Imon – shaxs ma’naviyati- ning muhim tarkibiy jihati, o’zi anglab etgan va to’g’ri deb bilgan Borliq haqiqatigasamimiy e’tiqod. Imon-e’tiqod ma’naviyatning o’zak tomiri bo’lib, shaxs ma’navi-yati imondan boshlanadi. Xalqimiz tilida “imonsiz” degan so’z eng og’ir haqorat sanalishi bejiz emas. surasining 255-oyati («Oyat
al-kursi») mazmuni bilan ma’lum darajada muvofiq kelishiga e’tibor qiladigan bo’lsak, o’sha paytda ham insoniy bilimlar manbai yolg’iz ilohiy boqiy bilim deb tasavvur qilinganini sezamiz. Ammo u davrlar odamining aksariyati asotir tafakkur darajasida dunyoni tasavvur qilganliklari sababidan, Zardusht
«goh»lari (munojotlari)dagi tavhid g’oyalari mushriklik adashuvlari bilan qorishib ketdi.
«Mazdayasna» e’tiqodining axloqiy tamal toshi – «ezgu o’y, ezgu so’z, ezgu amal» birligiqoidasi ham shu davrdan kelayotgan yana bir ulug’ ma’naviy qadriyat deyish mumkin.
Islomgacha butun bashariyat, jumladan, o’lkamiz xalqlari juda uzoq tarixiy jarayonni boshdan kechirdilar, buyuk
ma’naviy kamolot yo’lini bosib o’tdilar. Ajdodlarimiz avvalo tabiat bilan munosabatda ma’lum urug’, qabila jamoasi tarkibida o’zligini anglab etgan bo’lsalar, so’ng mintaqa miqyosiga chiqdilar. «Avesto» ma’naviyati Hindistonning
«Veda» madaniyati, qadim Shumer, Bobil va
Ashshur madaniyatlari, qadim Yunon va Rum antik madaniyatlari mohiyatiga monand bo’lib, ular singari tosh asridan boshlab shakllanib kelgan
33
asotir tafakkur asosidagi ma’naviyat edi, unda dunyoni, atrof-muhitni idrok etish o’ziga xos tarzda kechardi. Inson ma’naviy kamolotining dastlabki bosqichlarida bu idrok tarzi ancha-muncha ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan esa-da, keyinchalik uning cheklanganligi, ichki qusurlari bilinib qola boshladi. Bu ma’naviy kamolotda bo’hron holatini yuzaga keltirdi, mintaqa xalqlari taraqqiyotida ma’naviy turg’unlik xavfi paydo bo’ldi. Navoiy timsollaridan foydalanib ta’bir etganda, ajdahoni engib o’tgan Farhod oldida endi Axriman-devni engish zarurati paydo bo’ldi. Mazdayasna e’tiqodi asotir tafakkur qobig’idan chiqib keta olmadi.
Turon o’lkasida asotir tafakkurning mutlaq hukmronligi aslida qay davrgacha bo’lganligini hozir aytish qiyin, ammo milodiy era boshlanishidan ancha ilgariyoq bu o’lka xalqlari tafakkurida yangilanish boshlangan edi. Iskandar Maqduniy davridan Sharq va G’arb madaniyatlari uyg’unligining yorqin timsoli - ellinizm yo’nalishi shakllangan bo’lsa, keyinroq Mazdayacna e’tiqodini qayta isloh qilish orqali monaviylik bid’ati vujudga keldi. Kushonlar davrida Hindistondan Budda e’tiqodi tarqalib, Vizantiyadan nasroniylar ko’chib kela boshladilar. Sibir va Mo’g’uliston turkiy xalqlari Ko’k tangri e’tiqodini takomillashtirib bordilar. O’lkamizda milliy birlik tamoyili kuchayib borishi e’tiqodlar xilma-xilligi bilan bir paytga to’g’ri keldi. Bunday murakkab ma’naviy vaziyatning ham ijobiy, ham ma’lum darajada salbiy oqibatlari o’zini ko’rsatmoqda edi. Ijobiyligi shunda ediki, ajdodlarimiz ongidan asotir tafakkur unsurlari asta-sekin siqib chiqarilib, milliy tafakkur etakchi mavqega ko’tarilib bordi. Salbiy jihati shunda ediki, e’tiqodda sobitlik, dunyoni idrok etishda yaxlit tasavvurlar tizimi yo’q edi. Eski asotir tafakkurning inson ongidagi mutlaq hukmronligi boy berilgach, faqat milliy birlik, yagona davlatchilikka intilishgina ma’naviyatdagi umumiylikni ma’lum darajada saqlab turar edi.
Inson dunyoni, voqelikni, borliq mohiyatini to’liq va to’kis, muayyan va ravshan idrok etishi uchun yana bir ilohiy inoyat lozim bo’ldi. Insoniyat hayotidagi bu ulug’ ma’naviy yangilanish Arabiston yarim orolidan dunyoga tarqaldi. Johiliya (ya’ni islomdan avvalgi davr) arablarini ba’zan yalpi ibtidoiy jamoa tuzumida yashagandek talqin etishadi. Bu to’g’ri emas. Arab tili qadim Bobil xalqi akkadlar va qadim yahudiylar tili bilan bir guruhdagi qardosh tillardan bo’lib, shuning o’zi arab xalqining qadimiyligiga ishoradir. Janubiy Arabistondagi Yaman va Xadramavt o’lkalarida miloddan avvalgi ming yillik boshida yozma madaniyat va davlatchilik an’analari yaxshi rivojlanganligi fanga ma’lum. Keyingi davrlarda ham Arabistonda turli podsholiklar mavjud bo’lgan. Faqat o’zgalar singari arablar ham Qur’oni karim nozil bo’lishidan oldin ma’naviy va ijtimoiy jihatlardan bo’hronli holatda edilar.
Yana bir narsani qayd etib o’tmoq lozimki, arablarda to VII asrgacha
«Avesto» yoki «Vedalar» singari mukammal shakllangan asotir dunyoqarash tizimi mavjud emas edi, bu holat, aytish mumkinki, yangi yaxlit e’tiqod tizimini qabul qilishni ma’lum darajada osonlashtirar edi. Aksincha, mintaqada va uning chegaralarida tavhid ta’limotiga asoslangan yahudiy va xristian e’tiqodlari keng tarqalganligi ham birmuncha jarayonni osonlashtirar edi. O’sha davrda arab qabilalarining holati turkiy qavmlarning Buyuk turk xoqonligi tuzilishidan biroz
34
oldingi ahvoliga yaqin bo’lib, ular oldida ham qabilachilik ziddiyatlarini engib o’tib, yagona milliy davlat tuzish zarurati ro’y-rost ko’rinib qolgan payt edi.