Manyovrlarni amalga oshirayotgan
lokomotiv mashinistiga, manyovrlar rahbarining
ko’rsatmasini shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari, manyovrlarda
ishtirok etayotgan boshqa xodim orqali yoki shaxsan ushbu Yo’riqnomaning 338-bandida
belgilangan
qoidalarni bajarib, qabul qilmasdan turib, lokomotivni harakatga keltirish
taqiqlanadi.
Manyovrlar paytida lokomotiv mashinist tomonidan boshqariladi. Mashinist
lokomotivni boshqarishni o’z yordamchisi yoki nazorati ostida dublyorga ishonib topshirishi
mumkin.
322.
Vagonlar bilan oldinga qarab harakatlanganda manyovrlar rahbari faqat strelkali
post navbatchisidan strelkalarning manyovr harakatiga tayyorligi to’g’risida signal (ma'lumot)
olganidan yoki manyovr svetofori ochiq holatda ekanligiga ishonch hosil qilganidan so’ng
strelkalar hududiga chiqib, harakatni boshlash to’g’risida signal berishi mumkin.
323.
Yakka lokomotiv mashinisti stansiya yo’llari bo’ylab
harakatlanganda stansiya
navbatchilari, markazlashtirish postlari operatorlari, strelkali post navbatchilari bevosita
lokomotiv mashinistiga uzatadigan signallari yoki xabarlari yoki manyovr svetoforlari
ko’rsatmalariga binoan ish ko’radi.
324.
Uzatiladigan signallar, shuningdek, radio aloqa yoki ikki tomonlama park aloqasi
qurilmalari orqali olinadigan ko’rsatmalarni mashinist lokomotivning hushtagi yoki uzatilgan
ko’rsatmani qisqacha takrorlash bilan tasdiqlashi shart.
Agar mashinist signal yoki ko’rsatmaning to’g’ri tushunganiga ishonchi bo’lmasa yoki
manyovr ishlarining rejasini bilmasa to’xtab, ahvolni aniqlashtirishi lozim.
325.
Yo’lovchi poezd jo’natilayotgan yo’ldan (ushbu poezd orqasidan)
lokomotiv va
manyovr tarkiblari harakatlanishiga bu yo’l to’liq bo’hamaguncha signal va ko’rsatmalar
berish taqiqlanadi. Yo’lovchi poezdi band etgan yo’lda turgan lokomotivlar mashinistlariga
yo’l to’la bo’shatilgani xaqida ma'lumot olmasdan turib, yo’lovchi poezdining ortidan
harakatlanishi man etiladi.
326.
Strelkali
post navbatchilari, markazlashtirish posti operatorlari va strelkalar
o’tkazish vazifasi yuklatilgan boshqa xodimlar, manyovrlar amalga oshirilayotgan paytda
quyidagilarga amal qilishlari shart:
a) manyovrlar rahbari ko’rsatgan marshrut bo’yicha strelkalarni to’g’ri va o’z vaqtida
o’tkazish;
b) strelka o’tkazilgandan so’ng strelkali post navbatchisi
uni zakladka bilan berkitib
(ushbu Yo’riqnomaning 360-bandida ko’zda tutilgan holatlar bundan mustasno) va ostryak
romli relsga jips turganiga ishonch hosil qilishi kerak;
v) manyovr tarkibi harakatlanishi xaqida signal uzatish yoki xabar yuborishdan oldin
manyovr marshrutidagi strelkalar holati to’g’riligini tekshirishi;
g) mashinistga va tuzuvchiga signal va xabarlarni aniq va o’z vaqtida uzatishi;
d) manyovr tarkibining
harakatlarini, uzatilayotgan ko’rsatmalar va signallarni e'tibor
bilan kuzatib borishi, ushbu ko’rsatma va signallar talablarini o’z vaqtida bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: