Tyfishb” kafedrasi 1-laboratoriya ishi



Download 21,66 Kb.
bet1/8
Sana30.12.2021
Hajmi21,66 Kb.
#196759
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-лаборатория


Toshkent Davlat Transport Universiteti

TYFISHB” kafedrasi



1-LABORATORIYA ISHI

MAVZU: Marshurutlarni tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan muloqotlar tartibi

Bajardi:TF-321 guruh talabasi

Moyliyev Navruzbek

Qabul qildi: Abduqodirov S.A

Toshkent-2021



1-Laboratoriya

Mavzu: Marshurutlarni tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan muloqotlar tartibi

Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlarini tayyorlash xaqidagi farmoyishlar, shuningdek,ushbu farmoyishlarni bajarilishi xaqidagi xabarlar aniq va ravshan bo’lishi kerak. Stansiyanavbatchilari va strelkali post navbatchilari namunaviy ro’yxatga muvofiq so’zlashuvlar reglamentiga rioya qilishlari kerak.

Ushbu ro’yxatda ko’zda tutilmagan holatlarda ham, stansiya navbatchilari va strelkali postnavbatchilari poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlarini tayyorlash xaqida so’zlashuvlarnianiq va ravshan olib borishlari kerak.

Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlarini tayyorlash xaqidagi farmoyishlarni uzatishdan oldin, shuningdek, ushbu farmoyishlarni bajarilishi xaqidagi xabarlarni olishdan oldin, stansiyanavbatchisi uni, eshitish va xabar berish xuquqiga ega shaxslar eshitayotgani va xabar berayotganigaishonch hosil qilishi kerak. Ko’rsatib o’tilgan farmoyishlarni berish va ularni bajarilishi xaqidagixabarlarni olishni, bunday xuquqqa ega bo’lmagan shaxslarga tatbiq qilish taqiqlanadi.

Markazlashtirilmagan strelkali stansiyalarda stansiya navbatchisi, strelkali postlar katta navbatchilari va strelkali post navbatchilari poezdlarni qabul qilishdan oldin marshrutni tayyorlashning quyidagi tartibiga rioya etishlari shart:

a) poezdni qabul qilish uchun bo’sh yo’l bo’lsa, stansiya navbatchisi qabul qilish marshrutiga kiruvchi barcha strelkali postlar katta navbatchilarini (kattalarning navbatchiligi tashkil etilmagan bo’lsa, strelkali post navbatchilarini) chaqirib, ularga marshrutni tayyorlash haqida farmoyish beradi.

Stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga binoan strelkali post navbatchilaridan biri, boshqalarning telefon oldida xozirligida ushbu farmoyishni takrorlaydi, boshqa barchalar esa uning to’g’riligini "To’g’ri" deb tasdiqlaydilar. Farmoyish to’g’ri tushunilganiga ishonch hosil qilib, stansiya navbatchisi uni "Bajarilsin" so’zi bilan tasdiqlaydi;

b) marshrutni tayyorlash haqidagi farmoyishni qabul qilib, strelkali postlarning katta navbatchilari uni ijro etish uchun darhol o’z hududidagi strelkali postlar navbatchilariga uzatishlari va to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilishlari shart.

Marshrutni tayyorlashda ishtirok etayotgan barcha xodimlar farmoyishni ijro etishga darhol kirishmoqlari lozim.

Agar marshrutni tayyorlashda ishtirok etayotgan post hududida manyovr ishlari amalga oshirilayotgan bo’lsa, darhol to’xtatilishi, manyovr tarkibi qabul qilinayottan poezd harakatiga halal bermaydigan yo’lda joylashtirilishi, bu xaqda stansiya navbatchisi mazkur Yo’riqnomaning 236-bandiga muvofiq stansiya texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan tartibda ishonch hosil qilishi kerak. Manyovrlar stansiyaning qarama-qarshi chetida amalga oshirilayotgan bo’lsa, tegishli strelkali post navbatchisi strelkalarni manyovr tarkibi qabul qilish yo’liga chiqib keta olmaydigan qilib o’rnatishi va ularni yopishi lozim.

Marshrutni tayyorlash mobaynida strelkali postlar navbatchilari stansiyada belgilangan tartibda qabul qilish yo’li bo’shligini tekshirishi, strelkalarni kerakli holatga o’tkazishi, marshrutga kiruvchi har bir strelkada ostryaklarning romli relslarga jips tutashganini tekshirishi hamda ularni zakladka va nazorat strelka qulfi bilan berki’tishi lozim. Hududlarda ishni strelkali post katta navbatchilari boshqarayotgan bo’lsa, ular o’z hududida strelkali post navbatchilari tomonidan marshrutni to’g’ri tayyorlanganini shaxsan tekshirishlari shart, yo’lning bo’shligi tekshirilganiga ishonch hosil qilib, yopilgan strelkalarning kalitlarini olib qo’yishlari lozim;

v) marshrutni tayyorlash bilan bog’liq barcha operatsiyalar yakunlanib, ularning to’g’ri bajarilganiga to’liq ishonch hosil qilganidan so’ng marshrutni tayyorlashga topshiriq olgan har bir strelkali post katta navbatchisi (yoki strelkali post navbatchisi) marshrutni tayyorligi va yo’lning bo’shligini xabar qilish uchun stansiya navbatchisini chaqiradi.

Marshrutni tayyorligi to’g’risidagi xabarni stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlash topshirig’i berilgan barcha strelkali postlar navbatchilari telefonda hozirligida qabul qilishi shart. Ular marshrutning tayyorligi xususida navbatma-navbat xabar beradilar.

Belgilangan marshrutda strelkalar holatini nazorat qilishga imkon beruvchi boshqaruv apparatlari mavjud stansiyalarda stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlash haqidagi topshiriq to’g’ri bajarilganligiga asboblarning ko’rsatmalari bo’yicha ham ishonch hosil qiladi;

g) marshrutning to’g’ri tayyorlanganligi, yo’lning bo’shligi, marshrutga tutash yo’l va strelkalarda manyovrlar ushbu Yo’riqnomaning 236-bandiga muvofiq to’xtatilganiga ishonch hosil qilgandan so’ng, stansiya navbatchisi kirish svetoforini ochadi yoki signalni boshqarish amalga oshiriladigan strelkali post navbatchisiga uni ochish to’g’risida farmoyish beradi;

d) strelkali post navbatchilari tayyorlangan marshrutni muhofaza qilishlari va yondosh yo’llarda o’tish mavjudligini diqqat bilan kuzatishlari shart, signallari o’rnatilgan poezdlarni strelkali postlar navbatchilari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan joylarda kutib olishlari lozim;

e) poezdning harakati mobaynida strelkali post navbatchilari vagonlarning holatiga, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri joylashganligiga, ko’zda tutilgan signallarning mavjudligiga va hakazolarga e'tibor qilishlari shart. Aniqlangan barcha me'yordan chetlashuvlar xususida darhol strelkali post katta navbatchisiga yoki stansiya navbatchisiga xabar qilishlari, harakat xavfsizligiga yoki odamlar hayotiga tahdid qiluvchi holatlarda esa, poezdni to’xtatish choralarini ko’rishlari shart.

Kirish svetofori ochilib ulgurgan bo’lsa, stansiya navbatchisi qabul qilish marshrutini o’zgartirish haqida ko’rsatma berish xuquqiga ega emas. Poezdni boshqa bo’sh yo’lga qabul qilish uchun marshrutni o’zgartirish zarur bo’lgan favqulodda hollarda stansiya navbatchisi kirish svetoforini yopishi, mashinistni ogohlantirishi, belgilangan marshrutni bekor qilishi va shundan so’nggina marshrutni tayyorlashga yangi topshiriqni belgilangan tartibda berishi shart.



Download 21,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish