2-fasl. Turkiy toshbitiklarda milliy g’oyaning ifodalanishi.
«O’g’uznoma», «Kultegin bitiklari», «To’nyuquq bitigi», «Bilka qog’on bitigi» singari yirik tarixiy-badiiy asarlar o’sha davr ajdodlarimiz tafakkur tarzi, orzu-armonlari, ma’naviy kamolot darajasini aks ettiradi. Bizning nazarimizda, ushbu tosh bitiklardagi eng muhim mavzu Vatan va millat, mustaqil davlatchilik g’oyalaridir. Ular bitik mualliflari Yo’llig’ tigin, To’nyuquq va boshqalar qalbida yuksak ehtiroslarni tug’dirgan va bu tug’yon ularni o’qigan bugungi kitobxon diliga ham bundan 12 asr burun qanday bo’lsa, xuddi shunday ta’sir ko’rsata oladi. Budunning (ya’ni, o’sha davr tilida - xalqning) butunligi, yurtboshining oqilligi va tadbirkorligi, bahodirlar shiddati va shijoati bugungi kunimiz uchun ham ibrat va namuna bo’lgulikdir.
Ushbu bitiklar mazmunidan turkiy elat islomdan oldinoq yaxlit bir xalq sifatida o’zligini tanib olganini oydin his qilamiz va islom davridagi turkiy sulolalar yuksalishining ma’naviy omillar va asoslarga ega ekanligi ayon bo’ladi. Bu paytda turkiy xalqlar yagona Tangriga e’tiqod qilishgan. 716-720 yillar orasida yozilgan «Kichik Kultegin bitigi» shunday shiddat bilan boshlanadi:
Tangri toq. Tangri inoyati bilan
Turk Bilka qog’on bu erga o’lturdim. So’zimni tugal eshitgil.
Og’a-inilarim, o’g’lonim, Birlashgan ulusim, budunim, O’ngdagi hokim, katta beglar, So’ldagi buyruq tarqatuvchi beglar, O’tuz
To’quz o’g’uz beklari, buduni Bu so’zimni yaxshilab eshit, Qattiqla tingla.20
Bu satrlarni 716 yilda taxtga o’tirgan Bilka qog’on nomidan uning jiyani, buyuk sarkarda Kulteginning nabirasi ulug’ shoir Yo’llug’ tigin (tigin – turkiyda
«shahzoda» ma’nosini bildiradi) yozmoqda. Bu Vatan va millat fidoyisi o’z ajdodlari, bobosi va amakisining shonli kurashlariga bag’ishlab yozgan yirik marsiya-dostonlarida millat va xalq boshini qovushtirish uchun o’z hayotini tikkan bahodir va tadbirkor yurt ulug’larini madh etdi, ulusning bosh manfaati, milliy davlatning etakchi g’oyasi nima ekanligini yorqin satrlarda ifodalab berdi:
A.Qayumov. Qadimiyat obidalari. T. 1972, s. 134 (Matn tarjimasi ba’zi o’zgarishlar bilan berilmoqda).
“Turk buduni” - Buyuk turk xoqonligi (Ko’k turk xoqon-ligi) davrida umumturkiy adabiy til, mustaqil davlatchilik g’oyalari asosida mukammal shakllangan va “Kultegin bitigi”, “Bilka qog’on bitigi”, “To’nyuquq biti- gi” kabi turkiy tosh-bitiklarda o’z ifodasini topgan yagona turkiy xalq va millat timsol- tushunchasi.
Turk budunini biriktirib,
El tutunmog’ingizni bunda bitdim. Yanglishib parchalanishingizni, Yana bunda bitdim.
Ne-ne so’zim esa, Mangu toshga bitdim. Uni ko’ra biling,
Endigi turk buduni, beklar.21
Iste’dodli sarkarda Kultegin turli turkiy qabilalarni yagona xalq sifatida
birlashtirish uchun butun umrini fido qildi, Turk xoqonligining oxirgi hukmdorlaridan bo’lmish akasi Bilka qog’on saltanatini bobolari boshqargan dovrug’li yurt hududlarida saqlab qolish uchun tinmay turli buzg’unchilik tamoyillariga qarshi ayovsiz janglar olib bordi. Yo’llug’ tigin buyuk bobolari timsolida elni vatanga muhabbat, millatparvarlik ruhida tarbiya qilishga intiladi, yurt tinch, xalq hayoti farovon bo’lishi uchun davlatni boshqaruvchilardan, beklardan va oddiy aholidan qanday ma’naviy fazilatlar talab etilishini ulug’ xoqonlar davridan namuna keltirib ko’rsatib beradi:
Bilka qog’on ermish, Alp qog’on ermish,
Buyruqchilari ham bilka(bo’lg’on bo’lsa) ermish, Alp bo’lgan bo’lsa ermish.
Beklari yana, buduni yana to’g’ri ermish, Shuning uchun ancha qo’l tutgan bo’lsa ermish.22
Demak, hukmdorning asosiy fazilati bilimli, farosatli, shu bilan bir paytda shijoatli va mard bo’lsa, lashkarboshilar, amaldorlar ham shunday bo’lsa, beklar, oddiy fuqarolar millat va Vatanga sodiq, to’g’riso’z, gapi bilan amali bir joydan chiqadigan bo’lsa mamlakat yuksalar, el farog’atda yashar ekan. Agar hukmdorlar elni o’ylamasa, xalq to’g’ri yo’ldan toysa, yurt xarob bo’lib, millat o’zgalar asoratiga giriftor bo’lar ekan. Bu azaliy va abadiy ma’naviy qadriyatlar bugungi kunimizda ham o’z dolzarbligini saqlab kelayotgani O’zbekiston Prezidentining qator asarlari va boblarida o’z aks-sadosini topib kelmoqda. Bundan 1300 yil ilgari Yo’llig’ tigin, To’nyuquq kabi millat uchun qayg’urgan shoirlari bo’lgan el o’zligini hech qachon yo’qotmaydi, dahrning ming bir balolaridan omon chiqib yana yuksalaveradi.
Xullas, asotir tafakkur bosqichida urug’ jamoasi bo’ladi, qabilalar bo’ladi, qabilalar ittifoqi shakllana boshlaydi. Ammo millat tushunchasi bu davrdan ancha keyin, milliy davlat shakllanishi bilan bir paytda yuzaga keladi. Masalan, «Avesto»
O’sha kitov, s.137
O’sha kitov, s.139-140
44
kitobi yozilgan til biror muayyan millatning tiliga mos kelmaydi. Eronda Ahmoniylar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi mintaqa tarixida imperiyalar davrini boshlab berdi. O’lkamiz xalqlari begona imperiya da’vogarlarining ming yillik bosqinchilik azoblarini ko’rdi, ushbu kurashlar mobaynida mustaqil millat sifatida shakllanib bordi, avval xunnlar va Kushonlar tarkibida, so’ng mustaqil millat sifatida milliy davlatchilikni -Buyuk Turk xoqonligini vujudga keltirdilar. Bu davrda (V-VII asrlarda) turkiy adabiy til ham shakllandi va ushbu umumturkiy adabiy til yodgorliklari bizgacha toshbitiklar va boshqa matnlarda etib keldi. Millatning o’z-o’zini anglab eta boshlagani, turli turkiy elatlarning bir butun xalq («budun») sifatida birlashuvi hayot va mamot masalasi bo’lib, yuzaga chiqqanligi ushbu matnlar mazmunida aniq ifodalangandir. Turkiy millat o’z mustaqilligi uchun, elatlar birligi uchun kurashda, ayovsiz janglarda shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |