R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet33/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Islom mintaqa madaniyati



49
Agar tarixiy voqelikni to’g’ri idrok etadigan bo’lsak, bu davrga kelib qadim Turon o’lkasida muayyan siyosiy parokandalik holati hukm surar, turli kichik hukmdorlar bir-biri bilan olishib yotar, Buyuk Turk xoqonligi tanazzulga yuz tutib, turkiy va eroniy qavmlardan biri arablarga keskin qarshilik ko’rsatsa, ikkinchisi murosasozlik yo’lini tutardi. Baribir bosqinchilikka qarshi milliy-ozodlik kurashi to’xtamadi, Islom dini ham dastavval mahalliy xalq ongiga juda qiyinchilik bilan singib
bordi. Ammo ilg’or tavhid e’tiqodi eski xurofiy aqidalar ustidan asta-sekin g’olib kelishi tabiiy edi. Bir qator turkiy va eroniy qavmlar arablar bilan yagona e’tiqod
asosida ittifoqlashuv yo’lini tutishga moyil bo’lib borardilar. Faqat ummaviy xalifalardan aksariyati mahalliy Ajam xalqlarini arablar bilan teng ko’rmaslik siyosatini tutar va bu bilan xalqlarning ixtiyoriy ravishda imon keltirishlariga ma’naviy jihatdan to’sqinlik qilardi. Bu orada Rasulullohning qarindosh va avlodlari, birinchi navbatda, kuyovlari
hazrati Ali (raziyallohu anhu) va amakilari hazrati Abbos (raziallohu anhu) avlodlari nomidan xalifalik taxtiga da’vogarlik boshlandi. Abbosiylar o’z maqsadlariga erishish uchun Xuroson va Movarounnahrdan yordam istadilar. Abbosiy imom Ibrohim asli ajamlik bo’lgan Abu Muslimni qullikdan ozod qilib, Xurosonga Abbosiylar foydasiga targ’ibot olib borishga jo’natdi. Abu Muslim juda tez vaqt ichida ajam xalqlaridan katta qo’shin to’plab, Ummaviylarga qarshi kurash boshladi va 750 yilda Ummaviylar sulolasi yo’q qilinib, Abbosiylar xalifalik
taxtiga o’tirdilar. Abu Muslim qo’zg’oloni g’alabasi mintaqa tarixida hal qiluvchi o’zgarishlarga olib keldi. Abbosiylar ajam xalqlari bilan hamkorlikda g’alabaga erishdilar. G’olib qo’shin tarkibida arablardan ko’ra ajamliklar, ya’ni fors va turklar ko’proq edi. Xorun ar-Rashid zamonidan xalifaning shaxsiy qo’riqchilari turkiy xalq vakillaridan, saroy kotiblari va vazirlar ko’proq eroniy xalq namoyandalaridan tayinlanadigan bo’ldi.
Shunday qilib, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan mintaqaning uch buyuk xalqi - arab, fors va turkiy elatlar aro siyosiy qudratda o’ziga xos muvozanat holati vujudga keldi. Islomning asl g’oyasi - musulmon ummatining tengligi amalda joriy bo’lishiga voqe’ imkon tug’ildi. Shu davrdan boshlab mintaqa xalqlari orasida islom dinining nufuzi tez osha boshladi. Islom mintaqa madaniyatining shakllanish jarayonini shu
sabablarga ko’ra VIII asr o’rtalari - Abu Muslimning Ummaviylar ustidan g’alabasi va Abbosiylar xalifaligi o’rnatilishidan boshlash maqbul ko’rinadi. Ushbu mintaqa madaniyati XIII asr boshlarigacha shiddat bilan yuksaldi,
50
mo’g’ullar bosqini bir muddat madaniy taraqqiyotga mone’lik qilgan bo’lsa ham, baribir, XVI asr boshlarigacha mintaqada ma’naviy yuksalish davom etdi. Ammo XVI asr boshlarida yuz bergan katta siyosiy o’zgarishlar natijasida butkul o’zgacha holat vujudga keldi. Kichik Osiyoda Usmoniylar, Eronda Safaviylar, Movarounnahr va Xurosonda Shayboniylar, Afg’oniston va Shimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasi bir necha yuz yilga mustahkam o’rnashib, yaxlit islom madaniy mintaqasi o’rniga alohida davlatlar hududida milliy-madaniy o’ziga xoslik shakllana boshladi. O’zaro ta’sir ma’lum darajada saqlanib qolgan bo’lsa ham, asta-sekinlik bilan mintaqaviy umumiylikdan ko’ra milliy o’ziga xosliklar quvvati oshib bordi. Biroq bu holat darhol bilingani yo’q, balki bir necha yuz yillarga cho’zilgan jarayon bo’ldi. Aytish mumkinki, XX asr boshlarida ham Shimoliy Afrikadan Sharqiy Turkistongacha, Volga bo’ylaridan Bengaliyagacha yoyilgan islom mintaqa madaniyatining yirik va nufuzli namoyandalari bir-birlarini bilar, o’zaro ijodiy-ma’naviy hamkorlik rishtalarini uzmagan edilar. Buyuk Britaniya va Rossiya imperializmi ham uhdasidan chiqmagan niyatga Sho’ro hukumati erishdi - qadim Turonzamin xalqlarining qo’shni xalqlar bilan necha ming yillik madaniy- ma’naviy aloqalarini cho’rt uzib tashladi, nafaqat qo’shnilar bilan, balki o’z o’tmish madaniyati bilan ham bevosita munosabatda bo’lish imkonini keskin kamaytirib, milliy ma’naviyatimizni g’ariblikka mahkum etdi. Mana endi bugungi mustaqillik sharoitida biz necha yillar ko’zimizdan yashirin bo’lgan ulkan ma’naviy zaxiralarni yangidan kashf etmoqdamiz.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish