Sotsiologiya



Download 172,55 Kb.
bet67/85
Sana11.09.2021
Hajmi172,55 Kb.
#171546
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Bog'liq
“Sotsiologiya”

Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot ob’ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z ichiga olsa, amaliy-uslubiy bo’lim ma’lumotlarni to’plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tavsiyalar singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi.

  • Dasturni ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy talabga rioya qilish muhimdir. Birinchidan, ishlab chiqilgan nazariy umumlashmalardan real tadqiqot jaryonlariga o’ta bilish va ikkinchidan, olingan natijalar, faktlar, yig’ilgan empirik materiallardan nazariy umumlashmalarga, ilmga qayta bilish, ko’nikmalarga ega bo’lish ana shu talablar mazmunidir. Bu ikki talabga rioya qilish, bir jihatdan, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazishni tizimli yo’lga qo’yish, jamiyat ijtimoiy muammolarini tadqiq etish ishlarini uzluksiz amalga oshira borishni ta’minlasa, ikkinchi jihatdan, ilm-fan turli sohalarining uzviy rivojlana borishi uchun keng imkoniyatlar ochadi.

  • Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda borishini ko’rsatadi. Maqsadning amalga oshirilish jarayonida tadqiqotchi uch an’anaviy vazifani o’z oldiga qo’yadi. Avvalo, mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha tadqiq etish, ikkinchidan, bu ilmiy - amaliy mavzuning boshqa ilm va hayot jabhalari bilan nechog’lik bog’liqligi, ularga ta’siri masalalarini o’rganish va nihoyat, uchinchidan, ijtimoiy ziddiyatli holatlardan chiqishning mantiqli asoslangan yo’llarini belgilab berishdan iborat.

  • Sotsiologik tadqiqotlar ilmiy atamalari va tushunchalari qatorida ob’ekt va predmet tushunchalariga alohida to’xtalib o’tish lozim. Tadqiqotchi ijtimoiy muammo vaziyatini samarali hal etishi uchun ob’ekt va predmetni to’g’ri belgilashi muhim ahamiyatga ega. Ob’ekt odatda mustaqil tushuncha sifatida tadqiqotchi ilmiyamaliy faoliyatlarining umumiy sarhadlarini ifodalaydi. Predmet esa tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va maxsus tadqiqot ko’lami sifatida o’rganiladi. Ob’ekt predmetdan ma’no jihatidan ancha keng, predmet ob’ektning hosilasidir. Ob’ekt bu sub’ekt o’rganishi kerak bo’lgan narsa yoki voqelikni anglatsa, predmeti esa ob’ektning qay jihatlarini o’rganishimiz kerakligini bildiradi. Zero, birgina ob’ekt zamirida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib o’rganish mumkin.

  • Ilmiy muammmo ob’ektini tizimli tahlil etish tadqiqotchi uchun uch faoliyat yo’nalishini ochib beradi. Ular quyidagilar: tadqiqot predmetini aniqlab olish, asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish hamda tadqiqot uchun ish gipotezasini yaratishdir. Ko’pincha ana shu talabning uchalasi bir paytda yuzaga keladi, shu boisdan ham yuqoridagi uch talabning dastur bosqichlari deb emas, balki dasturning uzviy qismlari deb qarash maqsadga muvofiqdir.

  • Izlanishga qaratilgan tadqiqot rejasi uch bosqichdagi tadqiqot turini (hujjatlarni o’rganish, ekspertlar bilan maslahatlashuv, kuzatish o’tkazish) o’z ichiga oladi. Bu bosqichlarning birinchisida ilmiy muammo xususidagi ma’lum bo’lgan barcha ilmiy, publitsistik va arxiv hujjatlarini chuqur o’rganib chiqish nazarda tutilsa, ikkinchi bosqichda shu soha bo’yicha taniqli olimlar, tajribali kishilardan iborat ekspertlar guruhi fikrini o’rganishga e’tibor qaratiladi. So’nggi bosqichda esa tadqiqotchi muayyan ilmlar tasavvurlariga ega bo’lgan holda ob’ekt xususida kuzatish ishlarini olib borishni ko’zda tutadi. Izlanish rejasi ilmiy muammoni aniq nomlab olish va asoslaydigan gipotezani ilgari surish bilan yakunlanadi.

  • Bayon etish rejasi bir qator sotsiologik tadqiqot rejalarini qo’llash, olingan ma’lumotlarni tahlil etish orqali qabul etilgan farazning hayotiyligini tekshirib ko’rish va o’rganilayotgan ob’ekt xususida aniq miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega bo’lishni taqozo etadi. Bayon etish rejasi asosida ish ko’rilganda ilgari ma’lum bo’lgan ko’pgina faktlarni tartibga tushirish va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar qanday ekanligi xususida ko’pgina ma’lumotlar qo’lga kiritiladi. Bunday tadqiqotlar ob’ekt tuzilishiga aloqador barcha empirik ma’lumotlarni klassifikatsiya qilish bilan yakunlanadi. Sotsiologik tadqiqotlarning eksperimental rejasi ob’ekt haqida ma’lumotlar asosida izohlovchi farazni ilgari surish imkonini beradi. Mazkur tadqiqot rejasidan maqsad ob’ekt zamiridagi sabab oqibat aloqalarini aniqlash, ob’ektning ayni holati va rivojlanishi xususidagi shart-sharoitlarini aniq bilib olishdan iboratdir. Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazishning real tajribasida muayyan ilmiy tadqiqot jarayonida yuqorida tilga olingan har uch reja ham o’zaro uyg’un holatda ketma-ket qo’llanilib boradi.




  • Download 172,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish