333. TFQ ning 201-bandiga muvofiq, harakat tarkibining peregonga ketib qolish
xavfi mavjud qiyalikda joylashgan stansiya yo’llaridagi manyovrlar, lokomotivni qiyalik
tomondan qo’yib, vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilib va sinab ko’rilgandan
so’ng amalga oshiriladi. Lokomotivni qiyalik tomondan qo’yish imkoniyati bo’lmagan
hollarda ushbu yo’llarda manyovrlar tisarish usuli bilan amalga oshiriladi, bunda
vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilgan va sinab ko’rilgan bo’lishi lozim. Bunday
yo’llarga ega stansiyalarda harakat xavfsizligini ta'minlab manyovrlarni amalga
oshirish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlar bo’yicha Yo’riqnoma bilan
belgilanib, stansiyaning texnikaviy boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
Qiyalikda joylashgan yo’llarda manyovrlar amalga oshirilganda barcha holatlarda
ehtiyot choralari (strelkalarni ajratilgan holatga o’rnatish, ayrim uzilgan qismlar ostiga
boshmoqlarni qo’yish va boshqa choralar) ko’rilib, uzilgan vagonlarni manyovr tarkibi bilan
to’qnashuvi, shuningdek, vagonlarni poezdlar harakatlanish marshrutlari yoki manyovr
hududlariga ketib qolinishining oldi olinishi lozim.
Manyovr paytida harakat tarkibining ketib qolish xavfi mavjud qiyaliklarda joylashgan
hudud va yo’llarning ro’yxati, shuningdek, manyovrlar paytida bu hududlarda rioya etilishi
lozim bo’lgan harakat xavfsizligini ta'minlashning qo’shimcha choralari stansiyaning
texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
334.
Oraliq stansiyada lokomotivsiz qoldirilgan poezd tarkibi yo’lovchilar o’tishi
uchun uzilib, ajratilganda ushbu tarkibning har bir qismi o’zi turgan yo’lning profiliga mos
me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi kerak.
335.
Tutashtirish va birlashtirish yo’llari tutashadigan xududlarda harakat tarkibini
stansiya yoki peregonga o’z-o’zidan ketishini oldini olish maqsadida stansiya navbatchilari,
tuzuvchi brigadalari, strelkali postlar navbatchilari biron harakatdagi tarkib tutash yo’lga
kirganidan
(chiqqanidan)
so’ng
darhol
berk
yo’llar
strelkalari
(jumladan,
markazlashtirilganlari)ni va saqlovchilarini, tushirib yuboruvchi strelka va boshmoqlarni
normal holatga o’tkazhilari lozim.
336.
Kutilayotgan kuchli shamol to’g’risida ma'lumot olib yoki ma'lumot olinmagan
bo’lsada, shunday shamol turganda stansiya xodimlari har biri o’z postida harakat tarkibi
ketib qolishdan ishonchli mahkamlanganligini tekshirib ko’rishi va ushbu Yo’riqnomaning
2-ilovasi 9-bandiga muvofiq qo’shimcha tormoz boshmoqlarini qo’yishi lozim.
337.
Harakat tarkibini peregonga ketib qolish xavfi paydo bo’lganda stansiya
xodimlari uni to’xtatish uchun darhol ixtiyorida bo’lgan barcha vositalardan foydalanishlari
shart. Harakat tarkibi peregonga ketib qolganda stansiya navbatchisi ixtiyorida bo’lgan barcha
vositalardan foydalanib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan poezdlarni ushlab qolish va
ketib qolgan tarkibni to’xtatish choralarini ko’rish uchun bu to’g’rida peregondagi
poezdlarning mashinistlariga, poezd dispetcheriga, yo’l postlari, qo’shni stansiya va pereezd
navbatchilariga va boshqa xodimlarga xabar berishi shart.
338.
Harakat tarkiblarini stansiya yo’llarida mahkamlash operatsiyalari bajarilganida
xodimlarni o’zaro nazoratini ta'minlovchi quyidagi asosiy qoidalarga rioya etilishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |