R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


b) botiniya ta’limoti va «Ixvon us-safo» entsiklopediyasi



Download 0,7 Mb.
bet47/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

b) botiniya ta’limoti va «Ixvon us-safo» entsiklopediyasi


Islom ma’rifatchiligi bosqichining ikkinchi yirik yo’nalishi botiniya bo’lib, uning asosida ismoiliya bid’ati yotadi. Shia mazhabidan ajralib chiqqan bu bid’at namoyandalari boshqa shialar kabi oltinchi imom Ja’far as-Sodiq (700-765) ning kichik o’g’li Muso al-Kozim (vafoti 799 yil) ni emas, katta o’g’li Ismoilni imomlikdagi vorisi deb tan oladilar (Ismoil bin Ja’far otasi hayot chog’ida 762 yilda vafot etgan) va imomatni
shu 7-imomda yakunlanadi deb hisoblaydilar27.
Misrda Fotimiylar davlat tepasiga kelgach (909 yil), ismoiliylarning mintaqa bo’ylab faoliyati avj oldi va ta’siri ham kuchaydi. Davr aql va mantiqiy tafakkur davri edi. Shunga munosib ravishda ismoiliya bid’ati targ’ibotchilari o’zlarining murakkab falsafiy tizimini ishlab chiqdilar. Ular bilimni zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) darajaga ajratdilar. Zohiriy bilim avom uchun mo’ljallangan bo’lib, asosan

Botiniya – Islom ma’rifatchiligi bosqichida shakllangan Borliq haqiqatini idrok etishga oid yana bir yirik yo’nalish bo’lib, uning asosida ismoiliya bid’ati yotadi. Ismoiliya bid’ati targ’ibotchilari o’zlarining murakkab falsafiy tizimini ishlab chiqib, shu asosda bilimni zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) darajaga ajratdilar. Zohiriy bilim avom uchun mo’ljallangan bo’lib, asosan shia mazhabi shariat ahkomlariga mos kelardi. Botiniy bilim esa faqat tanlangan tor doira - xoslar orasidagina tarqalishi nazarda tutilar va borliqni idrok etishning murakkab falsafiy tizimidan iborat edi. Botiniy bilimlar qomusi sifatida shuhrat qozongan buyuk meros - X asrda yaratilgan 52 risoladan iborat “Rasoili ihvon-us-safo va xullon ul-vafo” (“Pok birodarlar va vafodor do’stlar risolalari”) majmuasi bo’lib, bu mukammal qomus islomgacha hosil bo’lgan ilmiy-falsafiy merosni chuqur o’zlashtirish asosida yuzaga kelgan bo’lib, mintaqa ilmining keyingi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Botiniya yo’nalishi asosan ismoiliya bid’atiga bog’lab talqin etilsa ham, aslida o’sha davrlarda ko’pchilik rasmiy aqidaga muxolif qarashlar shu nom ostida umumlashtirib talqin qilinganligini ham nazardan qochirmasligimiz kerak.
shia mazhabi shariat ahkomlariga mos kelardi. Botiniy bilim esa faqat tanlangan tor doira - xoslar orasidagina tarqalishi nazarda tutilar va borliqni idrok etishning murakkab falsafiy tizimidan iborat edi. Botiniy bilimlar qomusi sifatida shuhrat qozongan buyuk meros - X asrda yaratilgan 52 risoladan iborat «Rasoili ihvon-us-safo va xullon ul-vafo» («Pok birodarlar va vafodor do’stlar risolalari») majmuasi bo’lib, bu majmuada 14 risola riyoziyot (matematika)ga, 17 risola tabiiy fanlarga, 11 kitob Oliy haqiqat sirlari va yana 10 kitob diniy masalalarning mantiqiy tahliliga bag’ishlangan edi.
Bu mukammal qomus islomgacha hosil bo’lgan ilmiy-falsafiy merosni chuqur o’zlashtirish asosida yuzaga kelgan bo’lib, mintaqa ilmining keyingi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Botiniya yo’nalishi asosan ismoiliya bid’atiga



27 Ma’lumki, shialar 12 imomga e’tiqod qiladilar.
67
bog’lab talqin etilsa ham, aslida o’sha davrlarda ko’pchilik rasmiy aqidaga muxolif qarashlar shu nom ostida umumlashtirib talqin qilinganligini ham nazardan qochirmasligimiz kerak. «Pok birodarlar» guruhidan tashqari ismoiliyaning An- Nasafiy (942 yilda o’ldirilgan), Al-Kirmoniy (vafoti 1021 yil) singari boshqa mashhur nazariyotchilari ham fanga ma’lum. Movarounnahrda ismoiliya bid’atini targ’ib etgan eng buyuk shaxs shoir va mutafakkir Nosir Xusrav (1004-1088) bo’lib, u Pomir tog’lari bag’ridagi mashhur Badaxshon o’lkasidan edi. U ismoiliya qarashlarini jiddiy falsafiy ruhda talqin qilib, ayniqsa, ijtimoiy adolat masalalariga alohida diqqatini qaratdi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish