Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


MOTOR ALALIK BOLALAR MAYDA QО„L MOTORIKASINI



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

MOTOR ALALIK BOLALAR MAYDA QО„L MOTORIKASINI 
XARAKATCHANLIGINI RIVOJLANTIRISH  


74 
M.Yu. Ayupova TDPU professori,p.f.n., 
X. Mirxamidova  TDPU magistranti
 
Alalik bolalarning kamchiliklarini mayda qо‗l motorikasini harakatlantiruvchi 
о‗yinlar va umumiy motorikani rivojlantiruvchi logoritmik mashg‗ulotlar asosida 
bartaraf etish samarali kechadi. Chunki о‗yin bolalarning еtakchi faoliyatida о‗zining 
qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bolalikning dastlabki kunlaridan taqlid qilish 
orqali yuzaga kelib, maktab davrigacha u bola uchun atrof – muhitni aktiv ijodiy aks 
ettirish shakli bо‗lib qoladi. О‗yin insonning boshqa faoliyatlari kabi ijtimoiy 
xarakterga ega. Komplekt xarakterlar bilan amalga oshirib nutqni ham о‗z ichiga 
oladi. Alalik bolalarning nutqini rivojlantirish uchun qо‗llaniladigan о‗yin metodikasi 
bolalardagi mohirlikni, faollikni, mustaqil muloqotni shakllantirishga qaratilgan. 
M.M.Kolsova nutq tarmoqlarining shakllanishi qо‗ldan yana ham aniqrog‗i 
barmoqlardan keladigan impulslar ta‘sirida yuzaga keladi, degan xulosaga kelgan. 
Bolalar bilan ish olib borishda, ularning nutqiy kamoloti о‗z vaqtida kechayotgan 
joylarda ham va ayniqsa kechikish holati mavjud, nutqning harakat bilan bog‗liq 
jihatlarida ortda qolishi sodir bо‗lgan joylarda bu omildan foydalanish zarur. 
Bolalarning nutqi rivojlanishini qо‗l barmoqlarini mashq qildirish yо‗li bilan 
rag‗batlantirish tavsiya etiladi. Umumiy va mayda motorikani rivojlantirish uchun 
bolalarning ehtiyojlarini va yoshini hisobga olib mashqlar bajarish tavsiya qilinishi 
kerak. Umumiy motorikani rivojlantirishda berilgan oddiy mashqlarda oyoq, qо‗l, 
tana harakatlarida vazifalarni yodda saqlash va eshita bilishni о‗rgatish va undan 
keyin bajarishni о‗rgatish mumkin. Qо‗l barmoqlarini mashq qildirishni 6 – 7 oylik 
chog‗idan boshlab bajarish mumkin: bunda qо‗l uchlarini va har bir barmoqni, uning 
har bir bо‗g‗imini alohida uqalash lozim. Har kuni 2 – 3 daqiqa davomida ochib – 
yumish silash kerak bо‗ladi. Birinchi navbatda mashqlarni kо‗rsatish va ularni 
qanday bajarish kerakligi tushuntiriladi. Ikkinchi navbatda mashqlarni bolalar bilan 
birgalikda harakatlarni atalishini etgan holatda bajarish. Uchinchi navbatda bolalarga 
vazifani mustaqil, sizning ishtirokingizsiz bajarish taklif qilinadi. Motorikaning 
rivojlanishi bilan baravar diqqat e‘tibor va xotira rivojlanib boradi. Kunma – kun 
bolalarni о‗rab turgan atrofidagi harakatlarni, yо‗nalishlarni, narsalarni atashni 
qaytarishdan charchash kerak emas. Shunday kun keladiki, unda bola biz kо‗p marta 
qaytargan sо‗zlarni о‗zi bizning orqamizdan qaytaradi. 
Ma‘lumki: Qancha bolaning xarakatlanish faoliyati yuqori bо‗lsa, shuncha uning 
nutqi tez rivojlanadi. Boshqa tarafdan, harakatlarining shakllanishi, nutqning ishtiroki 
bilan sodir bо‗ladi. Nutq ritmi, ayniqsa she‘r maqol va matallar ritmi 
kordinatsiyasining rivojlanishiga, umumiy va mayda qо‗l motorikasining 
rivojlanishiga yordam beradi.
Mashqlar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Masalan: 
kichkintoylar turli kattalikdagi yog‗och sharchalarni barmoqlari yordamida 
dumalatishga berish mumkin. Bu mashqlar uchun shuningdek plastilin sharchalarni, 
munchoqlarni ham ishlatsa bо‗ladi. Kubiklardan konstruksiyalar yasash bilan 
shug‗ulalnish, turli piramidalar yig‗ini, qalashlar, tugmalar, gugurtlarni bir tо‗pdan 
olib boshqa tо‗pga taxlash mumkin. 


75 
Barmoqlar yordamida turli mashqlarni bajarib borib, bola qо‗llarining mayda 
harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu esa faqat nutqning kamol topishiga 
ijobiy ta‘sir kо‗rsatibgina qolmasdan, balki bolani rasm chizish va yozish malakasini 
о‗zlashtirishga ham tayyorlab boradi. Qо‗l panjalari harakatchan, egiluvchan bо‗lib 
boradi, harakatlarning cheklanganligi barham topib, bu orqali kelgusida yozuv 
kо‗nikmasini hosil qilishda еngillik tug‗diradi. 
Ikki turkumdagi topshiriqni keltiramiz: 
1. Barmoqlar bilan ishlash; 
2. Sanoq yoki gugurt chо‗plari bilan ishlash. 
Birinchi, ya‘ni, barmoqlar bilan ishlash turkumida ashyolar, hayvonlar va 
qushlarni ifodalovchi shakllar tanlab olingan. Har bir shaklga atalgan she‘r va suratlar 
ham mavjud bо‗ladi. Har bir mashqni bajarishda barcha barmoqlarni ishtirok etishiga 
erishish, intilish zarur, mashqlarni ham о‗ng qо‗lda, ham chap qо‗lda bajargan 
ma‘qul. 
Bola ana shu shakllar kо‗rinishini erkin bajarishni о‗rganib olgach, bu 
mashqlarni yanada murakkablashtirish mumkin: barmoqlar yordamida о‗sha 
ashyolarni ifodalab kichik sahna asarlari, hikoyalarni ijro etish mumkin. Faqat bunda 
bola mashqlarni qiynalmasdan, еngil bajarishga, о‗yin unga zavq bag‗ishlashiga 
erishish lozim. 
She‘r bilan tо‗ldirib boriladigan ikkinchi turkumda sanoq yoki gugurt chо‗plari 
yordamida ifodalaniladigan buyumlar tasvirlaridan foydalaniladi. Dastlab geometrik 
shakllar bilan tanishib olinadi va barcha tasvirlar ana shu shakllar asosiga qurilganligi 
kо‗rsatiladi. Bu tasvirlarning she‘r bilan tо‗ldirib borilishidan maqsad bolada faqat 
kо‗rish xotirasini emas, balki eshitish xotirasini ham mustahkamlashga qaratilgan. 
Oddiy qо‗l harakatlari nafaqat qо‗llardagi balki lablardagi zо‗riqishdan, 
tanglikdan ham xalos bо‗lishga, aqliy charchoqni еngishga yordam beradi. Ular 
tovushlar talaffuzini yaxshilashga, demakkim nutqni rivojlantirishga qodir. 
Har bir barmoq bosh miya yarim sharlari pо‗stlog‗ida о‗z namoyondalariga ega 
ekanligi isbotlangan. Qо‗llarni artikulyatsion apparat singari nutq organi deb 
qarashga barcha asoslar mavjud. Qо‗l barmoqlarini nozik harakatlarini rivojlanishi 
bо‗g‗inlar artikulyatsiyasining namoyon bо‗lishiga zamin yaratadi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish