Chiqindilar, xavfli va radioaktiv ashyolar bilan muomala qilishni huquqiy tartibga solish Reja I. Kirish II. Asosiy qism



Download 38,01 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2022
Hajmi38,01 Kb.
#575009
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya mustaqil ish


Chiqindilar, xavfli va radioaktiv ashyolar bilan muomala qilishni huquqiy tartibga solish


Reja
I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. Chiqindilar

  2. Tibbiyot chiqindilar haqida

  3. Xavfli va radioaktiv ashyolar bilan muomala qilishni huquqiy tartibga solish

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov oʼz asarlarida insoniyat duch kelgan “zamonaviy” ekologik muammolarga doimiy ravishda Аtrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholini ekologik xavfsizlikni taʼminlash Oʼzbekiston davlati ekologik siyosatining asosiy yoʼnalishi hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda inson hamda kishilik jamiyatining atrof tabiiy muhitga taʼsiri koʼlami va salmogʼi ortib bormoqda. Аtrof tabiiy muhit va uning boyliklari insoniyat uchun faqatgina yashash makoni va isteʼmol neʼmatlari manbai boʼlibgina qolmay, balki insonlar mehnat va xoʼjalik faoliyatining salbiy taʼsiri (biologik, kimyoviy, radiatsiyaviy, chiqindilar chiqarish va h.k.) obʼektiga aylanib qolmoqda.
Аyniqsa, inson xoʼjalik faoliyati natijasida vujudga keladigan, aslida atrof tabiiy muhit uchun yot boʼlgan, chiqindilar deb ataladigan ashyolarning hozirda ekologik muammolarning keskin shakllarini keltirib chiqarishdagi “roli” tobora ortib bormoqda. Uzoq yillar davomida tabiat boyliklaridan ekstensiv usulda foydalanish va ularni isteʼmol obʼekti sifatida koʼrish tabiatni shikastlovchi asosiy jarayonlar boʼlib hisoblangan boʼlsa, endilikda unga chiqindilar chiqarish ham asosiy salbiy taʼsir koʼrsatish usuliga aylandi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi paytda ekologik muammolarning aksariyati ifloslantirish natijasida vujudga kelayotgan boʼlsa, ifloslantirish jarayonlarining tub maʼnosida chiqindilar chiqarish yotishini taʼkidlash lozim.Chiqindilarning salbiy taʼsiri asosan ulardan zararli moddalar ajralib chiqib atmosfera havosini, chiqindilar joylashgan joydagi yer uchastkasini hamda shu yer uchastkasiga yaqin boʼlgan yer osti va usti suvlarini ifloslashida namoyon boʼladi. Ushbu zararli moddalar inson organizmiga nafas yoʼli, teri va oziq-ovqat orqali yuqishi va zaharlashi ham mumkin.Oʼzbekiston rivojlanishining keyingi bosqichlarida chiqindilarga oid munosabatlarni alohida huquqiy tartibga solish ehtiyoji tugʼilishi bilan 2002 yil 5 aprelda Oʼzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilindi . Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida respublikamizda atrof tabiiy muhitni ifloslantirib, unga jiddiy salbiy taʼsir koʼrsatayotgan chiqindilar muammosini alohida huquqiy tartibga solish imkoniyati tugʼildi.
Oʼzbekiston chiqindilar bilan bogʼliq jarayonlarni huquqiy tartibga solish masalalariga katta eʼtibor berish bilan birga mazkur sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Shu oʼrinda 1996 yilda Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yoʼq qilish toʼgʼrisida”gi Bazelь Konventsiyasini ratifikatsiya qilinganligini va uning talablarini bajarishga kirishilganligini aytib oʼtish joizdir.

Chiqindilar bilan bogʼliq faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish ekologik qonun hujjatlari, shu jumladan chiqindilarga oid qonunchilikni shakllantirish va uni tadbiq etish orqali amalga oshiriladi. Huquqning, shu jumladan fuqarolarning qulay atrof muhitga boʼlgan huquqining ijtimoiy ahamiyati, birinchi navbatda, tegishli huquqiy meʼyorlarning bajarilish jarayonida namoyon boʼladi Chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni davlat tomonidan tartibga solish deganda, bizning fikrimizcha, vakolatli davlat organlarining chiqindilarga oid ishlarni bajarish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʼyicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.Chiqindilar sohasidagi munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish maʼlum bir shakllarda va uslublarda amalga oshiriladi.


Ekologiya huquqida chiqindi deganda quyidagilar tushuniladi:
1) mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish jarayonida shakllangan, jismoniy yoki maʼnaviy foydalanish natijdasida oʼz isteʼmol xususiyatlarini toʼla yoki qisman yoʼqotgan xom-ashyo, material, yarimfabrikat mahsulotlarning qoldiqlari;
2) insonlar hayotiy faoliyati natijasida shakllangan qattiq maishiy chiqindilar;
3) foydalanishda boʼlmagan ishlab chiqarish jarayonida shakllangan qoʼshimcha moddalar;
4) foydali qazilmalarni kovlab olish jarayonida toʼplangan ikkilamchi, qoʼshimcha va foydalanishga yaroqsiz qazilmalar.
Chiqindilarning atrof tabiiy muhit holati va insonlar salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatishining oldini olish, shuningdek, bunday chiqindilarni xoʼjalik faoliyatiga qoʼshimcha xom-ashyo manbai sifatida jalb etish maqsadida Oʼzbekistonda chiqindilar bilan bogʼliq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari qabul qilingan.
Oʼzbekiston Respublikasi 2002 yil 5 apreldagi “Chiqindilar toʼgʼrisida” qonuni, “Oʼzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʼlovlarini qoʼllash tartibi toʼgʼrisida” nizom (Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 maydagi 199-son qaroriga 5-ilova) va b.q.lar shular jumlasidandir.
Uning shakllari boʼlib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat. hiqindilarni zararsizlantirish — chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va ko‘mib tashlash bilan bog‘liq faoliyat hiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar; chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori; chiqindilarni joylashtirish obyekti chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy; chiqindilarni saqlash — chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;chiqindilarning hosil bo‘lish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlang‘ich xomashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar.Davlat tomonidan tartibga solish uslublari deganda, ijtimoiy munosabatlar subʼektlariga davlat tomonidan taʼsir koʼrsatish usullari tushuniladi. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy koʼrsatmalar berish kiradi.Chiqindilarga oid munosabatlar tegishli davlat organlarining ruxsat berish uslubi asosan chiqindilarga oid jiddiy ishlarni amalga oshirishda qoʼllaniladi. Jumladan, xavfli chiqindilarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratishga ruxsat berish.Rozilik berish (sanktsiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlangan meʼyorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Chiqindilar sohasida munosabatlarni tartibga solishning taqiqlash uslubi atrof muhitni muhofaza qilishni tashkil etishda keng qoʼllaniladi va chiqindilarga oid ishlarni amalga oshirish boʼyicha maʼlum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi. Chiqindilar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda qatnashadigan davlat organlarining vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ekologik munosabatlar subʼektlariga nisbatan majburiy hisoblanadi. Аmmo majburiy koʼrsatmalar berish uslubi ushbu davlat organlarining faoliyatida asosan ekologik nazoratni amalga oshirish jarayonida qoʼllaniladi.
Chiqindilarga oid ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni davlat nomidan tartibga solishni amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega boʼlgan davlat organlariga boʼlinadi. Maxsus vakolatga ega boʼlgan organlar oʼz navbatida tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid turlarga boʼlinadi.Umumiy vakolatga ega boʼlgan organlar qatoriga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular oʼzi mustaqil ravishda, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga kiritish masalalarini hal qiladi. Umumiy vakolatga ega boʼlgan davlat organlari chiqindilarga oid davlat boshqaruvining baʼzi funktsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilab beradi. Jumladan, chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish sohasida normativlar ishlab chiqish va tasdiqlash, chiqindilarni olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida olib oʼtish, chiqindilarni pasportlash tartiblarini, chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʼlov hajmini belgilaydi, xavfli chiqindilarning hamda chegara osha tashilishi davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʼlgan chiqindilarning roʼyxatini tasdiqlaydi. Bunda umumiy vakolatga ega boʼlgan organlar faqat ushbu tartiblarni belgilab beradi xolos, ularni amalga oshirish bilan esa maxsus vakolatli davlat organlari shugʼullanadi. Mazkur organlarning roli juda kattadir, chunki chiqindilarga oid asosiy funktsiyalar ularning zimmasiga yuklatilgan. Maxsus vakolatli davlat organlariga chiqindilarga oid ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qoʼmitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyatlari asosan chiqindilarga oid munosabatlarni tartibga solish bilan bogʼliq boʼlganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadi. Ular tarmoqlararo, yaʼni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, yaʼni maʼlum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga boʼlinadi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʼgʼrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bu – Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, “Oʼzkommunxizmat” agentligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʼrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasilari hisoblanadi.Ekologiya sohasida, jumladan chiqindilar sohasida davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar: chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish va ularning zararli taʼsirini bartaraf etish boʼyicha meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni taʼminlovchi meʼyorlarni belgilash, ekologik sertifikatlash, chiqindilarning davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish, ekologik nazoratni amalga oshirish, nizolarni hal qilish.Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʼlgan mahsulot va chiqindilarni Oʼzbekiston hududiga olib kirish va undan olib chiqib ketishga ruxsatnoma berishning asosi boʼlib ekologik sertifikat hisoblanadi. Ushbu sertifikat Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasining ekologik sertifikatlash organlari yoki “Oʼzstandart” agentligida akkreditatsiyadan oʼtgan hududiy organlar tomonidan beriladi yoki tan olinadi.Sogʼliqni saqlash vazirligi esa “Chiqindilar toʼgʼrisida”gi Qonunga koʼra, chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga (mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-gigiena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiena sertifikatini beradi.
Tibbiy chiqindilarga muddati o'tgan dori vositalari, aralashmalar va tabletkalardan qolgan qoldiqlar, qadoqlash materiallari, qo'lqoplar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash birliklarining ifloslangan chiqindilari, kiyim-kechaklar kiradi. Ushbu chiqindilarning barchasi tadqiqot laboratoriyalari, sud ekspertizasi muassasalari, kasalxonalar va veterinariya klinikalari faoliyatidan hosil bo'ladi.Rivojlangan mamlakatlarda ushbu turdagi chiqindilar yuqori harorat yordamida yo'q qilinadi, Rossiyada bu turdagi chiqindilar axlat bilan umumiy shahar poligonlariga tashlanadi, bu yuqtirish va yuqtirish xavfini sezilarli darajada oshiradi.Har bir muassasa chiqindilarni yig'ish bo'yicha xavfsizlik qoidalariga ega bo'lgan maxsus yo'riqnomaga ega. Qonunchilik tibbiy chiqindilarni yo'q qilish bilan shug'ullanadigan tashkilotlar uchun litsenziyani talab qiladi. Maxsus sanitariya-epidemiologiya bo'limlari litsenziya berish huquqiga ega.Chiqindilarni yo'q qilish muammosini hal qilish tibbiy chiqindilar, uning turidan qat'i nazar, inson salomatligiga katta zarar etkazishi, ekotizim va uning aholisiga zarar etkazishi mumkin. Qutqarish sinflarga bo'linadi:

  • A - xavfli emas;

  • B - potentsial xavfli;

  • B - juda xavfli;

  • G - toksik;

  • D - radioaktiv.

Har bir chiqindining o'z chiqindilarini tashish qoidalari mavjud. A sinfidan tashqari barcha navlar majburiy yo'q qilish guruhiga kiradi. Ko'pgina muassasalar chiqindilarni yo'q qilish qoidalarini e'tiborsiz qoldiradilar va ularni umumiy axlatxonaga olib boradilar, bu vaqt o'tishi bilan noqulay sharoitlarda yuqumli kasalliklar epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkin.Xavfli guruhga axlatxonalar yaqinida yashovchilar, shuningdek, axlatxonalarni, hayvonlar, qushlar va hasharotlarni parvarish qiladigan odamlar guruhi ham yuqtirish vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin.Tibbiy chiqindilarni yo'q qilish uchun maxsus jihozlardan foydalanish juda qimmatga tushadi, davlat ularni yo'q qilishda tejaydi.
Tibbiy chiqindilarni yig'ish va qayta ishlash
Tibbiy chiqindilarni yig'ish va qayta ishlash sanitariya ekspertizasidan o'tgan va ushbu faoliyat turi uchun litsenziya olgan maxsus tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday muassasalarda chiqindilarni qayta ishlash to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladigan maxsus jurnal yuritiladi, har bir chiqindilar klassi o'z hisobga olish shakliga ega.

Download 38,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish