Stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari ogohlantirishlar kitobini muntazam tekshirib
borishlari shart.
369.
Ogohlantirishlar poezdlar tuziladigan va poezdlar texnikaviy ehtiyoj uchun
to’xtaydigan stansiyalarda beriladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarga ogohlantirishlar
ularni jo’natiladigan boshlang’ich stansiyalar tomonidan berilishi mumkin.
Stansiyalar ro’yxati va poezdlarga ogohlantirishlar berish tartibi DATK boshqaruvi
raisi tomonidan belgilanadi. Ishlar rahbarlari (ishlarni xavfsiz bajarilishiga mas'ul shaxslar)
ogohlantirishlar o’rnatilganligi xaqidagi telegrammalarni shu stansiyalarga, jumladan, qo’shni
yo’llarda joylashgan yondosh uchastkalardan ham yo’llashi lozim.
370.
Ayrim poezdlar harakatlanishning alohida shartlari to’g’risidagi ko’zda tutilgan
ogohlantirishlar poezdlarni tuzish yoki belgilangan tezlikda harakatlana olmaydigan harakat
tarkiblarini poezdlarga tirkash stansiyalarida beriladi. Lokomotivlarni va lokomotiv
brigadalarni almashtirish stansiyalarida tarkibida harakatlanishni alohida shartlariga rioya
qilinishi talab qiladigan tarkib yoki yuk bor poezdlarni jo’natilishini istisno qiladigan shunday
ogohlantirishlarni berish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i
tomonidan belgilanishi va stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilishi lozim.
371.
Ogohlantirish diagonali bo’ylab sariq tasmali oq rangli maxsus blankada yoziladi
(DU-61 shaklidagi blank 211-betda keltirilgan) va imzo chektirilib, lokomotiv (motorvagon
poezdi) mashinistiga yoki uning yordamchisiga shaxsan stansiya (post, park) navbatchisi yoki
uning ko’rsatmasiga binoan operator, stansiya texnologik markazining xodimlari, strelkali
post navbatchisi, signalchi yoki boshqa xodim tomonidan topshiriladi. Ogohlantirish
mashinist yordamchisiga topshirilgan bo’lsa, u darhol mashinistga berishi shart, mashinist
esa, o’z navbatida yordamchisidan ogohlantirish topshirilganligi xaqida tekshirib ko’rishi
lozim.
Ogohlantirishlar shaxsiy kompyuterlar va teletayp apparatlarida sariq tasmasiz oq
qog’ozda bosib chiqarilishi mumkin. Bunda ularni jo’nab ketayotgan poezdlar lokomotiv
mashinistlariga berish tartibi avvalgicha qoladi.
372.
Ogohlantirishlar blankalari avvaldan to’ldirilib (poezd nomeridan tashqari)
stansiya (park, post) navbatchisi tomonidan imzo chekiladi.
Blankalar nusxa ko’chirish qog’ozi bilan ko’paytirib to’ldirilganda har bir nusxada
ogohlantirish matni aniq-ravshan o’qilishi lozim.
Jo’natilayotgan poezd nomeri ogohlantirish blankasida mashinistga yoki uning
yordamchisiga topshirilishi oldidan qo’yiladi.
Poezdni ikkita lokomotiv tortganda ogohlantirish yetakchi lokomotiv mashinistiga
topshiriladi, u esa ikkinchi lokomotiv mashinistini ogohlantirish borligidan xabardor qiladi.
Poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda ogohlantirish suruvchi mashinistiga ham
topshiriladi.
Shahar atrofiga qatnovchi, tortib chiqaradigan va uzatib beradigan poezdlarga,
shuningdek, suruvchi lokomotivlarga ogohlantirishlar berish tartibi DATK mintaqaviy temir
yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. Bunda ogohlantirishlarni har bir poezdga emas,
ma'lum (brigadalar almashuvi oralig’ida) muddatga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: