«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma


katoforez ,  anod tomonga siljishiga  anoforez



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

katoforez

anod tomonga siljishiga 
anoforez
deb ataladi. Bu jarayonlar birgalikda 
elektroosmos
deb yuritiladi. Elektroosmosning elektrolizdan farqi 
shundaki, agar elekrolizda erigan moddaning parchalanishi va ularning 
elektrolitlarda neytral atomlar holida cho’kishi oqibatida eritmalar 
kimyoviy o’zgarishlarga uchrasa, elektroosmosda esa faqat butun bir 
neytral (dissosiasiyaga uchramagan) molekulalarning mexanik joy 
o’zgartirishi sodir bo’ladi. 


39 
Galvanoterapiya
deb past kuchlanishli (30-80 V) va kichik tok 
kuchiga (50 mA gacha) ega bo’lgan elektr toki bilan davolashga aytiladi. 
Galvanik tok akkumulyatorlar, o’zgarmas tok dinamlari yoki 
o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirib beradigan boshqa 
asboblar yordamida hosil qilinadi. 
Galvanik tokning organizmga ta’siri quyidagicha bo’ladi: teri 
hamda 
shilliq 
pardalardagi 
reseptorlarni 
qitiqlaydi, 
elektroliz, 
elektroforez (anoforez, katoforez), issiqlik effekti namoyon bo’ladi. Tok 
kuchi kattalasha borgan sari to’qimalarning qaltirashi va keyinchalik, 
og’riq sezish namoyon bo’ladi. Galvanik tok beruvchi apparat 
elektrodlarning gavdani qaysi joyiga qo’yilganligiga qarab o’sha joydagi 
chuqur joylashgan a’zolar to’qimalariga ta’sirot beriladi va oqibatda 
moddalar almashinuvi hamda to’qimalarning funksional xususiyatlari 
o’zgara boshlaydi. 
Ta’sirotlarga javob reaksiyasi sifatida teri kapillyarlari kengayadi
fiziologik faollikka ega bo’lgan yangi moddalar (gistaminlar) paydo 
bo’ladi. Bu o’zgarishlar nafaqat terida, balki chuqur joylashgan 
a’zolarda ham yuz beradi. Masalan, bir valentli metall ionlarining katod 
atrofida to’planishi hujayra membranasi yuzasining bo’shashi va uning 
o’tkazuvchanlik qobiliyatining ortishiga olib keladi. Ikki valentli kalsiy 
ionlarining anod atrofida to’planishi natijasida hujayra po’stlog’i qotadi 
va ta’sirlanish darajasi pasayadi. 
Galvanoterapiya oqibatida moddalar almashinuvi, to’qimalarning 
o’sishi va qayta tiklanishi, og’riqning pasayishi, faol giperemiya, bezlar 
sekresiyasining kuchayishi namoyon bo’ladi. Dissosiyalanish jarayoni 
tezlashadi, suyuq va kolloid zarrachalarning to’qima devori orqali 
harakati (elektroosmos) kuchayadi. Bu murakkab jarayonlar natijasida 
to’qimalararo moddalar almashinuvi hamda patologik suyuqlik va 
chiqindilarning so’rilib ketishi tezlashadi.
Galvanoterapiyadan falaj va yarim falajlar, nevralgiya, bug’in va 
muskullarning revmatik va travmatik yallig’lanishlari, quloq oldi va 
qalqonsimon bezlarning shamollashlari, gaymorit va frontitlarni 
davolashda foydalaniladi. 
Veterinariya amaliyotida galvanoterapiya uchun AGN-1 va AGN-2 
apparatlari ishlatiladi. Bu apparatlar elektrod plastinkasining 1 sm
2
yuzasida 0,3-0,5 mA tok kuchiga ega bo’lgan elektr toki hosil bo’ladi. 
Apparatning ikkita elektrodi, gidrofil chuntakchalari va o’tkazgichlari 
bo’ladi. Elektrodning plastinkalari qurg’oshindan tayyorlanib, kichik 


40 
o’lchamli elektrod plastinkasi faol, katta o’lchamli elektrod plastinkasi 
passiv elektrod hisoblanadi. 
Apparatni ishlatishdan oldin teri yuzasi junlardan tozalanib, gidrofil 
chuntakchalar 1-2%-li natriy xlorid yoki natriy sulfat eritmalari bilan 
namlanadi. Elektrodlar xaltachalarga solinib, rezina bintlar yordamida 
hayvon tanasiga mahkamlanadi. 
Faol elektrodning qutbini aniqlashda ularning xususiyatlari e’tiborga 
olinadi. Og’riqni pasaytirish yoki tinchlantirish uchun faol elektrod 
anodga ulanadi. To’qimalarning ta’sirlanish darajasini oshirish va 
patologik shishlarning qayta so’rilishini tezlashtirish uchun esa faol 
elektrod katodga ulanadi. Patensiometr yordamida tok kuchi oshira 
boriladi. Faol elektrodning yuzasi 100 sm
2
bo’lsa 50 mA gacha (0,3-
0,5x100) tok beriladi. 20-60 daqiqadan jami 20-30 muolaja tavsiya 
etiladi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish