1v
1-savol.Ko‘chirma gapli qurilmalarda o‘zganing gapi hech o‘zgarishsiz aynan beriladi. Masalan, “Yashang, oshpaz!”-kinoya bilan qichqirdi О‘ktam» (O.) gapida “Yashang, oshpaz!” gapi o‘zganing gapi hisoblanadi. Ko‘chirma gapning kesimi fe’l, ot va boshqa turkumdagi so‘zlardan, muallif gapining kesimi esa hamma vaqt fe’llar bilan ifodalanadi. Ko‘chirma gapda ilgari bayon qilingan o‘zganing gapi bilan birga hali ifoda etilmagan, o‘ylangan fikr ham ifodalanishi mumkin. Bunday hollarda muallif gapining kesimi o‘yladi, dedi ichida, dedi o‘ziga- o‘zi fe’l shakllaridan tashkil topadi.
Ko‘chirma gap va muallif gapi o‘zaro birikib, murakkab sintaktik qurilmani hosil qiladi. Bunday qurilmada ko‘chirma gap va muallif gapining joylashuv tartibi muhim o‘rin tutadi.
Ma’lumotlarga qaraganda til taraqqiyotining turli davrlarida ko‘chirma gap va muallif gapining o‘rinlashuv tartibi farqli bo‘lgan. Tilshunos M.Haydarovning ko‘rsatishicha, eski o‘zbek tilida ko‘chirma gap va muallif gapining joylashish tartibi chegaralangan bo‘lib, keyinchalik adabiy tilning rivoji tufayli muallif gapining vazifasi kengayib, ko‘chirma gapni baholash xususiyati kuchayib borgan. Natijada muallif gapi bilan ko‘chirma gapning joylashuv tartibida ham o‘zgarish yuz bergan.87
Hozirgi o‘zbek tilshunosligida ko‘chirma gap va muallif gapining, asosan, quyidagi tartibda o‘rinlashuvi qayd etiladi:
1. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin keladi:
2. Ko‘chirma gap muallif gapidan keyingi o‘rinda joylashadi: . Ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida joylashadi. M.g: “K.g.”,- m.g.
4. Muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida keladi. “K.g, -m.g, -k.g.”
M.Asqarova muallif gapi va ko‘chirma gapning aralash holda kema-ket qo‘llanishini ham ko‘rsatadi. Ya’ni: ko‘chirma gap + muallif gapi+ ko‘chirma gap+ muallif gapi.
Nutqda o‘zganing gapi o‘zlashtirma gap shaklida bayon etilishi ham mumkin. О‘zlashtirma gap faqat sintaktik tuzilishi o‘zartirilgan, ammo semantik jihatdan o‘z qiymatini yo‘qotmagan o‘zganing gapi hisoblanadi.
О‘zlashtirma gap ko‘chirma gap asosida hosil qilinsa-da, sintaktik tuzilishi, ohangi jihatdan undan farq qiladi. Xususan, ko‘chirma gapda keng qo‘llaniladigan demoq fe’lining rang-barang ko‘rinishlari o‘zlashtirma gaplarda qo‘llanmaydi. Uning o‘rnida, asosan, aytmoq, gapirmoq fe’llari ishlatiladi. Ko‘chirma gap tarkibida nechta gap qo‘llanmasin, o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodda gap shakliga keltiriladi. О‘zlashtirma gapda muallif gapining bosh bo‘laklari saqlanadi, ko‘chirma gap esa birikmali to‘ldiruvchiga aylantiriladi. Qiyoslang: “Uyni tozaladim”,- dedi qiz. Qiz uyni tozalaganini aytdi.
Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning nafaqat sintaktik tuzilishi, balki uslubiy xususiyati ham o‘zgaradi. О‘zlashtirma gapda ko‘chirma gapda qo‘llangan kirishlar, undov so‘zlar tushirib qoldiriladi. Undalma esa jo‘nalish, chiqish kelishidagi vositali to‘ldiruvchiga aylanadi. M.Asqarovaning qayd etishicha, undov gap, atov gap hamda ritorik so‘roq gaplarni o‘zlashtirma gapga deyarli aylantirib bo‘lmaydi.89
Ko‘chirma gapli qurilmalar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma gapning (o‘zga gapining) zamoni o‘zgarmaydi..
Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning faqat kesim shakli emas, balki boshqa bo‘laklari (ega, qaratqich aniqlovchi) ham sintaktik jihatdan o‘zgarishga uchraydi..
Ko‘chirma gapning kesimi ot-kesim shaklida bo‘lganda, o‘zlashtirma gapda bu ot-kesimdan so‘ng ekanligini (emasligini) so‘zlari yoki –ligini morfologik ko‘rsatkichi qo‘shiladi.
Ko‘chirma gap so‘roq gap shaklida bo‘lib, u o‘zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagi holat kuzatiladi: 1. So‘roq yuklamali ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning kesimi bo‘lishli-bo‘lishsiz shaklda takrorlangan to‘ldiruvchi vazifasidagi sifatdosh holatiga keltiriladi. 2. So‘roq olmoshli ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning kesimi –ganligi //-ganini morfologik ko‘rsatkichlarini yoki ekanligini so‘zini qabul qilib, to‘ldiruvchiga aylanadi. 3. Kesimi bor yoki yo‘q so‘zlari bilan ifodalangan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, bor, yo‘q so‘zlari juftlashgan holda to‘ldiruvchi vaziyatiga o‘tadi.
Buyruq shaklidagi ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda buyruq maylidagi fe’l-kesim harakat nomi+ egalik affiksi+ kerak // lozim//zarurligini shaklidagi to‘ldiruvchiga aylantiriladi.
Xullas, o‘zga gapli qurilmalar semantik-sintaktik tuzilishi, ohangi jihatidan murakkab qurilishdagi tuzilmalar hisoblanadi. О‘zga gapli qurilmalar tarkibiy tuzilishi jihatidan o‘z (o‘ziniki) va o‘zga gaplardan tashkil topadi.
An’anaviy grammatikada o‘zga gapli qurilmalarning, asosan, 3 turi qayd etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |