R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


fasl. Cunna bosqichining mohiyati. Shariat va islom axloqi. Mintaqa ma’naviyatida Rasululloh ibrati



Download 0,7 Mb.
bet37/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

fasl. Cunna bosqichining mohiyati. Shariat va islom axloqi. Mintaqa ma’naviyatida Rasululloh ibrati.


Musulmon huquqi - shariat va fiqh asoslarini shakllantirish ham shu davrdan boshlandi. Imom A’zam - Abu Hanifaning yaqin shogirdlari Imom Abu Yusuf Ansoriy (731-804) va Imomi Muhammad ash-Shaybon (749-805) bu sohada asoschi bo’ldilar. Imom Abu Yusuf islom dunyosining birinchi qoziulquzzoti (qozilar qozisi - bosh qozi) qilib tayinlandi. Imom Muhammadning «Al-Mabsut» (yoki «Kitob al-asl fil-furu» - «Juz’iy masalalarning asoslari»), «Kitob al-jome’-al- kabir», «Kitob al-jome’ as-sag’ir» kabi asarlari bu sohada yaratilgan keyingi barcha ishlarga dasturulamal vazifasini o’tadi.
Sunna bosqichining ikkinchi ulug’ muvaffaqiyati islom axloqining mintaqada puxta shakllanuvidir. Payg’ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Undagi ota-onaga munosabat, ilmga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da’vat, o’zaro mehr, inoqlik, mehmondo’stlik, etimparvarlik, vafo va sadoqat, mehnatsevarlik va halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlik, samimiyat va rostgo’ylik xislatlarining birinchi o’ringa qo’yilishi insoniyat uchun bebaho ma’naviy qadriyatlar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, islom axloqi ma’naviy qadriyatlarning tasodifiy to’plami emas, balki munazzam va mukammal bir tizim holiga keltirilgani bo’lib, albatta, bunda buyuk muhaddislar, birinchi navbatda, yurtdoshimiz Imom Buxoriyning xizmatlari beqiyosdir.





55

birga ibrat ma’rifatini ko’r- ko’rona taqliddan farq qilish juda muhim.
Payg’ambarimiz sunnatlarining ibratli o’rinlari nihoyatda ko’p. Misol tariqasida u zotning ahli ayolga munosabatiga e’tibor beraylik.
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:

Ma’rifat - ma’naviy kamo-lot yo’li, insonning ko’ngil ko’zgusini sayqallash jarayoni, ya’ni har bir insonning butun ongli hayoti davomida o’zligini anglash, o’zining Borliq haqiqatiga nisbatini aniqlash va o’z ruhini Borliq haqiqati bilan uyg’unlash-tirib borish yo’lidagi harakati.
«Biz, janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Tag’in, biror baloga giriftor bo’lib qolmaylik!» deb xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so’z aytib, bemalolroq muomala qilishdan qo’rqar edik. Janob Rasululloh (S.A.V.) vafot qilganlaridan so’ng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladigan bo’ldik»23 Ushbu hadis mazmunidan ko’rinib turibdiki, Payg’ambarimiz ayollariga aslo qo’pol muomala qilmaganlar, natijada boshqa sahobalar ham o’z ahli ayollariga ehtirom va yumshoqlik bilan muomala qilishni
o’rganib borganlar. Darhaqiqat, Muhammad (S.A.V.) biror ayolning ko’ngliga zarra ozor berganlari, xafa qilganlari haqida hech bir hadisda biror ishora yo’q, aksincha, ayollar Payg’ambarimizga nisbatan ba’zan ozor beruvchi xatti- harakatga yo’l qo’ysalar ham, u zot nihoyatda halimlik bilan javob qilganlar. Albatta, u kishi har bir inson singari ayollarning ham o’ziga yarasha kamchiligi bor ekanini sezganlar, ammo urish-so’kish, qattiq gapirish, izza qilish orqali bu kamchiliklarni aslo tuzatib bo’lmasligi, faqat sabr, yumshoq muomala va shaxsiy namuna bilan ta’lim
berilsa, ta’sirli bo’lishi mumkinligini yaxshi bilgan va bu odobga izchil amal qilganlar. Demak, sunnaga amal qilgan kishi, ko’p xotin olish haqida emas, ahli ayol ko’nglini ranjitmaslik haqida qayg’urishi islom axloqiga munosibdir. Jismoniy va ma’naviy poklikka intilish islom axloqining, Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo’nalishidir. Tahorat, g’usl masalalari, misvokdan foydalanish (ya’ni, tishni toza tutish) tashqi ozodalik talablari bo’lsa, haromdan, yolg’on so’z, g’iybat, tuhmat, zinokorlik, o’zga haqiga xiyonat, nohaqlik va zulmga yo’l qo’ymaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy poklikka oid talablardir. Bular barchasi ham Qur’oni karimda, ham Rasululloh sunnatlarida juda qat’iy qilib qo’yilgan.
Shunday qilib, Sunna bosqichining asl mohiyati, uning ibrat ma’rifati asosiga qurilganligidadir, ya’ni Sunna Alloh hidoyat etgan Haqiqat yo’liga (as- Sirot al-mustaqim - to’g’ri yo’l) Rasululloh Muhammad (S.A.V.)ning hayot va tafakkur tarziga taqlid etish, undan ibrat olish orqali erishishni nazarda tutadi. Payg’ambarimiz va ul zotning yaqin kishilari (sahobalari) hayoti davomida musulmon jamoasi («umma»)ga birlashib qanday qadriyatlarga amal qilgan bo’lsalar, ushbu yashash tarzi keyingilarga ham o’rnak va namuna bo’lmog’i Sunna ma’naviyatining o’zak tomiridir.




  1. Al-Buxoriy. Hadis(“Al-Jomi’ as-Sahih“). 3-jild. T., 1995, s. 421.

56

    1. Download 0,7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish