R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet31/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Islom dini asotir tafakkurga eng keskin va oxirgi zarbani berdi. Qur’oni karimda «ilm» so’zi asosidagi «alima» (bilmoq) fe’l negiziga tayangan kalimalar
47
750 marta uchrashligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo’lib, bu o’zak faqat
«Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «bo’lmoq» va «gapirmoq» kabi eng ko’p ishlatilgan o’zak-so’zlardan keyin beshinchi o’rinda turar ekan.
Rasulullohga ilk nozil bo’lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni karim matni 96-surasi («Alaq»)ning birinchi oyatlari bo’lib, shunday boshlanadi: «Iqra’ bi-ismi robbikal- lazi xalaq!» («Yaratgan rabbing nomi bilan o’qi!»). Orada bir oyat o’tib, yana
«o’qi!» so’zi qaytariladi: «Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona ma lam ya’lam». («O’qi! Sening o’ta karamli parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi»). Shunday qilib, islom e’tiqodi avval boshidanoq insonni o’qib-o’rganishga, ilm

Islom dini – Muhammad (sav)ga vahiy orqali nozil bo’lgan Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karimda va Payg’ambarimizdan etib kelgan sahih hadislarda o’z ifodasini topgan e’tiqod tizimi.
vositasi bilan dunyoni anglab etishga targ’ib qiladi. Islom dinining yana bir muhim xislati ahli bashar ma’naviy kamolotida tarixiy tadrijiylikni qat’iy qoida qilib belgilab qo’yilganligidadir. Bu masala Qur’oni karimning ko’p suralari jumladan, ikkinchi («Baqara») va uchinchi («Oli Imron») suralarining boshlang’ich oyatlarida ochiq-ravshan ta’kidlangan bo’lib, o’zbekcha tarjimada quyidagicha
ifodalangan: «Alif. Lom. Mim. Ushbu (ilohiy) Kitob (Qur’on) shubhadan xoli va (u shunday) taqvodorlar uchun hidoyat (manbai) dirkim, ular g’oyib (diniy xabarlar) ga imon keltiradigan, namozni mukammal o’qiydigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir. Yana, ular Siz (Muhammad) ga va Sizdan ilgari (o’tgan payg’ambarlarga) nozil qilingan narsa (ilohiy kitoblar)ga imon keltiradigan hamda oxirat (qiyomat) ga qat’iy ishonch hosil qiladiganlardir. Aynan ular Parvardigorlari tomonidan (ato etilgan) hidoyat uzradirlar va aynan ular najot topuvchi-lardir». («Baqara» surasi, 1-5-oyatlar). Demak, mo’’min bo’lmoqning asosiy shart-laridan biri faqat
Qur’onni emas, balki undan oldingi payg’ambarlarga nozil etilgan kitoblarni ham yagona Alloh tomonidan yuborilganligini tan olishda ekan.
Keyingi, «Oli Imron» surasining bosh- lang’ich oyatlarida ushbu g’oya yanada aniqroq qilib tushuntiriladi: «Alif. Lom. Mim. Alloh – Undan o’zga iloh yo’qdir. U tirik va abadiy turuvchidir. (U) Sizga (ey, Muhammad), Kitob (Qur’on) ni haqiqatan o’zidan oldingi (ilohiy kitoblar) ni tasdiqlovchi holida nozil qildi. Tavrot va Injilni oldin nozil qilishi esa, odamlarga hidoyat
(manbai) bo’lishi uchun edi. (Endi esa) haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi (Qur’on) ni nozil qildi...» («Oli Imron» surasi, 1-4-oyatlar).
Bu oyatlarda Qur’onning Furqon (“haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi”) deb nomlanishi alohida ta’kid etilganki, bu ham chuqur hikmatga ega. Tarixiy tadrijiylik nafaqat Qur’onda, balki undan oldingi ilohiy kitoblarda ham ta’kid etilgan va ularda o’zidan keyingi kitoblarga ishoralar mavjud ekanligi ma’lum.
48
Qur’onda qayta-qayta ta’kidlanishicha, islom dinida Alloh oldidagi eng og’ir gunoh shirk, ya’ni yagona Parvardigorga qaysi bir zotni sherik qilishga urinishdir. Barcha ilohiy kitoblarda olg’a surilgan Tavhid (yaratuvchining yagonaligi va barcha mavjudot manbai ekanligi) g’oyasi islomda o’zining oliy darajadagi talqinini topgan.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish