Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

Mavzu: “Meva va sabzavotlar”. 
Tarbiyachi – logoped; ―Men sizlarga meva sabzavotlarning nomini aytaman, 
sizlar esa ularning qandayligini (shirinligi, nordon-achchiqligi, mazaliligi) aytasizlar‖ 
Bolalar:
Olma - ......
- shirin, nordon
Nok - ......
- shirin
Olcha - ......
- nordon 
Piyoz - .......
- achchiq
Pamidor - ....... 
- mazali
Sabzi - ........
- shirin
Sarimsoq - ........ 
- achchiq
Anor - .......
- nordon 
« Ajoyib xaltacha » o‟yini
O‟yinning qisqacha mazmuni. Tarbiyachi bolalarga a tovushi bor bo‘lgan 
narsalar va rasmlar solingan chiroyli xaltachani ko‘rsatadi. Birinchi bo‘lib, 
xaltachaning ichidan biror narsani olib ko‘rsatadi va nomini aytadi. Narsaning nomini 
aytganda a tovushini boshqa tovushlarga nisbatan, ajratib cho‘zibroq talaffuz etadi. 
So‘ngra bolalar ham navbatma-navbat xaltachaning ichidagi narsa yoki rasmlardan 
birini olib, uning nomini aytadilar. Bunda a tovushini boshqa tovushlarga nisbatan 
cho‘zibroq talaffuz qiladilar. 
«Mushuk va sichqonlar» o‟yini 
O‟yinning qisqacha mazmuni. Bolalar doira bo‘lib yuradilar, o‘rtada mushuk 
rolidagi bola o‘tiradi. Bolalar yura turib quyidagi she‘rni past ovozda aytadilar: 
―Sekin sichqonlar, sekin sichqonlar. 
Tom boshida mushuk bor. 
Sichqon, sichqon, ehtiyot bo‘l! 
Mushuk seni tutmasin!‖ 
Mushukni tasvirlovchi bola she‘r matni tugashi bilan baland ovozda miyovlaydi 
va bolalar ketidan quvadi. Ushlangan bola mushuk bo‘ladi. Bunda bolalar ovozi juda 
baland ham, past ham bo‘lmasligi zarur. 
AQLI ZAIF BOLALAR MULOQOTINING O„ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
Z.M. Axmedova TDPU dotsenti, p.f.n.,
Z.F. Tadjieva 293-sonli MTM psixologi  
Maxsus psixologiyada nutq tafakkur quroli va muloqot vositasi sifatida 
o‗rganiladi. Ontogenez va filogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida 
namoyon bo‗lsa, keyinchalik muloqot qurol xususiyatlarini egallab, shu orqali inson 
o‗ylaydi va o‗z fikrlarini ifoda etadi. 3 – 4 yoshli normal bola еtarli lug‘at boyligiga 
ega bo‗lib, uning faol nutqi deyarli to‗g‘ri grammatik shaklni tashkil etadi, fonetik 
xatoliklar u darajada ko‗p bo‗lmaydi. Aqli zaif bolada esa, so‗zlarni talaffuz qilish 
birmuncha kechikadi. L.V. Zankov va M.S. Pevznerning ta‘kidlashlaricha, aqli zaif 
bolalar nutqi 1- 1,5 yoshda emas balki, 3 yoshlardagina rivojlana boshlaydi. Chet el 


63 
olimlaridan Shols–Erzam, Kassel, Shlezinger, Zeemanlarning fikricha, 40% dan ortiq 
aqli zaif bolalarda nutq kechikib shakllanar ekan
16
. G.A. Kashening ko‗rsatishicha, 1–
sinf yordamchi maktab o‗quvchilarining 65% , 2 –sinf o‗quvchilarining 60% ida u 
yoki bu nutq kamchiliklari bo‗lar ekan. Chuqur aqli zaiflarda esa, bu ko‗rsatkich 80% 
gacha еtar ekan. Bunday nuqson chuqur aqli zaiflikka olib keladigan daun kasalida 
95% gacha еtar ekan
17
. Aqli zaif bolalarda nutqning ifodaliligi bilan birga, uning
tezligi ham buzilar ekan. 5 – sinf aqli zaif bolalarning o‗qish tezligi o‗zlarining
normal tengdoshlaridan ikki marta past ekan. Bunday nuqsonlarning asosiy sababi, 
bosh miya po‗stloqlaridagi asab ta‘sirlanishlarining zaifligidir. Yangi 
differensiatsiyalashgan bog‘lanishlarning sekin yuzaga kelishidir. Yuqoridagi 
nuqsonlarda aqli zaif bola asab jarayonlarining umumiy dinamikasining buzilishlari 
ham ma‘lum rol o‗ynaydi. Aqli zaif bolalardagi nutqning yaxshi rivojlanmasligi
asosida eshitish a‘zolarida ham ayrim kamchiliklar yuz berishi mumkin. Bu
nuqson oqibatida bola uzoq muddat atrofdagilar yaxshi eshitmasligi natijasida, 
bir – birlaridan ajrata olmaydi. Umuman, bola kar emas, ammo unga nisbatan
aytilgan gaplarni noaniq ifoda etadi. Bu bolalar juda kam so‗zlarnigina bir – 
biridan ajrata oladilar. Aqli zaif bolalarning nutqni idrok etishlari birmuncha
sekin amalga oshadi. Aqli zaif bolalarning nutqidagi barcha kamchiliklarning
asosiy sababi mana shudir. Aqli zaif bolalar nutqining kechikib rivojlanishi
noto‗g‘ri idrok qilishining asorati ekan. Aqli zaif bolalar tanish tovushlarni
yomon farqlaydilar, ayniqsa , undosh tovushlarni bir-birlaridan qiyin farqlaydilar. 
Fonematik eshitishning yomon rivojlanganligi oqibatida qator tovushlar
almashtirilib eshitiladi va shu asosda almashtirilib yoziladi. Hatto bolaga
tovushlar tartibi ham noaniq tuyuladi. Talaffuz qilinayotgan so‗zlar oxirlari
yaxshi tahlil qilinmasligi asosida ham, grammatik xatoliklar kelib chiqar ekan. 
Aqli zaif bola fonematik eshitishidagi kamchiliklar, nutq a‘zolaridagi, 
artikulyatsiyadagi kamchiliklar asosida yanada og‘irlashadi. Analizatorlarning
to‗la, mukammal rivojlanmasligi asosida nutqning qator kamchiliklari yuzaga
keladi . Aqli zaif bolalarda birinchi , alohida so‗zlari 2 -3 yoshlarda , qisqa,
kambag‘al grammatik gaplari 5 – 6 yoshlarda yuzaga kelar ekan.
Oligofrenopedagogikadan ma‘lumki, aqli zaif bolalar yordamchi maktabklarga
nutq jihatdan juda yomon tayyorgarlik bilan keladilar
18
. Bolalar ulg‘aygan sari
narsa nomlarining ahamiyati ham o‗sib aniqlanib boriladi. Yordamchi maktab
1–sinf o‗quvchilari nutqidagi grammatik tuzilishlar takomillashmagan bo‗ladi. 
Ularning jumlalari bir so‗zdan, sodda so‗zlardan iborat bo‗ladi. O‗z fikrlarini
bayon qilishda juda qiynaladilar. Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar nutqi 3–4
yoshli normal bolalar nutqini eslatadi. Bu bolalar o‗z fikrlarini o‗ylab
16
Петрова Г., Белякова И Психология умственно отсталых школьников. -М.: Владос. 2004.-
89 с. 
17
Mo‗minova L, Amirsaidova Sh. Xamidova M, Z.Djalolova, Abidova N. Maxsus psixologiya. -
Т.:―O‗zbekiston faylasuflar jamiyati‖ nashriyoti, 2013-67.b. 


64 
tugatmasdan, yoza boshlaydilar. Shuning natijasida, gapning boshlanishi bilan
tugashi orasida bog‘liqlik bo‗lmaydi. Yordamchi maktab o‗qituvchilari aqli zaif
bolalarga yozish, o‗qish malakalarini o‗rgatishda ko‗p qiyinchiliklarga duch
keladilar. Aqli zaif bolalardagi fonematik eshitishning yomonligi, turli talaffuz
kamchiliklari bolalarning yozish va o‗qish faoliyatlariga ta‘sir qilmay qolmaydi. 
Aqli zaif bolalardagi ko‗rish a‘zolari nuqsonlari ham o‗z salbiy ta‘sirini
o‗tkazmay qolmaydi. Aqli zaif bolalar shaklan o‗xshash harflarni bir–birlari
bilan almashtirib yozadilar. Aqli zaif bolalar orasida ma‘lum analizatorlari
ko‗proq buzilgan bolalar ham uchrab turadi. Bunday mazmundagi kamchiliklarni
individual – korreksion ishlar bilan bartaraf etib boriladi. Aqli zaif bolalar
nutqidagi qator kamchiliklar o‗z navbatida qator ruhiy jarayonlarga o‗zining
salbiy ta‘sirini o‗tkazadi. Bunday salbiy ta‘sir birinchi navbatda tafakkur
jarayonlariga tegishlidir. Umuman, nutqning yaxshi rivojlanmaganligi o‗z
navbatida tafakkurning rivojlanishiga salbiy ta‘sir etadi. Bu jarayon aksincha
ham bo‗lishi mumkin. Tafakkurning umumlashtirish jarayonlarining yomonligi, 
chegaralanganligi nutqning yaxshi shakllanishiga to‗sqinlik qiladi. Bu
kamchiliklar bir–birlarini to‗ldiradilar. Aqli zaiflikni keltirib chiqargan
gidrosefaliyada ba‘zan nutq yaxshi rivojlangandek tuyulsa-da, aslida unday
emas. Bunday bolalar nutqida juda murakkab jumlalar, so‗zlar bo‗ladi. Ular
nutqining grammatik tuzilishi ham juda mukammalligi bilan ajralib turadi. U 
bolalarning fikr yuritishlari nasihatgo‗ydek bo‗lib tuyuladi. Nutqlarining
mohiyatiga o‗zlari yahshi tushunib еtmaydilar. Bu bolalar nutqi yaxshi
rivojlangan bo‗lsa ham, aqli zaif bolalarning fikr yuritish quroli bo‗la olmaydi. 
Aqli zaiflikdagi bunday o‗ziga xos nutq juda kam uchraydi. Shizofreniya
kasaliga uchragan aqli zaif bolalarning nutqi ham yuqoridagi holatga o‗xshab
ketadi. Bu bolalarda nutq malakalari, tushunish holatlari normal bolalardan ham
tez shakllanishi mumkin.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish