zi. (O.) “…ozgina mashaqqat cheksalar edi, o‘z tillarida qancha sof, asl so‘z gavharlarini topgan bo‘lur edilar”,– o‘yladi ichida Navoiy. (O.)

Ba’zan ko‘chirma gap aytilmagan, o‘ylanmagan, faqat yozilgan fikrni ifodalaydi: Oyqiz ayvondagi stolga qog‘oz qalam chiqazib, Olimjonga xat yozdi:” Qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish to‘g‘risida Smirnov doklad qildi. Uming samimiy so‘zlari hammaning yuragiga va ongiga yetib borar edi. Shuning uchun bu so‘zlar byuro a’zolarini darrov qiziqtirdi” (Sh.R)


Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish