Sotsiologiya



Download 172,55 Kb.
bet72/85
Sana11.09.2021
Hajmi172,55 Kb.
#171546
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
“Sotsiologiya”

Ilmiy hisobotni tuzish. Sotsiologik tahlilning natijalari tizimlashgan va guruhlarga ajratilgan ko’rinishda ilmiy hisobotda namoyon bo’ladi. Hisobotni tayyorlashda shuni esda tutish kerakki, u keyinchalik nazariy ishlarni davom ettirishga asos bo’lishi va ijtimoiy boshqaruv amaliyotida sotsiologik tadqiqotlar natijalarini aks ettiruvchi mohiyat va shaklga ega bo’lishi kerak. Hisobotga izohlovchi xat kiritilishi ilmiy taomilga kirgan bo’lib unda qisqacha asosiy xulosalar va natijalar keltiriladi.

  • Hisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, so’rovnomalar, blanklar, testlar va boshqalar keltiriladi.

  • Hisobotning bo’limlari. Hisobotning tarkibi tadqiqotning turiga, nazariy yoki amaliy ekanligiga bog’liqdir.

  • Dastavval hisobot tuzilayotganda muammoning qo’yilishi, tadqiq etiluvchi masalalarning ta’rifi, asosiy tushunchalarning nazariy interpretatsiyasi, muammoning qay darajada o’rganilganligi va uning echimiga e’tibor beriladi. Alohida e’tiborni tadqiqotning uslublar tasnifiga, tanlovning tuzilishi, axborotlarni yig’ish tartiblariga ajratish kerak. Oxirida alohida bo’lim orqali o’tkazilgan tadqiqot natijalarining har tomonlama tahlili va qo’yilgan masalalarning echim darajasi tasniflanadi. Bu bo’limning oxirida tadqiqotning mavjud bo’lgan amaliy natijalari ko’rsatiladi va aniq xulosalar shakllanadi, yangi axborotni olish zarurligi aniqlanadi va uni hosil qilish uchun texnikaviy uslubiy tavsiyalar beriladi.

  • Ikkinchidan, hisobotning har bir bo’limida tadrijiy bir-birini to’ldiruvchi ikki qismning o’zaro mutanosibligini ta’minlash zarur. Birinchi qismda muammolar va natijalarni, ikkinchi qismda esa xulosalarni chuqur ilmiy asoslab berishi shart. Bu esa, tadqiqotchini hozirgi ahvolni sharhlash va umumlashtirishdan tashqari, uni tahlil va bashorat qilishga undaydi.

  • Uchinchidan, hisobot so’rovnomadagi savollar ketma-ketligidan mustasno, respodentlarning sotsial-ruhiy portreti, intellektual imkoniyatlari voqelikka munosabati umumiy manzarasining ifodasidan iborat bo’lishi kerak. Hisobotda so’rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalari ilmiy mantiq talablariga binoan tahlil etib beriladi.

  • To’rtinchidan, hisobotning texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to’g’ri tuzilishi katta ahamiyatga ega. Ko’pi bilan hisobot (ilovasiz) 50-60 betdan iborat bo’lganligi ma’qul. Hisobotga doir tushuntirish xati 10 betgacha bo’lishi mumkin. Hisobotda tadqiqot ishlariga jalb etilgan barcha tashkilotlar, o’tkazilish muddati va joylari, tadqiqot uslubiyoti bo’yicha ko’rsatma beruvchilarni tayyorlashning tartibi va tarkibi, ma’lumotlar yig’ishning takomillashtirilishi, axborotlarni kodlashtirish uchun ishlatilgan tizim va matematik ishlov berishda qo’llanilgan usullar ko’rsatilishi lozim. Jadvallar keragidan ortiqcha raqamlarga ega bo’lmasligi kerak.

  • Bundan tashqari hisobot yozish jarayonida buyurtmachiga tadqiqotning eng muhim natijalari bo’yicha tezkor axborotlarni ekspress-revyu ko’rinishida topshirish maqsadga muvofiqdir.




  • Download 172,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish