Kalom (ilmi) – Naqliy va aqliy bilimlar uyg’unligiga tayangan xos islom falsafasi va ilohiyot ilmi. Kalom ilmining dastlabki yirik oqimi bo’lgan mo’’tazila din aqidalarini aql tarozisida o’lchab talqin etishga asoslangan edi, bu oqim vakillari islomning eng muhim ikki masalasi - Adolat va Tavhid tushunchalari talqinida shu darajada ilgari ketdilarki, ular izidan islom ma’rifatchiligining buyuk to’lqini kelishi davrning mantiqiy taqozosi bo’lib qoldi. Islomning mo’’tazila talqini Xalifa Ma’mun (813-833) zamonida rasmiy ta’limotga aylanib, hatto uning qarashlariga qo’shilmagan ruhoniylar tazyiq ostiga olina boshlandi. Bu holat to 849 yilda xalifa Mutavakkil (847- 866) bunday bahslarni taqiqlash haqida farmon chiqarguncha davom etdi. X asrga kelib, kalom ilmining ashariya va moturidiya oqimlari shakllandi. Kalom falsafasi Tavhid ta’limotini mintaqadagi barcha eski aqidalar majmuidan har tomonlama ustunligini aql va mantiq qudrati bilan isbotlab bergach, islomning ma’naviy mavqei beqiyos yuksalib ketdi, shu bilan birga Qur’oni karim oyatlarida ta’kidlangan tarixiy tadrijiylik qoidasi chuqurroq idrok etila boshlandi. Allohning oxirgi kitobi keltirgan ma’naviy boylikni teran anglab etish uchun islomgacha yaratilgan butun madaniy merosni chuqur o’rganish va to’g’ri talqinda o’zlashtirish lozimligi ma’lum
Morochnik S. B., Rozenfelьd B. A. Omar Xayyam. Poet, mыslitelь, uchenыy. Stalinabad, 1957, s.207-208.
63
bo’lib qoldi.
Asli islom
ma’rifatchiligi bosqichida keng rivoj olgan ko’pchilik
oqimlar Ummaviylar davridayoq mustaqil bo’lib, ajralib chiqqan mo’’tazila diniy falsafasining ma’naviy ta’siri ostida yuzaga keldi desak, mubolag’a bo’lmaydi. O’z davrida Basra qozisi bo’lmish yirik va mashhur din arbobi Hasan al-Basriy (642- 728)ning salohiyatli shogirdi Vosil ibn Ato (699-748) bir masalada ustozi bilan bahslashib qolib, tarafdorlari bilan uning suhbatini tark etadi va yangi mustaqil yo’nalishga asos soladi. I’tazala (tark etish) so’zidan kelib chiqqan holda bu oqim mo’’tazila degan nom oladi. Vosil ibn Atoga tegishli deb hisoblanuvchi
kitoblarning biri «At-Tavhid va-l-Adl»deb nom olgan. Keyingi asrda uning izdoshlari Muammar b. Abbod (vafoti 830 yil), Abu Ishoq an-Nazzom (vafoti 845), Abu Xuzayl al-Allof (749-849) va boshqalar mo’’tazilaning 5 asosiy qoidasini ishlab chiqdilar. Ularning birinchisi Al-Adl (Allohning adolati) va ikkinchisi At-Tavhid (Allohning yagonaligi) bo’lib, bu ikki tushuncha islom mintaqa ma’naviyatining keyingi rivojida etakchi g’oyalarga aylandi. Mo’’tazila ta’limoti Alloh adolati deganda mavjud voqelikning muayyan qonuniyatlar asosida rivojlanishi va inson irodasining erkinligi kabi o’ta muhim qoidalarni nazarda tutardi. Allohning mutlaq yagonaligi (At-Tavhid) qoidasi esa, mo’’tazila talqinida Yagona ilohiy zotni tasavvur etishda asotir tafakkurning butun qoldiq unsurlari, ayniqsa, Alloh taolo zotiga insonga xos sifatlar (ko’z bilan ko’rish, quloq vositasida eshitish, qo’l bilan yaratish yoki tutib turish, aql bilan bilish kabilar) nisbat berilishini (ya’ni antropomorfizmni) to’liq inkor qilardi. Mo’’tazilaga shuhrat keltirgan va uni bid’at sifatida qoralanishining bosh sabablaridan bo’lgan
«Qur’onning yaratilganligi» («Hudus al-Qur’on») haqidagi o’ziga xos nuqtai nazar ham bu yo’nalishning mantiqiy tafakkurga tayanganligiga ishora qiladi. Kalom yo’nalishining dastlabki yirik oqimi bo’lgan mo’’tazila shaksiz diniy falsafa edi, ya’ni din aqidalarini aql tarozisida o’lchab talqin etishga asoslangan edi, ammo bu oqim vakillari islomning eng muhim ikki masalasi - Adolat va Tavhid tushunchalari talqinida shu darajada ilgari ketdilarki, ular izidan islom ma’rifatchiligining buyuk to’lqini kelishi davrning mantiqiy taqozosi bo’lib qoldi. Xalifa Ma’mun (813-833) davrida islomning mo’’tazila talqini rasmiy ta’limotga aylandi va hatto Qur’onning yaratilganligi haqidagi qarashga qo’shilmagan ruhoniylar tazyiq ostiga olina boshlandi. Bu holat chorak asr davom etdi. Nihoyat 849 yilda xalifa Mutavakkil (847-866) Qur’onning yaratilganligi haqidagi bahslarni taqiqlash haqida farmon chiqardi. Endi mo’’tazila oqimi vakillarining o’zlari quvg’in etildilar.
Ammo fikr to’xtab qolmadi, mo’’tazila oqimi ham yo’q bo’lib ketmadi.
Xalifa Ma’mun homiyligida Bag’dodda shakllangan «Baytul-hikma» (Donishmandlik uyi, hozirgi til bilan - Akademiya) doirasida tabiiy fanlarni o’rganish keng yo’lga qo’yildi. Bizning yurtdoshlarimiz Muhammad ibn Muso Xorazmiy (780-850), Ahmad Farg’oniy (vafoti 861 yil) va boshqalar bu davr islom mintaqa madaniyatining faxri edilar.
Kalom falsafasi Tavhid ta’limotini mintaqadagi barcha eski aqidalar majmuidan har tomonlama ustunligini aql va mantiq qudrati bilan isbotlab bergach,
64
islomning ma’naviy mavqei beqiyos yuksalib ketdi, shu bilan birga Qur’oni karim oyatlarida ta’kidlangan tarixiy tadrijiylik qoidasi chuqurroq idrok etila boshlandi. Allohning oxirgi kitobi keltirgan ma’naviy boylikni teran anglab etish uchun islomgacha yaratilgan butun madaniy merosni chuqur o’rganish va to’g’ri talqinda o’zlashtirish lozimligi ma’lum bo’lib qoldi. Bu bilan islom ma’rifatchiligi bosqichining ikkinchi muhim xususiyati - o’tmish merosni o’rganishga jiddiy kirishishvauniyangichaasoslardaanglabetishharakati har taraflama