Sotsiologiya


Sotsiologik ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish



Download 172,55 Kb.
bet71/85
Sana11.09.2021
Hajmi172,55 Kb.
#171546
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85
Bog'liq
“Sotsiologiya”

3. Sotsiologik ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish.



  • Ma’lumotlarning tahlil bosqichi o’rganilayotgan ob’ekt haqida olingan axborotni shu ob’ekt haqida oldindan mavjud bo’lgan axborot bilan solishtirishdan iboratdir. Sotsiologik ma’lumotlarni tahlil etish bosqichining ma’nosi va maqsadi natijalarining ma’nosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona nazariy tizimga keltirishdir. Shuning uchun tahlil natijasida hosil bo’ladigan hisobot, birinchidan, o’rganilayotgan ijtimoiy ob’ektning miqdoriy parametrlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi, ikkinchidan, uning rivojlanish sur’atlarini va yo’nalishlarini (o’sish yoki pasayish) ko’rsatishi, uchinchidan, ijtimoiy hodisalar orasidagi o’zaro aloqadorlik qonuniyatlarini ishonchli ko’rsatkichlar yordamida ochib berishi kerak. Yana shuni ta’kidlash zarurki, ishlov berish va matematik tahlil qilish bosqichidan keyin ma’lumotlarni o’rtacha qiymatlari hosil bo’ladi, ular umumiy tasnif etilib, tadqiq etilayotgan ob’ektning xilma-xil elementlarini yaxlit tizimda ifodalaydi. To’plangan empirik axborotlarni to’g’ri izohlash va ma’lumotlar mantig’iga mos xulosa va tavsiyalarni shakllantirish tadqiqotchidan katta aql hamda ilmiy-nzariy abstraktsiyalash qobiliyatini talab etadi.

  • Sotsiologik tadqiqotning natijalarini to’g’ri izohlab beruvchi qator ilmiyuslubiy echimlar tizimi mavjuddir, ammo har bir konkret holatda bu narsa bir butun kishilar jamoasi (sotsiologlar, tashkilotlar ma’muriyati, ma’muriy va ma’rifiy sohalarda ishlovchi shaxslar, so’raluvchilarning o’zlari) ishtirokida amalga oshiriladi. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish jarayonidagi ayrim bosqichlarni ajratib tavsiflashga harakat qilamiz.

  • Birinchisi - tadqiqot gipotezalariga mos va muvofiq hosil qilingan empirik ma’lumotlarni tartibga solish, guruhlarga ajratish, tasniflashdir. Bu bosqichda tadqiq etiluvchi hodisalarning miqdoriy tasniflari tadqiqot tomonidan qamrab olinadigan, ob’ektlar tez-tez takrorlanishi empirik ma’lumotlarni statistik guruhlarga ajratish imkonini beradi.

  • Ijtimoiy axborotlardagi ma’lumotlar hamda sotsiologik tadqiqotlarning vazifalari va maqsadlari xilma-xilligini inobatga olib, har xil guruhlarga ajratish usullarini qo’llash mumkin. Guruhlarga ajratishning eng sodda ko’rinishlaridan biri - tipologik qurilmalar, ya’ni kuzatiluvchi birliklarni biron bir alomat bo’yicha maxsus sinchiklab o’rganishdir (masalan, yoshi, jinsi va h.k.). Hozirgi paytda EHMdan foydalanish natijasida bu usulning imkoniyatlari ancha kengaydi. O’zgaruvchilarning tipologiyasini amalga oshirish va barqaror guruhlarni ajratib olish uchun faktorli, dispersion tahlil usullari qo’llanilayapti.

  • Interpretatsiya va tahlilning ikkinchi bosqichi - sonli tasniflarning ishonchliligini va o’rtacha qiymat xolisligini tekshirish, ma’lumotlarni umumlashtirishdir. Bu bosqichda turli tasodifiy tasnifga ega bo’lgan axborotlar birbiridan ajratib olinadi.

  • Uchinchi bosqichda hosil qilingan sonli tavsif orqali mavjud bo’lgan tadqiqotning gipotezalari tekshiriladi. Eslatib o’tamizki, taxmin (gipoteza) deganimizda biror-bir dalil, hodisa va jarayonni tushuntirib (yoki rad etiladi, yoki qabul qilinadi) beradigan ilmiy mulohazani tushunamiz.

  • Sotsiologik tadqiqotni tashkil qilishga va o’tkazilishiga katta sarf-xarajatlar ketishi tufayli o’rganilayotgan muaammoni iloji boricha to’laroq qamrab oladigan bir nechta gipoteza ilgari suriladi.

  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va gipotezalarning hayotiyligi eng samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu sababli gipotezani sinash jarayonda tadqiqotchi ko’proq real hodisalarga tayanishi, xilma-xil ma’lumotlarni birlashtirishi, empirik materiallardan o’rganilayotgan ob’ektning zaruriy, muhim jihat va xossalarini ajratib berishga intilishi kerak.

  • Gipotezalarni empirik sinashning eng yaxshi usullaridan biri sotsiologik eksperimentdir. U gipotezalarni sinash usullaridan eng ishonchlisi bo’lsa-da, o’rganilayotgan sub’ektlar orasidagi bog’lanishlar murakkab va ko’p qirrali bo’lganligi sababli hozirgi paytda kam ishlatiladi.

  • Hozirgi zamon sotsiologiyasida eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biri statistik usuldir. Gipotezalarning ishonchliligini aniqlashning tipik usuli sifatida miqdorlarning o’rtacha qiymatlarini hisoblash, o’zaro bog’liq koeffitsientlarni aniqlash va h.k. ni ko’rsatib o’tish mumkin.


  • Download 172,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish