VAGONLARNI MAHKAMLASH
327. TFQ ning 204-bandiga muvofiq, stansiya yo’llaridagi harakat tarkibi
chegara ustunchalari bilan belgilangan chegara ichida joylashtirilishi lozim.
Stansiya yo’llarida lokomotivsiz turgan poezd tarkiblari, vagonlar va maxsus
harakat tarkiblari o’z-o’zidan ketib qolishidan tormoz boshmoqlari, qo’l tormozlari
yoki DATK tomonidan belgilangan boshqa mahkamlash vositalari bilan ishonchli
mahkamlanishi lozim.
Vagonlar stansiya yo’llarida ushbu Yo’riqnomashshg 2-ilovasida keltirilgan me'yor va
qoidalarga muvofiq mahkamlanishi lozim.
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda vagon va tarkiblarni mahkamlash tartibi
stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilib, unda har bir yo’lda poezdlarning vagon
va tarkiblari qay tariqa mahkamlanishi, ushbu operatsiyalarni bajaradigan, shuningdek, vagon
g’ildiraklari ostida mahkamlash vositalarini oladigan yoki qo’l tormozlarini qo’yib
yuboradigan kishilar hamda yuqoridagi operatsiyalar bajarilgani xaqida kimga xabar qilish
kerakligi belgilanadi.
328.
Stansiya yo’llarida qoldiriladigan poezd tarkiblari, yakka yoki guruh vagonlar
har bir holatda lokomotiv uzilguniga qadar stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda
tutilgan me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi lozim. Nishabligi
0,0025 dan oshmaydigan qiyaliklarda yo’lovchi poezdlar lokomotivlari almashtirilganda 15
minutdan ortiq bo’lmagan muddat mobaynida tarkibni mahkamlash uchun poezd
avtotormozlaridan foydalanish mumkin. Ko’rsatilgan vaqt mobaynida lokomotivlarni
almashtirish imkoni bo’lmasa, tarkib belgilangan me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari
bilan mahkamlanishi lozim.
329.
Stansiyaga
kelayotgan
poezdlar
lokomotivlari
mashinistlariga
tarkib
mahkamlanganligi xususida ma'lumot olmasdan turib, undan lokomotivni uzishiga ruxsat
etilmaydi. Bunday xabar mashinistga stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan
tartibda uzatiladi. Lokomotivni poezddan uzishdan avval barcha holatlarda mashinist tarkibni
avtomatik tormozlar bilan tormozlashi shart.
330.
Stansiyaga uzoq muddat (24 soatdan oshiq) turish uchun (rezervda, vagon ta'mir
zavodiga uzatilishini kutib) kelgan vagonlar poezdlar harakatlanish marshrutidan ajratiltan,
nishabligi 0,0025 dan oshmagan yo’llarga qo’yillishi kerak. Bunday vagonlar vagon
g’ildiraklarini tormoz boshmoqlari ustiga surish usuli bilan mahkamlanishi lozim. Ishonchli
va to’g’ri mahkamlanganlik stansiya boshlig’i, uning o’rinbosari yoki stansiya navbatchisi
tomonidan tekshirilishi kerak.
331.
Yuk poezdlari oraliq stansiyalarda lokomotivsiz vaqtincha qoldirilganda, ular
stansiyaiing texnikaviy-boshqaruv aktida tegishli yo’l uchun belgilangan me'yorlar bo’yicha
vagon g’ildiraklarini tormoz boshmoqlari ustiga surish bilan maxkamlanadi. Bunday poezd
tarkiblarning to’g’ri va ishonchli mahkamlangani stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari
tomonidan tekshiriladi. Ular poezd dispetcherining ko’rsatmasiga binoan stansiyaga oldindan
chaqiriladilar va to’g’ri mahkamlanganlik tekshiruvi xaqida unga xabar beradilar.
Ko’rsatilgan rahbarlarning chaqirtirish imkoni bo’lmasa, to’g’ri va ishonchli
mahkamlanganlik shaxsan stansiya navbatchisi tomonidan tekshiriladi va u bu to’g’rida poezd
dispetcheriga xabar qiladi.
332.
Nishabligi 0,0025 dan ortiq bo’lgan, poezdlarni qabul qilish va jo’natish
marshrutlariga vagonlarni ketib qolishini oldini oluvchi qurilmalar bilan jihozlanmagan
stansiyalarda yoki stansiyaning ayrim yo’llarida poezdlar tarkibini lokomotivsiz qoldirilishga
yo’l qo’yilmaydi.
Bunday stansiyalar va stansiya yo’llarining ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l
uzeli boshlig’ining buyrug’i bilan belgilanadi.
(332-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Do'stlaringiz bilan baham: |