O’tilgan mavzu bo’yicha savollar:
«Avesto» kitobida mintaqa xalqlari ma’naviy takomilining qaysi bosqichi o’z aksini topgan?
.«Mazdayasna» e’tiqodining mohiyati.
Markaziy Osiyo va O’zbekiston hududidagi ilk shaharlar.
«Avesto»da ilm va imon nisbati.
«Avesto»da tavhid e’tiqodi va asotir tafakkur ta’siri.
Zardusht «goh»larining etakchi g’oyasi.
«Mazdayasna» e’tiqodining axloqiy tamal toshi.
«Avesto» kitobida tilga olingan o’lkalar.
«Avesto» matnlari taqdiri.
«Avesto» kitobining hozirgi kunda saqlanib qolgan qismlari.
Avesto»ning jahon ilmida o’rganilishi.
bob.
Turkiy toshbitiklar ma’naviyati.
1-fasl. Movarounnahrda qadim davlatlar va milliy ma’naviyatning shakllanish omillari.
Milliy davlatlarning shakllana boshlashi millatning shakllanishi bilan bevosita bog’liq hodisa. «Avesto» madaniyatining tugal shakllanishi miloddan ilgarigi VII-VI asrlarda yakunlangan va balki shu davrlarda yozma matnga ko’chgan bo’lsa ehtimol. Har holda Iskandar Maqduniy o’lkamizga kelganda
«Avesto»ning to’liq yozma matni mavjud bo’lganligi turli qadim kitoblarda qayd etiladi. Bizning mintaqada ilk davlatchilikning yuzaga kelishi ham ushbu davrlargacha boshlangan bo’lib, «Avesto» matnlarida ilk davlatchilikka oid atamalar va tushunchalar uchrashi bejiz emas. Ammo «Avesto» kitobining to’liq shakllanish davri bo’lgan bronza asri boshlarida asosan, yuqorida eslab o’tganimiz, ilk shahar-davlatlar mavjud edi. Ular atrofida esa hanuz kichik urug’ jamoalari, qabilalar alohida-alohida, guruh-guruh bo’lib istiqomat qilardilar. Asta-
41
sekin o’zaro yaqin joylashgan turli o’lkalar aro madaniy, iqtisodiy, siyosiy aloqalar vujudga kela boshladi. «Avesto» kitobida Oliy tangri Axura Mazda yaratgan o’lkalar Ariana Vaeja (Xorazm), Gava (Sug’diyona), Mouru (Marg’iyona), Baxdi (Boxtar yoki yunoncha shaklida Baqtriya), Nisaya (Nisa - Parfiya poytaxti), Haroyva (Hirot) va boshqalarni sanab o’tilishi «Mazdayasna»e’tiqodi dastlab tarqalgan ushbu o’lkalar yagona madaniy mintaqa, keyincha Movarounnahr va Xuroson deb atalgan sarhadni tashkil etganligi ma’lum bo’ladi. Shimolda Xorazmdan janubda Shimoliy Hindistongacha, hozirgi Eronning shimoli-sharqidan Farg’ona vodiysi, Ettisuv o’lkasigacha, Afg’oniston chegaralari esa deyarli to’liq ushbu hudud ichida joylashgandir. Ushbu mintaqa miqyosida shakllangan madaniy-ma’naviy muhit asta-sekin o’z chegaralarini kengaytirib borib, butun Eron va Ozarbayjonga tarqaldi. Eron hududida zardo’shtiylik e’tiqodiga tayangan buyuk imperiyalar tarkib topdi va ular orqali bu ta’limot Mesopotamiya (ya’ni Dajla va Furot daryolari oralig’i, hozirgi Iroq va Suriya, qadimgi Bobil va Ashshur), Arabiston yarim oroli, Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya, qadimda Vizantiya), hatto qadim Yunon va Rum (hozirgi Italiya) chegaralariga etib borib, o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ammo Zardo’sht g’oyalari qadim Yunonda ilm-fanning rivojiga xizmat qila boshlagan bir paytda bizning mintaqa xalqlari boshiga ko’p kulfatlar yog’ildi. Avvalo, Eronda saltanat o’rnatgan Axmoniylar (Haxomanishiylar - Kurush, Doro va boshqalar) qadim Turon yurtiga ketma-ket bosqinlar uyushtirdilar. So’ng Yunonistondan Iskandar Maqduniy lashkar tortib keldi. Ikkinchi tomondan, Xitoy xoqonlari goh josus yuborib mintaqa xalqlari orasida nizo chiqarar, goh o’zi qo’shin tortib kelib, Sharqiy Turkiston va Farg’ona vodiylarini bosib olishga urinar edi. Ya’juj-ma’juj (yoki juan-juan)lar shimoldan hujum uyushtirib turardilar. Endi kichik shahar-davlatlar yoki erkin qabila ittifoqlari etarli bo’lmay qoldi, mintaqa xalqlari o’z kuchli va birlashgan imperiyasini tuzish zaruratini his qila boshladilar. Mintaqadagi kichik davlatlar o’rnida miloddan oldingi III asrdan boshlab xunnlar harbiy demokratik ittifoqi, so’ngra Kushonlar imperiyasi dunyoga keldi. Sharqiy xunn hukmdorlari Xitoygacha etib borgan bo’lsalar, G’arbda ular Balamir (374-400), Yulduz (400- 410), Attila (434-453) kabi nomdor lashkarboshilar timsolida butun Rim imperiyasini larzaga soldilar. Kushonlar imperiyasi milodiy era boshlarida hozirgi Shimoliy Hindiston va Turon o’lkalarini yagona hududga birlashtirishga muvaffaq bo’ldilar. Bu ikki yirik davlatchilik tajribasi turkiy xalqlar ishtiroki bilan bo’lgan bo’lsa, keyinroq borib turkiy elat o’z mustaqil imperiyasini tuzishga muvaffaq bo’ldi. Millatning o’z-o’zini anglab etishi shu tariqa amalga oshdi. Milodiy eraning V-VI asrlaridan boshlab, gullab yashnagan paytlarida Qora dengiz bo’ylari va Dunay sohillaridan to Janubiy Sibir va Mo’g’uliston erlarigacha, Volga bo’ylari va O’rol tog’i etaklaridan hozirgi Shimoliy Afg’onistongacha hukmini yuritgan Buyuk turk xoqonligi (yoki Ko’k turk xoqonligi - «ko’k» bu o’rinda «osmoniy»,
«muqaddas» ma’nolarini anglatadi) shakllandi. Bu ulug’ imperiya goh yuksalish va goh tanazzul davrlarini boshdan kechirib, to milodiy eraning VIII asri boshlarigacha mavjud bo’ldi. Ushbu davrda umumturk adabiy tili shakllandi, harbiy demokratiya qonunlari asta-sekin barqaror davlatchilik qoidalariga aylana bordi, maxsus turkiy yozuv ishlab chiqilib, boy adabiy yodgorliklar dunyoga keldi.
42
Ularning juda ko’pchiligi bizgacha etib kelmagan bo’lishi mumkin, ammo etib kelganlarining o’zini olganda ham jiddiy ma’naviy boylik yaratilganligi har qanday shubhadan xolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |