R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet32/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Islom ma’naviyati – Oxirgi va mukammal ilohiy kitob bo’lmish Qur’oni karim mazmunida ifodalangan ma’naviyat tizimi bo’lib, Inson ruhining Borliq haqiqati bilan uyg’unlashuv sari intilishida g’aybiy hidoyat yo’li hisoblanadi. Islom dini va ma’naviyati mohiyatan boshqa- boshqa narsalar emas, ammo insonlar tasavvurida ular farq qilishi mumkin. Masalan, islom dinida qabul qilingan farz ibodatlar va aqidaviy qoidalar boshqa tavhidiy dinlardan farq qiladi, ammo islom ma’naviyatiga ko’ra har bir inson o’z aqidasi va Borliq haqiqati to’g’risidagi tasavvurlaridan qat’i nazar “er yuzidagi xalifa” sifatida ehtiromga sazovordir.
Islom ma’naviyatining qirralari rango-rang, mohiyati teran. Sanab o’tganimiz ilmiylik va yozma
madaniyatga tayanish, tarixiy tadrijiylik va tavhid izchilligi shular jumlasidandir. Qur’oni karim oyatlariga binoan insonning er yuzida xalifa ekanligining bir necha qayta ta’kidlanishi islom ma’naviyatining eng ulug’ qadriyatlaridandir. Qur’oni karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga er va osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida uqdirib o’tilgan.


      1. fasl. VIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil topishi.


Islom ma’naviyatining eng oliy nuqtalaridan biri qabilachilik xurofotlariga uzil-kesil barham berganligi, urug’ jamoasi, yagona ajdodga borib taqaluvchi irsiy birodarlik o’rniga tavhid e’tiqodi asosidagi insoniy birodarlik jamoasi - «umma» tushunchasining kiritilishi bo’ldi. Bu hodisa ahli bashar ma’naviy takomilida eng muhim burilish nuqtasidir, ammo ushbu g’oya hanuz ham mukammal anglab etilgan, deb bo’lmaydi.


Islom mintaqa madaniyatining shakllanishi osonlik bilan bo’lgani yo’q, buning uchun ba’zi siyosiy masalalar to’g’ri hal bo’lmog’i zarur edi. Payg’ambarimiz umrining oxirlariga borib arab dunyosida «umma» g’oyasi g’oliblikni qo’lga kiritdi, arablar qabilachilikdan yagona millat darajasiga ko’tarila boshladi. Bu jarayon ilk xalifalar Abu Bakr va Umar (raziallohu anhuma) davrlarida nihoyasiga etdi. Yagona arab davlati shakllandi. Islom qo’shni mamlakatlarni ham fath eta boshladi. 642 yilda oxirgi Sosoniy Yezdigerd III Nahovand yaqinidagi jangda engilib, Xurosonga qochdi. 674 yilda arab qo’shini birinchi marta Amudaryoni kechib o’tib, Buxoroga kirdi. Qutayba ibn Muslim (705-717) davrida Movarounnahr arablar tomonidan asosan ishg’ol qilindi.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish