67
fikrlash quroli sifatida shakllantirish maqsadidan kelib chiqadi. U til o‗qitish
jarayonining amaliy yo‗naltirilganligini ta‘minlashi lozim. Bu tamoyil til materialini
qo‗llash jarayonida undan (bevosita va bilvosita, o‗qish va yozish tarzida) muloqot
qilish, atrof dunyo to‗g‗risida bilim orttirish maqsadida foydalanish jarayonida
o‗zlashtiriladi.Kommunikatsiya tamoyili maxsus maktabda o‗qitishning dastlabki
paytida maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar nutqining bolaning
deyarli mutlaqo nutqi bo‗lmagan hollarda ayniqsa izchil ifodalanadi. Nutqi nisbatan
shakllangan
maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq
rivojlanmagan bolalarda
kommunikatsiya tamoyili nutqni tuzatish, rivojlantirish va takomillashtirish talabi
bilan qo‗shilib namoyon bo‗ladi. Tilni amaliy o‗zlashtirib, undan keyingina uni fan
sifatida o‗rganishga kirishish mumkin. Biroq keyinchalik ham nutq rivojidagi
kamchiliklarning o‗rnini to‗ldiradigan katta ishlarni amalga oshirish kerak
bo‗ladi.Nutqning rivojlanmaganligi semantik (ma‘noviy) tusdaligi hisobga olinib, til
o‗qitishdagi kommunikativ yo‗naltirilganlik tamoyili maktabgacha yoshdagi nutqi
to‗liq rivojlanmagan bolalarning ongini atrof dunyo to‗g‗risidagi
tasavvur va
tushunchalar bilan boyitib boradi, ularning nutqini fikrlashining mazmuniy tomonini
rivojlantirish bilan uzviy ravishda bog‗lagan holda o‗stiradi. Nutqiy faoliyat
maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar o‗zlashtirishi uchun
murakkab faoliyat bo‗lib, bu faoliyat o‗quv rejasidagi barcha mashg‗ulotlarda
shakllantirilishi kerak. Bolalar faoliyatining barcha turlari ularning nutqini o‗stirishga
xizmat qilishi darkor. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar
nutqining grammatik tomonini shakllantirish jarayonida o‗yinlarni qo‗llash bilan
belgilanadi. Zero, hozirgi kunda o‗yinlar o‗quv jarayonining asosiy komponentiga
aylanib bormoqda. Ta‘lim jarayonida o‗yinlardan foydalanish mashg‗ulotlarni
rag‗batlantirish, qiziqarli tashkil etish bilan birga maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq
rivojlanmagan bolalar fikrlashi doirasini, tafakkurini kengaytiradi, o‗quv materialini
chuqur o‗zlashtirish imkonini yaratadi. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq
rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik tomonini shakllantirish jarayonida
o‗yinlarni qo‗llash, mashg‗ulotlarni qiziqarli tashkil
etish bilan birga bolalarni
fikrlashi doirasini, tafakkurini kengaytiradi, o‗quv materialini chuqur o‗zlashtirish
imkonini yaratadi. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar shaxsiy
sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni amalga oshirishda
o‗yinlarning ahamiyati katta. Ma‘lumki, rolli o‗yinlar ob‘ektiv olamdagi inson amaliy
faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta‘lim samaradorligini
oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‗yinlar maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq
rivojlanmagan bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O‗yin maktabgacha
yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalarning tabiiy va sevimli faoliyatidir.
Shuning uchun ta‘lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‗llash ko‗nikmalarini hosil
qilishda mashg‗ulotlarni maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan
bolalarning yosh hususiyatlariga muvofiq o‗yin tariqasida uyushtirishga e‘tibor
berilmokda. Haqiqatan ham, bola har kanday mashg‗ulotga qaraganda, o‗yinga tez
intiladi va qiziqadi. O‗yin xar doim shaxsning ma‘lum bir faoliyati bo‗lgan
qiziqishni orttiradi.O‗yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ
muloqot madaniyatini egallshga yordam beradi. Shaxsning o‗z iqtidori,
qiziqishi
bilimini va o‗zligini namoyon etishga imkon yaratadi Xayotda va o‗yin jarayonida
68
yuz beradigan turli qiyinchiliklarni еngishga mo‗ljalni to‗g‗ri olish ko‗nikmalari
tarkib topadi.O‗yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq - atvorni egallash,
kamchiliklarga barxam berish imkoniyati yaratiladi. Sxaxs strukturasiga tegishli
o‗zgartirishlar kiritiladi, ya‘ni ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin
tayyorlaydi.Insomiyat uchun axamiyatli bo‗lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa ijtimoiy,
ma‘naviy – madaniy qadriyatlarni o‗rganishga e‘tibor qaratiladi O‗yin
ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‗zda tutiladi. O‗yin
faoliyati o‗zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: O‗yin ishtirokchilari
rollarni, vazifalarni tanlash natijasida erkin
rivojlantiruvchi faoliyat, ya‘ni
o‗quvchilarning o‗z faoliyatini taxlil qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan
xollarda o‗z faoliyatidan ko‗ngli to‗lishi, o‗z bilim va kuchiga ishonch vujudga
keladi.Ijtimoiy muxit tarkib topadi. O‗yin ishtirokchilari muammolarni xal etishda
tegishli ijtimoiy va musaqil faoliyatga ega bo‗ladilar. O‗yin davomida musobaqa,
raqobat, xamkorlik, o‗zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda xis-xayajonli vaziyat
paydo bo‗ladi. Xis – xayajonga yog‗rilgan bilim, ko‗nikmalar inson xotirasida bir
umr muxirlanib qoladi. O‗yin davomida belgilangan qonun – qoidalarga amal qiladi.
O‗yin ishtirokchilarida ijtimoiy normalarga mos ongli
intizom vujudga kelishiga
zamin tayyorlaydi. O‗yin mazmuni, boorish, ketma-ketligi, vaqt balansi va
o‗quvchilarning muammolari vaziyatlarni zudlik bilan xal etish, mo‗ljalni to‗g‗ri
olishga o‗rgatadi.Shu sababli, maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan
bolalar nutqining grammatik tomonini o‗yinlar asosida shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: