Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO‟LGAN BOLALARNING



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO‟LGAN BOLALARNING 
MONOLOGIK NUTQINI RIVOJLANTIRISH BO„YICHA KORREKSION-
PEDOGOGIK ISH MAZMUNI 
 Z. Axmedova TDPU dotsenti, 
R.A. Zoxidova TDPU talabasi
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning so‗z boyligini oshirish bolalarning 
so‗z boyligini oshirishda faoliyat va muloqot zarur shartlardan hisoblanadi. 
Maktabgacha yoshda muloqotning rivojlanishi faoliyatning shakllanishi bilan o‗zaro 
bog‗liqdir (mehnat, o‗yin, tasviriy faoliyat). Masalan, defektolog bolalarga stol
ustidagi sabzavot va mevalar ichidan ovqat uchun zarurlarini tanlashni so‗raydi. 
Mahsulotlarni tanlashda izohdan foydalanilsa, mustahkam uquvlar tarkib topadi. 
Bolalarning so‗z boyligini mustahkamlash uchun "Kiyim-kechaklar", "Oyoq 
kiyimlari" mavzusi "Qo‗g‗irchoqni sayrga olib chiqamiz" vaziyatidan foydalanildi. 
Bu vaziyatlar orasidagi farq shundan iboratki, birinchi ko‗rinishda bolalar qanday 
sabzavotlardan ovqat tayyorlanishi haqida еtarli bilimga ega emaslar. Asosiy vazifa 
shu mavzu bo‗yicha bolalar so‗z boyligini oshirishdan iboratdir. Ikkinchi ko‗rinishda 
natija emas, balki qo‗g‗irchoqni kiyintirish-o‗yin harakati ustunlik qiladi. Bunday 
vaziyatni tashkil qilish va o‗tkazish jarayonida tegishli so‗z boyligi faollashtirib 
boriladi.Nutqiy faoliyat so‗z boyligini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar orqali 
amalga oshiriladi (masalan, rasmda tasvirlangan narsaning sifatini anglatuvchi 
so‗zlarni topish). Muloqot va turli faoliyat ko‗rinishlarini rivojlantirish defektolog 


69 
rahbarligida rejalashtirilgan va tarbiyachi tashkil qilgan maxsus mashg‗ulotlarda 
davom ettirildi. Bolalar muloqotini turli faoliyat ko‗rinishlarida tashkil qilish kerakki, 
ular yangi so‗zlarni o‗zining faol nutqlarida doimo qo‗llash imkoniyatiga ega 
bo‗lsinlar.Korreksion - pedagogik jarayonda maktabgacha tarbiya yoshidagi 
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‗z-o‗ziga xizmati va maishiy 
xo‗jalikdagi mehnatiga katta o‗rin ajratiladi. Bu aqli zaif bolalarning ijtimoiy 
adaptatsiya va reabilitatsiyasi rejasida muhim amaliy ahamiyatga ega. O‗z-o‗ziga 
xizmat qilishni shakllantirish, ma‘naviyatning barcha sohalarida mustaqillikni 
oshirish, o‗ziga ishonch, emotsiya, iroda sohalarini va shaxsidagi kamchiliklarni 
korreksiyalashning imkonini beradi. So‗z boyligini oshirish uchun maishiy-ijtimoiy 
faoliyatning turli usullaridan foydalanildi. Predmet va harakatlarni nomlash, ularni 
tasvirlab berish, predmetning sharoitini aniqlash, predmetlarni taqqoslash, ularning 
qismlarini aytish, amalga oshirilgan faoliyat mahsullari bo‗yicha hisobot berish va 
boshqalar shular jumlasidandir. So‗z boyligini oshirish uchun tasviriy faoliyat 
lug‗atidan foydalanildi (rasm, loy yoki plastilindan o‗yinchoqlar yasash, applikatsiya, 
ko‗rish-yasash). Buning uchun defektolog, tarbiyachi va bolalar bilan o‗zaro muloqot 
tashkil qilinadi. Faoliyatning natijalari bolalar jamoasi ichida muhokama qilinadi. 
Mavzular ona tili va nutq o‗stirish bo‗yicha ishlar mazmuni bilan bog‗liq bo‗lib, so‗z 
boyligini oshirish uchun muayyan darajada yordam beradi.So‗z boyligini oshirish 
uchun o‗yin katta imkoniyatlarga ega bo‗ldi. U barcha mavzularda lug‗atni 
mustahkamlash va faollashtirish uchun vaziyatlarni yaratishga xizmat qildi. 
Boshlang‗ich bosqichda didaktik o‗yinlardan keng foydalanildi va shular asosida 
syujetli o‗yinlar tashkil qilindi. Birinchi navbatda sodda syujetli va roli kam 
miqdordagi syujetli o‗yinlar uyushtirildi. Masalan: "Mevalar", "Sabzavotlar", 
"Kiyim-kechaklar" mavzularidan so‗ng "Do‗kon" o‗yini tashkil qilindi. Bolalar 
sotuvchi, xaridor, kassir rollarini bajardilar. Keyinchalik murakkab "Mehmon-
mehmon", "Mehmon kuzatish", "Tabib huzurida" kabi syujetli o‗yinlardan 
foydalandik. Muloqotning maromini, uslubini egallash ko‗nikmalarini rivojlantirish 
oilada ham olib borildi. Bolalarning mashg‗ulotlarda olgan bilimlarini uyda 
mustahkamlashi uchun ota-onalarga maxsus vazifalar tavsiya etildi. Bola shaxsidagi 
o‗ziga xos xususiyat va uning shakllanish sharoitini hisobga olib muloqot va 
faoliyatni rivojlantirish bo‗yicha maslahatlar berildi. Ota-onalarga bolalarni uy 
yumushlariga jalb qilish, bajargan faoliyati mohiyatini gapirib berish, tasviriy faoliyat 
ko‗nikmalarini shakllantirishda birgalikda shug‗ullanish, bolalarga kitoblar o‗qib 
berish, o‗qilgan mavzu bo‗yicha suhbatlashish va turli o‗yinlar tashkil qilish taklif 
qilindi. Hamkorlik faoliyati samaradorligi nutq rivojining kafolatidir. Bu ijtimoiy 
pedagogik mexanizm ular tomonidan egallanishi lozim.Bizga ma‘lumki, inson 
rivojlanishining dastlabki bosqichi bevosita o‗yin faoliyati bilan belgilanadi. O‗yin 
faoliyati bolaning dastlabki faoliyati bo‗lishi bilan birga bu faoliyat turi bolaning har 
tomonlama rivojlanishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ko‗pchilik 
psixologlar, pedagoglar bola muloqotining rivojlanishida o‗yinning ahamiyatini 
alohida ta‘kidlab, muloqotni rivojlantirishda hozirgi kun talabiga javob bera oladigan 
maxsuslashtirilgan zamonaviy o‗yin texnologiyalarini yaratish va ulardan amaliyotda 
samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish lozimligini aytib o‗tadilar. O‗yinlarni 
tashkil etishda o‗yinga qo‗yilayotgan zamonaviy talablar, bolalarning o‗ziga xos 


70 
xususiyatlarini inobatga olish darkor. O‗yinlar pedagog bilan o‗quvchilar o‗rtasida 
hamjihatlik va ishonch bo‗lgan sharoitdagina o‗zining korreksion - tarbiyaviy 
samarasini ko‗rsatadi. Yuqorida bayon etilgan o‗yin texnologiyalarining asosiy 
psixokorreksion maqsadi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilar muloqotini 
shakllantirish, hissiy - iroda sohasini kengaytirish hamda shaxslararo munosabat 
ko‗nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish