Mavzu: Urug'lanish



Download 3,57 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#790560
Bog'liq
Urug\'lanish


Muallif: Akbarova Humarxon Ibrahimovna

Mavzu: Urug'lanish


REJA:
Tuxum hujayra
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi
Jinsiy hujayralar. Spermotozoid
Jinsiy ko‘payish biologik jihatdan g‘oyat katta ahamiyatga ega. Uning jinssiz ko‘payishdan afzalligi shundaki, u ota va ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Shu munosabat bilan avlod ota-onaga nisbatan yashovchan, o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi. organizm evolutsiyasida jinsiy ko‘payish juda muhim rol o‘ynaydi.
Jinsiy hujayralar o‘lchami va shakli jihatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. Spermatozoidlar tuxum hujayradan ancha kichik, biroq juda harakatchan bo‘ladi.
Sut emizuvchilar spermatozoidining tuzilishi bilan tanishamiz. U uzun ip shaklida bo‘lib, uch qismdan: bosh, bo‘yin, dumdan iborat. Bosh qismida yadro joylashadi, boshchasining oldingi qismida sitoplazmaning zichlashgan qismi mavjud, shu qismi yordamida spermatozoid tuxum hujayraga kiradi. Bo‘yin qismida hujayra markazi va mitoxondriyalar bo‘ladi. Bo‘yin bevosita dumga o‘tadi. Dum tuzilishiga ko‘ra kiprikka yoki xivchinga o‘xshaydi va spermatozoidning harakatlanish organoidi hisoblanadi.
URUG’ HUJAYRA- SPERMOTOZOID
Spermatozoidlar tuzilishiga ko‘ra har xil hajm va shaklga ega. Spermatozoidlarning asosiy vazifasi tuxum hujayraga irsiy axborotni olib borish va uning funksiyasini tezlatishdir. Shakllangan spermatozoidda mitoxondriya, Golji majmuasi va urug‘lanish vaqtida tuxum hujayra membrana-sini eritib yuboruvchi maxsus fermentlar bo‘ladi. Spermatozoid tuxum hujayrani urug‘lantirgach, diploid to‘plamga ega bo‘lgan zigota hosil bo‘ladi.
Tuxum hujayra ko‘pincha yumaloq, amyobasimon shaklda bo‘lib, harakatsiz. Boshqa hujayralardan asosiy farqi shaklining juda katta bo‘lishidir. Tuxum hujayraning kattaligi sitoplazma oqsilga boy oziq modda — sariqlikning mavjudligidir. Tuxum qo‘yib ko‘payadigan umurtqalilar (sudralib yuruvchi va qushlar)da tuxum hujayra ancha yirik bo‘ladi. Tuxum hujayra organizmning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hamma irsiy axborotni o‘zida saqlaydi.
TUXUM HUJAYRA
SUDRALIB YURUVCHILAR TUXUMI
QUSHLAR TUXUMI

Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). Jinsiy hujayralar (gametalar) jinsiy bezlarda rivojlanadi. Spermatozoidlar — urug‘donda, tuxum hujayra — tuxumdonda. Spermatozoidlarning rivojlanishi — sperma togenez, tuxum hujayraning rivojlanishi — ovogenez deyiladi.

  • Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). Jinsiy hujayralar (gametalar) jinsiy bezlarda rivojlanadi. Spermatozoidlar — urug‘donda, tuxum hujayra — tuxumdonda. Spermatozoidlarning rivojlanishi — sperma togenez, tuxum hujayraning rivojlanishi — ovogenez deyiladi.

I bosqich. Ko‘payish davri, birlamchi jinsiy hujayralar mitoz yo‘li bilan ko‘payishi natijasida hujayralar soni ortadi. Spermatogenezda birlamchi jinsiy hujayralar juda tez ko‘ payadi, ko‘pincha bu jarayon balog‘atga yetish davridan boshlab qarilik davrigacha davom etadi. ovogenezda birlamchi urg‘ochi jinsiy hujayralarning ko‘payishi tuban umurtqasizlarda butun umri mobaynida davom etadi.
Jinsiy hujayralarning hosil bo’lish jarayonida spermotogenez va ovogenez bir necha bosqichlarda amalga oshadi.
II bosqich. o‘sish davri boshlang‘ich jinsiy hujayralarning ayrimlari o‘sish zonasiga o‘tib kattalashadi, oziq moddalar to‘playdi. Ularning DNK miqdori ikki hissa ortadi. Birlamchi spermatozoidlar o‘sish zonasida tez kattalashmaydi. Lekin tuxum hujayralar ayrim vaqtlarda bir necha yuz va ming martagacha kattalashadi. Birlamchi tuxum hujayralarning o‘sishi organizm ning boshqa hujayralarida hosil bo‘ladigan moddalar hisobiga amalga oshadi. Misol uchun baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlardagi tuxum hujayraning asosiy qismini sariqlik tashkil etadi. Sariqlik zaxira oziq moddalar to‘plamidir. Bundan tashqari birlamchi jinsiy hujayralarda ko‘p miqdorda oqsil va RNKlar sintezlanadi.
III bosqich. Yetilish davri — hujayralar yadrosidagi diploid to‘plam ikki hissaga ortadi. Bu davrda hujayralar meyoz usulida ko‘payib, gaploid to‘plam ga ega bo‘ladi.
IV bosqich.Shakllanish davri — hosil bo‘lgan jinsiy hujayralarning ma’lum shaklga va hajmga ega bo‘lishi bilan amalga oshadi. Tuxum hujayra shakllanish davrida maxsus parda (qobiq) bilan o‘ralib urug‘lanishga tayyor bo‘ladi. Ko‘p hollarda sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar tuxum hujayrasida qo‘shimcha qobiqlar hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha qobiqlar tuxum hujayra va unda rivojlanayotgan embrionni tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan himoya qilib turadi.

Savol va topshiriqlar

  • Jinsiy ko‘payishning jinssiz ko‘payishdan asosiy farqi nimada?
  • Jinsiy hujayralarning rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi?
  • Tuxum hujayraning spermatozoiddan qanday farqi bor?

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish