Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda shakl va mazmun
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar ham, qo‘shma gaplarning o‘ziga xos turi sifatida shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra bir qator xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning sintaktik qurilishi boshqa qo‘shma gaplar bilan qiyoslansa, ularni ko‘proq ergash gapli qo‘shma gaplarga yaqin turishini ko‘rish mumkin. Ammo tadqiqotlar ko‘chirma va muallif gapi o‘rtasida ochiq ifodalangan “bog‘lovchilar ishtirok etmagani uchun ularni bog‘lovchisiz qo‘shma gapning bir turi deb hisoblash mumkin”ligini ta’kidlaydilar.9 Lekin qanday baholanishidan qat’iy nazar ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda ham bosh va ergash gaplarning mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi.
Tabiiyki, muallif gapi qo‘shma gap tarkibida hokim vaziyatda bo‘ladi, shu ma’noda u bosh gapdir. Ko‘chirma gaplarning asos, tamal turida muallif gapi yaxlit gapning “sinchi” sifatida ko‘chirma gapni o‘z ichiga oladi. Masalan, Keyin past tovush bilan: “Qudrat taqachi”, – dedi. Bunda keyin past tovush bilan dedi muallif gapi bo‘lib, yaxlit gapning asosiy “sinchi”dir, sintaktik asosidir. Hol va kesimdan iborar bu gap alohida olinganda, sodda gap, ammo to‘liqsiz sodda gap. Chunki demoq fe’lining kuchli mazmuniy valentligi “nimani demoq” ochiq qolgan. Ana shu xususiyatga ko‘ra ko‘chirma gap muallif gapi bilan benihoya zich bog‘langan. Boshqacha aytganda, dedi fe’lining kuchli mazmuniy valentlik doimiy ravishda bo‘lgani kabi ko‘chirma gapdan iborat birlik bilan berkitilgan. Har qanday gapning muayyan sintaktik o‘rinlar tizimidan iborat ekanligini esga olsak mazkur gapda hol va kesim hamda alohida gap (ko‘chirm gap) bilan ifodalangan to‘ldiruvchi mavjudligini mantiqiy jihatdan tasavvur etish mumkin. Lekin to‘diruvchi o‘rnini egallagan birlik nokommunikativ emas balki, kommunikativ demakki, predikativ birlik ekanligidan kelib chiqib yaxlit ishi qo‘shma gap deb baholash, demakki, tabiiy bo‘ladi. Bu mulohazalardan ko‘rinadiki, muallif gapi bosh gap, ko‘chirm gap ergash gap maqomidadir. Albatta, bog‘lovchi bo‘lmasada, mazmuniy-mantiqiy tobe-hokimlik mavjud, shaklan tilshunoslikka an’anaga ko‘ra bunday gaplarni “boglovchisiz qo‘shma gaplar ” degan bilan hech narsa o‘zgarmaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko‘chirma gap bilan muallif gapining o‘zaro bog‘lanishi o‘ziga xosdir. Bunday hollarda bog‘lovchi vositaning yo‘qligi ko‘p gapiriladi. Aslida, o‘zi bog‘liq bo‘lgan narsani yana bog‘lash uchun vosita izlash befoyda ish. Aytib o‘tilganiday, ko‘chirm gap tizimi demoq (va boshqa nutq fe’llari) fe’lining kuchli mazmuniy valentligi talab etiladigan va demak, shu fe’lga tobe bo‘lgan birlikdir. Shunday ekan, demoq fe’li va ko‘chirma gap mazmuniyatining ta’kidlangan o‘ziga xosligi bunday ergashgan qo‘shma gaplarning o‘ziga xosligini tayin etadi.
Ko‘chirm gapli qo‘shma gaplarning, asosan, ikki turini farqlash mumkin:
Muallif gapida havola bo‘lagi yo‘q
Muallif gapida havola bo‘lagi bor.
Ko‘chirma gap demoq fe’lidan oldin kelsa, havola bo‘lak ehtiyoji bo‘lmaydi va bunday gaplarning ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning havola bo‘laksiz turiga kiritish mumkin. Bu tur uch ko‘rinishga ega:
1. Ahmad: “O‘rtog‘im imtihon topshirdi”,– dedi.
2.“O‘rtog‘im imtihon topshirdi”, – dedi Ahmad.
3. “O‘rtog‘im,- dedi Ahmad, – imtihon topshirdi”.
Oxirgi gapda ko‘chirma gapning bir qismigina dedi fe’lidan oldin kelgan, xolos. Ammo bu hol mazkur talqin va tasnifni o‘zgar tirmaydi, chunki dedi fe’li o‘z mazmuniyatiga ko‘ra ko‘chirma gapning qismi bo‘lgan bo‘lsada, bog‘langan, mazkur ko‘chirma gap esa bir butundir.
Ko‘chirma gap demoq fe’lidan keyin kelsa, havola bo‘lakka ehtiyoj sezilmaydi va bunday gaplar ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning havola bo‘lakli turiga kiradi. Bu tur, asosan, bir ko‘rinishga ega: Mg:”Kg”.
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning ko‘rsatilgan har ikki turida ham ularning shakliga muvofiq tarzda, asosan, ikki yoki undan ortiq mazmun munosabati – propozitsiya ifodalanadi. Faqat bunday qo‘shma gapning birinchi turida bu propozitsiyalar biri ikkinchisining ichiga kirgan holda, ikkinchi turida yonma-yon holda joylashgan bo‘ladi. Muallif gapining kesimi vazidasida demoq fe’lidan tashqari nutq va boshqa turli semantikaga ega fe’llar ham keng qo‘llanadi.10 Unday holatda ham gapning shakl va mazmun jihatidan xususiyati yuqoridagicha bo‘laveradi.
“Bu xomhayol”, – deya “karomat qilgan edi”Qodirov kabi gaplarda ko‘chirma gaplik xususiyatining biroz kuchsizlanganligi o‘rinli qayd etiladi. Mazkur gapda ko‘chirma gaplik xususiyatining kuchsizlanishi bilan yaxlit gap sodda gapga aylangan va mazmun munosabatlari – propozitsiyalar, aynan, saqlangani uchun shakl va mazmun nomuvofiqligi yuzaga kelgan.
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardagi bosh (muallif gapi) va ergash (ko‘chirma gap) gaplarning o‘zaro munosabati o‘ziga xosdir. Bu tur qo‘shma gaplarning shakl va mazmun munosabatlarini yanada chuqur o‘rganish matn sintaksisni uchun ham ahamiyatlidir.
XULOSA
O‘zbek adabiy tilida ko‘chirma gap kommunikativ vazifa bajarib,
aloqa-aralashuvga xizmat qilgani uchun keng qo‘llanadi. Ba’zan so‘zlovchi o‘z fikridan tashqari o‘zgalarning fikrini ham nutqida keltirib o‘tishi mumkin, bunda aynan ko‘chirma gapdan foydalaniladi. Ko‘chirma gap shaklan bir so‘z, gap yoki abzasdan iborat bo‘lib, nutqning ta’sirchanligida ahamiyati katta. U o‘zganing gapini u tomonidan aytilayotgandek holda tinglovchiga yetkazadi.
Ko‘chirma gapni ham mazmunan qo‘shma gaplarning bir turiga kiritish mumkin. Ma’lumki, ko‘chirma gap ikki qismdan: muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topadi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib quyidagilardir:
Ko‘chirma gapda mazmun so‘zlovchining kim ekanligini ko‘rsatishga qaratiladi.
Qanday shakldaligidan qat’iy nazar muallif gapi bilan keladi.
Ko‘chirma gap bulan muallif gapini bir biridan ajratib tahlil qilib bo‘lmaydi. Doimo bir-birini taqozo qilib turaveradi.
Gapning mazmuniga turli ottenkalar qo‘shish xususiyatiga ega.
Badiiy va so‘zlashuv nutqida ko‘proq foydalaniladi. Ayniqsa, ta’sirchanlikni oshirishda badiiy uslubga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |