R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet46/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Naqliy bilimlar – ilohiy kitoblar orqali yoki turli yo’llar bilan (asosan, yozma manbalarda) o’tmish ajdod-lardan etib kelgan bilimlar.
rivojlandi. IX asrdayoq keng miqyosda tarjimachilik faoliyati boshlanib,
Xunayn ibn Ishoq (810-873), Sobit ibn Kurra (886-901) kabi atoqli va sermahsul tarjimonlar, butun-butun oilaviy tarjimachilik maktablari etishib chiqdi. Qadim Yunon falsafiy merosi deyarli to’liq arab tiliga tarjima qilindi. Qadim
Suriya, Bobil, Eron, Hind va boshqa o’lkalarda yaralgan muhim manbalar arab tiliga o’girildi. Adabiy va tarixiy asarlar, jumladan, Eron va Turon tarixiga oid manbalar ham tarjima qilindi. Og’zaki badiiy
adabiyot namunalarini yozib olish va tartibga solib, mavzular asosida to’plamlar tuzish avj oldi. Bu ishlarning ko’pi davr ziyolilarining fidokorona mehnati va tashabbusi bilan amalga oshirilardi.
Xorun ar-Rashid, Ma’mun kabi yirik davlat arboblaridan tortib turli o’lka va viloyat hokimlari, noiblari, vazirlar, turli darajadagi zodagon guruhlarning bu boradagi xizmatlarini ham nazardan qochirmaslik
lozim. Sunna davridayoq islom hukmdorlari, oliy tabaqa vakillari o’rtasida ziyo ahlini saroyga jalb qilish, shoirlar, muarrixlar, munajjimlar, faqihlar, tib olimlari, hatto riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), adab ilmi (filologiya va ritorika) namoyandalarini atrofga to’plab, ularning ilmiy faoliyatini moddiy rag’batlantirish keng urf bo’la
boshlagan edi.
Ammo bir haqiqatni qayd etib o’tish kerakki, Sunna va hadis ilmining buyuk ustozlari doimo saroydan o’zlarini chetga tortib keldilar, Abu Hanifa va Imom Buxoriy kabi islom olamining eng yorqin siymolari hatto qozilik vazifasini bajarishga rozilik
bermadilar. Ma’rifatchilar saroy homiyligi bo’lmasa, maqsadlariga erisha olmas edilar. Chunki tabiiy fanlar va o’tmish merosni jiddiy o’rganish uchun butun umrni bag’ishlash, bundan tashqari turli moddiy xarajatlarni qoplash kerak bo’lar edi. Shu sababli islom ma’rifatchiligi namoyandalarining ko’pchilik yirik vakillari saroyda, saroy bilan bog’liq holda yoki saroyga yaqin doiralarda ijod qilishdi.
Mo’’tazila oqimi boshlab bergan Kalom falsafasiga X asrdan yana ikki mustaqil yirik oqim kelib qo’shildi. Ularning birinchisi ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ash’ariya oqimi bo’lib, asoschisi Abul Hasan Ali bin Ismoil al-Ash’ariy (873-935) nomi bilan shuhrat qozondi. Al-Ash’ariy o’zi Basrada mo’’tazila
65
oqimining o’sha davrdagi etakchi ustozlaridan Abu Ali al-Jubboiy (vafoti 915 yil) qo’lida ta’lim olgan bo’lib, ustozi begona emas, Abulhasanga o’gay ota bo’lar edi. Ammo 912-913 yillarga kelib, al-Ash’ariy mo’’tazila oqimidan uzoqlashib, Bag’dodga ko’chib o’tdi va o’zi yangi mustaqil ta’limotga asos soldi. IX asrda mo’’tazila oqimi shakllanayotgan paytda hali yunon faylasuflarining merosi arab tiliga mukammal o’girilgan emas edi. Shu sababli aytish mumkinki, Tavhid ta’limotining mo’’tazila talqini nisbatan mustaqil mantiqiy tafakkurga tayangan edi. Ammo al-Ash’ariy davriga kelib, Aflotun va Arastu kabi ulug’ yunon faylasuflari izidan boruvchilar paydo bo’lib, arab tilidagi mustaqil islom falsafa maktabi shakllana boshlagan va bu sohada yangilik yaratish qiyinlashgan edi.
Al-Ash’ariy o’z ta’limotini yaratishda Demokritning atom haqidagi nazariyasidan foydalangani haqida ilmiy doiralarda mulohaza yuritiladi. Ammo Al-Ash’ariyning eng asosiy asarlari bevosita bizgacha etib kelmagani sababli bu haqda aniq xulosalar qilish qiyin. Yaqin o’tmishda ash’ariya oqimi reaktsion hisoblanib, avval falsafaga, keyin mo’’tazilaga ham qarshi qo’yib kelindi. 80-yillar oxiridan boshlab, bunday yondoshuv uncha to’g’ri emasligi, mo’’tazila va ash’ariya oqimlari orasida farqlargina emas, umumiy jihatlar ham ko’p ekanligi ko’pchilikka ma’lum bo’lmoqda. Bu oqimning keyingi namoyandalari ichida Al- Baqilloniy (vafoti 1013 yil), Abu Ishoq al-Isfaroiniy (vafoti 1027 yil), Al-Juvayniy (vafoti 1085 yil), Ash-Shahristoniy (vafoti 1153), Faxriddin Roziy (vafoti 1209 yil) kabi ulug’ allomalar ijodi jahon ilmida ko’plab maxsus tadqiqotlar mavzui bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, oxirgi ikki buyuk zot ijodi alohida e’tiborga sazovor bo’lib, ularda falsafa va Kalom yo’nalishlarining yaqinlashuvi kuzatiladi.
Abul Hasan al-Ash’ariy bilan deyarli bir vaqtda bizning yana bir buyuk yurtdoshimiz Abu Mansur Muhammad bin Muhammad al-Hanafiy as- Samarqandiy al-Moturidiy (870-944) Kalom ilmining uchinchi mustaqil oqimi moturidiyaga asos soldi. Alloma tavallud topgan Moturid qishlog’i hozirgi kunda Samarqand shahrining bir mahallasiga aylangan. Yosh Abu Mansur Muhammad Samarqandda hanafiya mazhabi faqihlari qo’lida ta’lim oldi va keyincha o’sha erda o’zi ham mudarrislik qilib, fiqh va Kalom ilmini talabalarga o’rgatdi. Olimning asosiy asarlaridan «Kitob ut-Tavhid» va «Kitob ta’vilat al-Qur’on» asarlari bizgacha etib kelgan. Moturidiyning qabri Samarqandning mashhur ziyoratgohlaridan, yuzlab ulug’ allomalarning xoki-poklari joy olgan Chokardiza mozorida bo’lib, sobiq totalitarizm zamonida (1948 yildan keyin) atayin buzib tashlangan bu tabarruk qabriston mustaqillik sharofati bilan qaytadan obod qilindi. Moturidiya oqimi ash’ariyadan ba’zi masalalarga munosabati jihatidan jiddiy farq qiladi. Masalan, insonning iroda erkinligi, ya’ni o’z harakatlarida sohibi ixtiyor ekanligi moturidiya oqimida tan olinadi. Moturidiya oqimi hanafiya mazhabi doirasida, ash’ariya esa shofe’iylar orasida yoyilgan bo’lib, 1040-1044 yillarda Bag’dod va Samarqandda bu ta’limotlar rasmiy islom aqida va arkonlari sifatida tan olindi va hayotga joriy etildi. Moturidiya oqimining insonni sohibi ixtiyor deb hisoblashi va inson aqli yaxshilik va yomonlik (xayru sharr)ni bir-biridan ajrata oladi, deyishi ash’ariyadan farqli ravishda Movarounnahr va Xurosonda keyingi (XII-XV) asrlarda ilm-fan ravnaq topishiga yo’l ochdi. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi musulmon Sharqida etishib chiqqan islohotchi ulamolar
66
(Muhammad Abdu, Abdurahmon al-Kavkabiy kabilar) Imom Moturidiy ta’limotiga asoslanib, shariatdan chekinmagan holda islom dunyosini aqlga tayanib, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanib va ularni taraqqiy ettirib, islom jamiyati olg’a rivojlanishi zarurligini nazariy asoslab berganlar, zamon talabiga javob beruvchi fatvolar chiqarganlar. Bu yo’nalish Shayx Sayid Jamoliddin al-Afg’oniy, Ismoilbey G’aspi-rali, Mahmudxo’ja Behbudiy kabi ilg’or islom ulamolari faoliyatida yanada keng avj oldi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish