Sotsiologiya


Sotsiologik tadqiqot usullari



Download 172,55 Kb.
bet68/85
Sana11.09.2021
Hajmi172,55 Kb.
#171546
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85
Bog'liq
“Sotsiologiya”

2. Sotsiologik tadqiqot usullari.



  • Sotsiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng ko’p tarqalgani so’rov usulidir. So’rov usulining qulayligi shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sotsiologlar qo’llashi mumkin bo’lsa, so’rov usulida tadqiqot o’tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan o’tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin. So’rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko’lamini kengaytirishda so’rov usulining imkoniyatlari juda katta. Bu usul qo’llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o’tkazish mumkin. Kuzatish usuli faqat hozirgi davrda yuz berayotgan hodisalar haqida ma’lumot bersa, so’rov usuli respondentga bevosita murojaat qilib, uning xulq-atvori, harakatdan ko’zlagan niyatlari o’tgan davrda qilgan va hozir qilayotgan ishlari, kelajakka mo’ljallagan rejalari to’g’risida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi. Ayniqsa, kishining his-tuyg’ulari, kechinmalari, harakat motivlari to’g’risida ma’lumot to’plash kerak bo’lganda bu usul qo’l keladi, chunki bu hodisalar kuzatuvchi nigohidan yashirin bo’lib, ularni kuzatish usuli bilan aniqlab bo’lmaydi.

  • So’rov usulining mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi savol beradi va respondent o’zining dunyoqarashi, ma’lumoti, bilimi va xohishidan kelib chiqib, savollarga javob beradi. Tadqiqotchi respondentga savol berishdan avval o’zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar:

  • Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?

  • Respondent savollarga javob berishni xohlaydimi yoki yo’qmi?

  • Respondent qo’yilgan savollarga javob bera oladimi, yo’qmi?

  • Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay yo’sinda, qay tarzda va qay shaklda berish kerak?

  • Mana shu savollarga javob topa olgan sotsiolog tadqiqotning muvaffaqiyatli chiqishini ko’p jihatdan ta’minlagan bo’ladi.

  • To’planishi kerak bo’lgan ma’lumot xarakteri va uni to’plash usuliga qarab so’rovlar ikki turga bo’linadi:

  • Anketa so’rovi. Intervyu.

  • Savol berilishi mumkin bo’lgan odamlar yoki potentsial respondentlarni qay darajada qamrab olishiga qarab so’rovlar yana ikki turga bo’linadi:

  • Yalpi so’rovlar.

  • Tanlab o’tkaziladigan so’rovlar.

  • Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so’rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so’rov singari turlari ham mavjud.

  • Sotsiologiyada keng qo’llaniladigan usullardan biri intervyu bo’lib, u anketa bilan ko’p umumiylikka ega. Anketada savollar yozma tarzda berilsa, intervyuda og’zaki savollar beriladi. Intervyu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi.

  • Intervyuning oddiy suhbatdan farqi yana shundaki, suhbatdoshlar bir-birini qiziqtirgan masalalalar to’g’risida gap yuritsa, intervyu jarayonida faqat bir tomon – tadqiqotchi savol va respondent javob beradi. Intervyu bilan oddiy suhbat o’rtasida tafovut yana shunda ko’rinadiki, suhbatdoshlar, odatda, tanish odamlar bo’ladi, intervyu esa deyarli ikki notanish odamning suhbatidir.


  • Download 172,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish